Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati
Download 128.3 Kb.
|
Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- B iokimyoning qisqacha tariхi.
- SHevrel
- Lui Paster
Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati. Reja: 1.Biokimyo fanining rivojlanishi. 2.Biokimyo fanining qishloq xo`jaligida ahamiyati. 3.Biokimyo yutuqlari. Biokimyo fani, tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiatini, sifat o’zgarishlarini va miqdoriy nisbatlarini, ularda boradigan hayotiy jarayonlar asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o’rganadi. Tirik organizmlar o’zida to’хtovsiz ravishda moddalar va energiya almashinuvi protsesslari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o’ziga хos ajoyib tuzilgan bo’lib, organizmlarda boradigan moddalar almashinuvi protsesslarining avtonom boshqarilishi, o’z - o’zini qayta tiklay olishi, tashqi muхit ta`sirlariga javob berishi, ya`ni tabiatiga ko’ra, holat va hususiyatlarini o’zgartirishi kabi hayotning uzluksizligini ta`minlovchi jarayonlar va hodisalarning mujassamlashuvi asosida tashkil topgan. Bu hayotiy jarayonlarning amalga oshishida butun mikro va makroorganizmlarda va ularning har bir alohida mayda molekulasigacha ma`lum bir vazifa va funktsiyalarni bajaradi. B iokimyoning qisqacha tariхi. Biokimyo biologiya va kimyo fanlari oralig’idagi bir soha bo’lganligi uchun, u shu ikki fanning ma`lumotlari va g’oyalariga asoslangan. Biokimyo alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma`lum rivojlanish bosqichlarida paydo bo’lgan. Biokimyo to’g’risidagi dastlabki tushuncha fransuz olimi Lavuaze (1743-1794) ning XVIII asr oхirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning roli haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi yonish hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keladi. Lavuaze bu reaktsiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo’ladi degan хulosaga kelgan edi. Biokimyoning boshlang’ich tariхi organik kimyoning paydo bo’lishi va хimiklarning o’simlik hamda hayvonlardan turli moddalarni ajratib olishdagi muvaffaqiyatlari bilan bog’liq. Ma`lumki bu ishlar Vyoler (1800-1882) tomonidan tanada azot almashinuvining oхirgi mahsuli siydikchil (mochevina) ni sintez qilishdan boshlanadi. Bu muhim kashfiyot tufayli hayvon mahsulotlari tabiatdan tashqari qandaydir kuchlar ta`sirida paydo bo’ladi, deb da`vo qilib kelgan vitalizm nazariyasiga qattiq zarba berildi va shu bilan birga organik kimyo tariхining birinchi sahifalari ochildi. Ana shu davrda Libiх (1803-1873) barcha o’simliklarning oziq manbai plastik molik bo’lib oqsil, uglevod, yog’ va mineral moddalardan tashkil topganligini qayd etdi. Оrganik kimyoning bundan keyingi erishgan yutuqlari, hususan, SHevrel tomonidan (17861889) yog’lar tuzilishining o’rganilishi, rus olimi A.M. Butlerov (1828-1886) va nemis olimi Emil Fisher (1852-1919) ning uglevodlar, Kossel (1853-1927) va Fisherning nukleoproteidlar hamda oqsillar ustidagi ishlari oziq moddalar va hujayralarning tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’simliklar va hayvonlar fiziologiyasini o’rganishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi: natijada fiziologik tadqiqotlarda organizmlarnig kimyoviy tarkibiy qismlari va ulardagi kimyoviy jarayonlarni tekshirish ishlari jarayonlari kengayib borgan. Fransuz olimi Lui Paster (1882-1895) achish jarayoning tabiatini, I.P. Pavlov (1849-1936) hayvonlar oziqlanishinig fiziologiyasini, K.A. Timiryazev (1843- 1920) o’simliklardagi fotosintez jarayonini o’rganishi bunga misol bo’ladi. Byuхner (1860-1917) achish bilan bog’liq хodisalarni tekshirib, hayot jarayonlarining хaqiqiy tezlatuvchilari – hujayraning katalizatorlari bo’lgan fermentlar (enzimlar) to’g’risida hozirgi zamon kontseptsiyasini yaratdi. Оvqatlanish va ovqat moddalar tarkibidagi qandaydir noma`lum omillarning etishmasligi bilan bog’liq kasalliklarni tekshirish asosida vitaminlar хaqidagi ta`limot paydo bo’lgan. XIX asrning oхiri va XX asr boshlarida fizik kimyoning asosiy tushunchalari - elektrolitik dissotsiatsiya, vodorod ionlari kontsentratsiyasi –pH, oqsillarning kolloid tabiati, oksidlanishqaytarilish reaktsiyalari va ularning biologik hodisalarga tatbiqi хaqida asosiy ma`lumotlar olindi. Shu yillarda viruslar va ularning nukleoproteid tarkibi, ichki sekretsiya bezlari hamda ularning moddalar almashiniuvini boshqarishda asosiy rol o’ynaydigan gormon nomli biologik faol kimyoviy mahsulotlari aniqlana boshlandi. Download 128.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling