Biolog 10 indd
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k
alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi. Tur areali kengayganda yoki yirik geo- logik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari ham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografi k alohidalanish natijasidir (108-rasm). Baykal ko‘lida molluskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko‘p turlari uchraydi. Chunki 20 mln yil ilgari Baykal ko‘li boshqa suv havzalaridan tog‘lar hosil bo‘lishi natijasida ajralib qolgan. Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryoda yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografi k alohidalanish natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi. G‘o‘za avlodi ham geografi k alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘li shiga yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridan alohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan. Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi ajdod tur areali doirasida alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan 107-rasm. A – allopatrik tur paydo bo‘lishi; B – simpatrik tur paydo bo‘lishi. 198 farq qilishi bilan ajralib turadi. Shunday usul da alohidalashgan populatsiyalardan ke yin cha lik mu ta tsion o‘zgaruvchanlik, tabiiy tan la nish tufayli yangi turlar paydo bo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan 18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqa tur- kumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari sim patrik yo‘nalishdagi yangi turlarning paydo bo‘ lishi ekologik alohidalanish nati jasi ekanligidan dalolat beradi. Ekologik alohidalanish natijasida umu miy areal doirasida chittaklarning 5 turi kelib chiqqan. Katta chittak bog‘larda yirik hasharotlar bilan, moskovka chitta- gi hasharotlar tu xumlari va qurtlari bilan, lazorevka chittagi daraxt, butalar po‘st- log‘i orasidagi mayda hasharotlar bilan, kokilchali chittak esa o‘simlik urug‘lari bilan oziqlanadi. Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida xromosomalarning tarqalishi buziladi. Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ ladi. Murakkabguldoshlar oila si ga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 tadan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Hujayraning bo‘linish duki (urchug‘i)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni hujayra ning ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploid turlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali, tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega tur lar ga nisbatan muhitning noqulay sharoit lariga ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Chunonchi, olxo‘ri olcha bilan tog‘olchaning chatishi shidan so‘ng xromo somalar sonining Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling