Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
108-rasm. Geografi k alohidalanish.
Qirg‘ovulning kenja turlari. 199 ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to‘plami 16, tog‘olchada esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragay da xromo- somaning gaploid to‘plami 24 ga teng. Olimlarning fi kricha, xromosoma ning gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Tayanch so‘zlar: fi letik, divergensiya, duragaylash, allopatrik yo‘nalish, simpatrik yo‘nalish. Savol va topshiriqlar: 1. Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat? 2. Tur paydo bo‘lishida mutatsiyalarning ahamiyatini izohlang. 3. 106-rasmda berilgan sxemani izohlang. 4. Allopatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring. 5. Simpatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring. 6. Allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lish jarayonlarini taqqoslang. 7. Nima sababdan hayvonlarda poliploidiya hodisasi kam uchraydi? Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq. Botanika va zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lishiga misollar keltiring. Allopatrik tur hosil bo‘lishi Simpatrik tur hosil bo‘lishi 2-topshiriq. Tur paydo bo‘lish bosqichlarini sxema tarzida ifodalang. 46-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA MOLEKULAR BIOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA FANLARI DALILLARI Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yirik sistematik birliklarning hosil bo‘lishi uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi. Turdan yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya 200 deyiladi. Mikroevolutsiya qisqa muddatda yuz berishi mumkinligi sababli bu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish mumkin. Mak roevo lutsiya, ya’ni turdan yuqori bo‘lgan sistematik birliklar: avlod, oila, tur kum, sinf, tiplardagi evolutsion jarayonlar million yillar davomida amalga oshgani sababli uni bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois makroevolutsiya bilvosita dalillar, ya’ni qadimgi davrlarda yashab o‘lib ketgan mavjudotlarning hozirgi paytda yashab turganlari bilan, shuningdek, keyingilarining tashqi, ichki tuzilishi, rivojlanishi, ularning hayotiy jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi hisoblanadi. Chunki mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiya ning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil bo‘lishi, evolutsiyani harakatlantiruvchi omillari makroevolutsiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Makroevolutsiyani isbotlashda bir qancha fan dalillaridan foydalaniladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling