Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

108-rasm. Geografi k alohidalanish. 
Qirg‘ovulning kenja turlari.


199
ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid 
to‘plami 16, tog‘olchada esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragay da xromo-
somaning gaploid to‘plami 24 ga teng. Olimlarning fi kricha, xromosoma ning 
gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi 
bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa 
ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze 
g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
Tayanch so‘zlar: fi letik, divergensiya, duragaylash, allopatrik yo‘nalish, simpatrik 
yo‘nalish. 
Savol va topshiriqlar:
1. Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
2. Tur paydo bo‘lishida mutatsiyalarning ahamiyatini izohlang.
3. 106-rasmda berilgan sxemani izohlang.
4. Allopatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring. 
5. Simpatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
6. Allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lish jarayonlarini taqqoslang. 
7. Nima sababdan hayvonlarda poliploidiya hodisasi kam uchraydi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-topshiriq. Botanika va zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida 
allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lishiga misollar keltiring.
Allopatrik tur hosil bo‘lishi
Simpatrik tur hosil bo‘lishi
2-topshiriq. Tur paydo bo‘lish bosqichlarini sxema tarzida ifodalang.
46-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA MOLEKULAR 
BIOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA 
FANLARI DALILLARI
Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, 
bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yirik 
sistematik birliklarning hosil bo‘lishi uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur 
doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi. Turdan 
yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya 


200
deyiladi. Mikroevolutsiya qisqa muddatda yuz berishi mumkinligi sababli
bu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish mumkin. Mak roevo lutsiya, ya’ni 
turdan yuqori bo‘lgan sistematik birliklar: avlod, oila, tur kum, sinf, tiplardagi 
evolutsion jarayonlar million yillar davomida amalga oshgani sababli uni 
bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois makroevolutsiya bilvosita dalillar, 
ya’ni qadimgi davrlarda yashab o‘lib ketgan mavjudotlarning hozirgi 
paytda yashab turganlari bilan, shuningdek, keyingilarining tashqi, ichki 
tuzilishi, rivojlanishi, ularning hayotiy jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali 
aniqlanadi. Makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi hisoblanadi. 
Chunki mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, 
populatsiya ning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil bo‘lishi, evolutsiyani 
harakatlantiruvchi omillari makroevolutsiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Makroevolutsiyani isbotlashda bir qancha fan dalillaridan foydalaniladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling