Biolog 10 indd


Evolutsiyaning molekular soatlari


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Evolutsiyaning molekular soatlari. Odatda bir qancha turlarda oqsillar 
divergensiyasini aniqlash orqali ularning bir-biridan ajralish muddati haqida 
mulohaza yuritiladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar almashinuviga qarab u 
yoki bu avlod oila, turkum, sinf, tiplarning divergensiya muddati aniqlanadi. 
Masalan, β- globin oqsili shajarasini o‘rganish natijasida uning tuzilishi bundan 
400 mln yil oldin odam bilan karp balig‘i, 225 mln yil oldin yexidnalar bilan 
odam, 70 mln yil oldin it bilan odam ajdodlarida o‘xshash bo‘lgan degan 
xulosaga kelindi.
Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. 
Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan 
kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, hayvon, odam 
hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: 
endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji appa ratining borligi
barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam turli 
xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi. 
Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini 
urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi, 
murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning 
hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, 
ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga 
yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinfi : baliqlar, suvda hamda 
quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar 
embrional rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida bir-biriga juda o‘xshash 
bo‘lib, ularning bosh, tana, dum, tomoqlari yonida jabra yoriqlari bo‘ladi. 
Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o‘xshashlik 
kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi , turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos 
belgi-xossalar paydo bo‘la boshlaydi. Chunonchi, gorilla bilan odam embrioni 
dastlab o‘xshash bo‘lsa-da, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam 
embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligini 
ko‘rish mumkin. 
Binobarin, har bir hayvonning embrional rivojlanishda oldin katta, pirovar-
dida esa kichik sistematik birliklarga xos belgilar rivojlanadi. Boshqacha ayt-
gan da, embrional rivojlanishda tarixiy rivojlanishning qisqacha takrorlanishi 


203
hamda belgilarning umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi 
(109-rasm). Bu biogenetik qonun deb ataladi. Biogenetik qonun hayvonot 
dunyosida o‘z ifodasini topadi. Masalan, baqa itbalig‘i suvda ham quruqlikda 
yashovchilarning ajdodlari bo‘lmish baliqlarning rivojlanish bosqichini 
takrorlaydi. Biogenetik qonun o‘simliklarga ham taalluqlidir. Chigitdan ungan 
madaniy g‘o‘za navlarida oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik bo‘lakli barglar 
hosil bo‘ladi. Yovvoyi g‘o‘za turlari raymondiy, klotshianium poyasidagi 
barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat. Lekin shaxsiy rivojlanishda 
organizmlar tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari 
takrorlanadi, boshqalari tushib qoladi. U ajdodlar tarixiy rivojlanishi million 
yillar davom etganligi; shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o‘tishi 
bilan izohlanadi. Ikkinchidan, ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas, 
balki faqat embrion bosqichlari qaytariladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling