Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

2-topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Fan dalillari
Ta’rifi 
Misollar
Rudiment organlar
Atavizmlar
47-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA SOLISHTIRMA
ANATOMIYA, PALEONTOLOGIYA FANLARI DALILLARI
Solishtirma anatomiya. Makroevolutsiyani isbotlashda gomologik, ana-
logik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya 
katta.
Gomologik organlar. Bajaradigan funk siyasidan qat’i nazar tuzilishi 
va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshash organlar gomologik organlar 
deb ataladi. Umurtqali hayvonlarning quruqlikda, suvda, havoda tarqalgan 
vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. 
Lekin ularning hammasida oldingi oyoq yelka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft va 


205
barmoq suyaklaridan iborat (110-rasm). Gomo-
logik organlar o‘simliklarda ham uchraydi. 
Chunonchi, no‘xat gajaklari, zirk va kaktus 
tikanlari shakli o‘zgargan bargdir.
Analogik organlar deyilganda bajaradigan 
funksiyasi jihatidan o‘xshash, ammo kelib chi-
qi shi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kak-
tus ning tikanlari barg, do‘lananing ti kan lari 
poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epi dermis 
o‘simtalarining o‘zgarishidan hosil bo‘l gan 
(111-rasm). Bosho yoq li mollus ka lar ko‘zi bilan 
umurtqali hayvonlarning ko‘zi ham analogik 
organlarga misoldir. Boshoyoqli molluskalarda 
ko‘z ektoderma qavati ning cho‘ zi li shi dan, umurt-
qalilarda bosh miya yon o‘simta sidan rivoj lanadi.
Rudiment va atavizmlar. Evolutsion ja-
rayonda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlar ru-
di ment organlar deb ataladi. Rudi ment organ -
lar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va 
ma’lum funksiyani bajargan. Evolutsion jarayon-
da ular o‘zi ning biologik ahamiyatini yo‘qotib, 
qoldiq shaklida saqlanib qolgan (112-rasm).
O‘simliklar ildiz poyasidagi qobiqlar rudi-
ment holdagi barg hisoblanadi. Rudiment or-
gan lar o‘simliklarda ham, hay vonlarda ham 
uchraydi. Otning ikkinchi va to‘rtinchi bar-
moq lari, kitning dumg‘aza va orqa oyoq 
suyak lari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar 
ham rudiment organlardir. O‘simlik, hayvon 
va odam lardagi rudiment organlar muhim 
evolutsion dalil hisoblanadi. 
Organik olamning tarixiy rivojlanishini 
atavizm ho disasi ham tasdiqlaydi. Atavizm 
ayrim individlarda ajdod belgilarining takrorlanish hodisasidir. Masalan, ahyon-
ahyonda toychalar orqasida xira yo‘l chiziqlari paydo bo‘lish hollari ham 
uchraydi. Bular xonaki otning yovvoyi ajdodlari yo‘l-yo‘l terili bo‘lganligidan 
dalolat beradi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling