Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: gomologik, analogik, rudiment va atavizmlar.
112-rasm. 1 – uchmaydigan qush – 
kivining qanot skeleti suyaklari 
qoldig‘i; 2 – kitning dumg‘aza va 
orqa oyoq skeleti qoldiqlari.


207
Savol va topshiriqlar:
1. Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillarini keltiring.
2. Evolutsiyani isbotlashda embriologiya fan dalillarini keltiring.
3. Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillarini keltiring.
48-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA 
BIOGEOGRAFIYA FANI DALILLARI
Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar olami murakkabligi jihatidan 
bir xil emas. Ba’zi qit’alarda tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha nisbatan oddiy
boshqalarida esa o‘ta murakkab hayvonlar va o‘simliklar tarqalgan. Hayvon 
va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta 
biogeografi k viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq 
urug‘li, yopiq urug‘li o‘simliklar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi 
yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o‘simliklarning tarqalishini asos 
qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e’tirof etilgan Avstraliya, Neotropik, 
Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Paleoarktik biogeografi k viloyatlarning 
hayvonot va o‘simliklari bilan tanishamiz.
Avstraliya biogeografi k viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelan-
diya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda 
sutemizuvchilar sinfi ning tuban vakillari tuxum qo‘yib ko‘payuvchi – o‘rdak-
burun, yexidna, xaltali hayvonlardan kenguru, xaltali krot, xaltali tiyin, xaltali 
bo‘ri, xaltali ayiq tarqalgan.
Yo‘ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruv-
chilar, ko‘rshapalaklar, dingo itidan iborat bo‘lib, bu hayvon turlari o‘zga 
qit’alardan o‘tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang-
barang: jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz 
kivi, tuyaqushlardan emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatidan 
paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan. 
O‘rmonlarda evkaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni 
ko‘rish mumkin.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling