Biolog 10 indd


Neotropik biogeografi k viloyat


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Neotropik biogeografi k viloyat. Janubiy va Markaziy Amerika hamda 
Meksikaning tropik qismi, Karib arxipelagidan iborat. Mazkur viloyatda 
sutemizuvchilardan gajak dumli maymun, gajak dumli ayiq, pampas mushugi, 
skuns, dengiz cho‘chqasi, Janubiy Amerika tulkisi, tuban vakillardan opossum, 
zirhlilar, chumolixo‘r, yalqov, qushlardan kolibri, yapaloq qush, tasqara, nandu, 
sudralib yuruvchilardan alligatorlar, iguana, ilonlar uchraydi.


208
Hindomalay biogeografi k viloyati. Hindiston, Hindixitoy, Seylon, 
Yava, Sumatra, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda 
o‘rmonlar juda ko‘p. Faqat Hindistonning g‘arbiy qismi cho‘l zonasidan iborat. 
Hayvonlar orasida primatlardan – orangutan (odamsimon maymun), gibbon, 
chala maymunlar – tupaylar, hind fi li, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir, 
nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar, sudralib 
yuruvchilardan – zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko‘zga tashlanadi. 
O‘rmonlarda bambuk, banan, qora daraxtlar o‘sadi.
Habashiston biogeografi k viloyati Afrikaning markaziy, janubiy qismini
Madagaskarni egallagan. Bu viloyatning o‘ziga xos hayvonot dunyosi mar tishka, 
lemur, arslon, fi l, begemot, oq va qora ikki shoxli nosoroglar, jirafa, zebra, giyena 
itlari, odamsimon maymunlar – gorilla, shimpanze, sudralib yuruv chilardan agama, 
xameleonlar keng tarqalgan. Afrikaning g‘arbiy va tog‘li joylari tropik o‘rmonlar, 
qolgan qismi esa savannalardan iborat. Ularda baobab, qizil daraxt, palma, akatsiya, 
daraxtlarda o‘suvchi o‘sim liklar – epifi tlar keng o‘rin olgan.
Paleoarktik biogeografi k viloyati butun Yevropa, Osiyoning shimoliy
markaziy qismini, Afrikaning shimoliy qismini egallagan. Nihoyatda katta 
hududga ega bo‘lishiga qaramay, bu viloyatda sutemizuvchi hayvonlarning 
boshqa viloyatlarda uchramaydigan birorta ham turkumi yo‘q. Bu viloyatda 
tuyoqli hayvonlardan ot, sayg‘oq, yelik, kabarga, tog‘ echkisi, los, yovvoyi qo‘y, 
yirtqichlardan – qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri, tulki, qunduz, hasharotxo‘rlardan vixuxol, 
qalqonqanotlilardan – ko‘rshapalaklar, qushlardan kar, tustovuq, chittaklar 
uchraydi. O‘simliklardan ignabarglilar– archalar, pixta, qora qarag‘ay, qarag‘ay, 
yopiq urug‘lilardan – eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy kabi o‘simliklar uchradi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling