“tmk group” o’quv markazi


Download 122.38 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi122.38 Kb.
#1106810
Bog'liq
Qushlar


QUSHLAR-ZOOLOGIYA

HAYOT YO’LI EDUCATION” o’quv markazi




1. Tasqara tanasining qaysi qismlarida О2 gazining konsentratsiyasi past bo'ladi?
1) o'ng bo'lmachadagi qon tarkibida; 2) o'ng bo'lmachaga keluvchi vena qon tomirida; 3) chap bo'lmachaga keluvchi vena qon tomirida; 4)miyadan qon olib ketuvchi qon tomirida; 5) kichik qon aylanish doirasining arteriya qon tomirida; 6) chap qorinchadagi qon tarkibida; 7) tana muskullariga qon olib boruvchi arteriya qon tomirlarida.
A) 1,4,5; B) 3,6,7; C) 2,4,7; D) 3,5,6;
2. Yapaloqqushlar turkumiga xos belgilar?
a) tunda ovga chiqadi; b) tumshug‘ining uchi qayrilgan; c) barmoqlaridagi tirnoqlari o‘tkir; d) ko‘zlari keng ochiladigan ko‘z qorachiqli; e) shovqinsiz uchadi; f) tirnoqlari kuchsiz; j) faqat kunduzi ovga chiqadi va shovqin qilib uchadi;
A) a,b,c,f,j; B) a,b,c,d,e; C) b,c,d,j; D) b,d,f,j;
3. Sovuq (1) va issiq (2) qonli hayvonlarni farqlang?
a) sterlyad; b) ko‘rgalak: c) qizilto‘sh: d) timsoh; e) salamandra
A)1-a,d,e; 2-b,c; B)1-b,c; 2-a,d,e;
C)1-a,d; 2-b,c,e; D)1-a,d,c; 2-a,e;
4. Yovvoyi o‘rdaklarning qishlash joyini aniqlang.
1) Osiyoning shimoli; 2) Markaziy Amerika; 3) Markasiy Afrika; 4) Osiyoning janubi; 5) Shimoliy Afrika; 6) O‘zbekiston janubi; 7) Janubi-sharqiy Osiyo; 8) Shimoliy Amerika;
A) 4,6,7,8; B)1 ,3,6,7; C)1,3,5,7; D)2,4,5,6;
5. Tuvaloqqa xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) xususiyatalarni ko‘rsating?
1) dushmani sezganda shovqin soladi 2) tez yuguradi; 3)yer osti tugunaklar, hasharot, kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; 4) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb zarar yetkazadi; 5)jufti bir yillik; 6) “Qizil kitob” ga kiritilgan;
A) a-1,2,3 b-4,5,6; B) a-1,4,5 b-2,3,6;
C) a-2,3,6 b-1,4,5; D) a-1,3,6 b-2,4,5;
6. Quyidagi berilgan qushlardan O‘rta Osiyo hududida uchraydigan kunduzgi yirtqichlarni belgilang.
a) qora kalxat; b) miqqiy; v) boyqush; g) boyo‘g‘li;d) jo‘rchi; e) qarchig‘ay; j) ukki;
A) a,b,d,j; B) a,b,d,e; C) a,g,e,j; D) b,e,j;
7. Quyida berilgan qushlar qaysi turkumlarga mansub?
l) suqsun; 2) emu; 3) qirg‘ovul; 4) to‘rg‘ay; a)chumchuqsimonlar; b)tovuqsirnonlar; v)tuyaqushlar; g) g‘ozsimonlar;
A) 1-b, 2-a, 3-v 4-g; B) 1-a, 2-v, 3-b, 4-g;
C) 1-b, 2-g, 3-v, 4-a; D) 1-g, 2-v, 3-b, 4-a;
8. Quyida berilgan qushlar qayеrlarda qishlashi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) O‘rta Osiyoda yashaydigan laylaklar; 2) Yevropa laylaklari; 3) bulbullar; 4) qaldirgochlar;
a) tropik Afrika; b) Afrika va Hindiston; v) shimoliy Hindiston; g) janubiy-sharqiy tropik Afrika;
A) 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; B) 1-b; 2-a; 3-v; 4-g;
C) 1-g; 2-b; 3-a; 4-v; D) 1-v; 2-g; 3-a; 4-b;
9. Tasqaraga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating?
1) Baqalar, kemiruvchilar, hasharotlar va boshqa qushlarni tutib oziqlanadi; 2) yerda erkin harakatlanadi; 3) faqat o‘laksalar bilan oziqlanadi; 4) tirnoqlari kuchli rivojlanagan; 5) tumshug‘i kuchli rivojlanagan; 6) tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m ga yetadi; 7) uchganida qanotidagi patlari panjasimon yoyiladi;
A) 1,2,4; B)1,2,4,6; C) 2,5,7; D) 2,5,6,7;
10. Yirtqich qushlarga xos xususiyatlarni juftlab, to‘g‘ri javobni aniqlang?1) kalxat; 2) tasqara; 3) ukki; 4) boyo‘g‘li;
a) yapaloqqushlarning orasida ancha kichik; b) yapaloqqushlar orasida eng yirigi; c) uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi; d) havoda baland uchib, o‘z o‘ljasini qidiradi.
A) 1a,2b,3c,4d; B ) 1d,2c,3b,4a;
C) 1d,2a,3c,4b; D) 1c,2a,3d,4b;
11. Qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. a) naysimon suyaklari havo bilan to‘lgan; b) tishlari yo‘q; c) jag‘lari muguzli tumshuqqa aylangan; d) ko‘krak-toj suyagi rivojlangan; e) bel, dumg‘aza, dum suyaklari o‘zaro harakatsiz birikkan; f) issiqqonli bo‘lishi ; j) yuragi 4 kamerali k) o‘pkada havo pufakcha (xalta)lari hosil bo‘lgan
A)a,b,c,d,e,k B) a,b,c,d,j,k C) a,d,e,f,j,k D) a,b,c,d,e,f,j,k
12. Qushlar tinch holatda (I) va uchganida (II) necha marta nafas oladi va yuragi qisqaradi?
a) 26; b) 400; c) 165; d) 550;
A)I-26, 400; II-165,550; B) I-26, 165; II- 400, 550;
C)I-165,26; II- 550, 400; D) I- 400,165; II- 26, 550;
13. Qushlarning sudralib yuuruvchilarga o‘xshashlik belgilarini ajrating.
1)miyachasi kuchli rivojlangan; 2)qon aylanishi murakkab; 3)terisida bezlari deyarli bo‘lmaydi; 4)patlari, terisi muguzli; 5)tuxumida sariqligi ko‘p; 6)tana harorati doimiy; 7)embrionining tuzilishi; 8)bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi;
A)1,2,3,4; B)3,4,5,7; C)5,6,7,8; D)2,4,5,7;
14. Qushlar ko‘krak muskullariniiig bir uchi (1) suyagiga, ikkinchi uchi (2) ... suyagiga birikadi.
A) 1 yelka; 2 ko‘krak-toj; B) 1 yelka; 2 o‘mrov
C) 1 qovurg‘alar; 2 bilak; D) 1 o‘mrov; 2 kurak
15. Qushlarning qon aylanish sistemasiga xos xususiyatlarni aniqlang?
1)to‘rt kamerali; 2)uch kamerali; 3)yurakdan o‘ng aorta chiqadi; 4)yurakning o‘ng bo‘lmachasidan o‘pka arteriya chiqadi; 5)yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriya chiqadi; 6)yurakdan chap aorta chiqadi;
A) 1,3,5; B) 1,4,5; C) 1,4,6; D) 5,6;
16.Ko`rgalak kichik qon aylanish doirasi haqida to`g`ri fikrni aniqlang.
1)o`pka arteriyasi orqali o`tadi; 2)to`qimalarda CO2 bilan to`yinadi; 3)o`ng bo`lmachaga qon olib keladi; 4)chap bo`lmachaga qon olib keladi; 5)o`pka venalari orqali o`tadi;
6)o`ng qorinchadan boshlanadi; 7)chap qorinchadan boshlanadi;
A)2,3,7; B)1,4,5; C)2,3,6; D)4,5,7;
17. Chumchuqsimonlar turkumining erkak qushlari qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
1) yirikligi; 2) maydaligi; 3) rangdorligi; 4) boshida toj patlarining bo'lishi; 5) bo'ynining uzunligi; 6) ovozining o'tkirligi
A)1,3,4,6; B) 2,3,4,6; C)1,3,4,5; D)1,2,3,4,5,6;
18. O'troq (a) va ko'chib yuruvchi (b) qushlarni ko'rsating.
1) qorayaloq; 2) mayna3) kaklik 4) zog'cha5) musicha 6) chittak
A) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6; B)a-1, 4; b-2, 3, 5, 6;
C) a-2, 3, 5, 6; b-1, 4; D)a-2, 3, 6; b-1, 4, 5;
19. O'lakimizga Osiyoning janubidan uchib keluvchi qushlarni belgilang.
a)kalxat, b)oq laylak; c)o'rta osiyo laylaklari d)g'oz; e)tasqara; f)o'rdak; j)qaldirg'och; k)so'fito'rg'ay
A)a,c,d; B)c,e,j; C)a,b,e,k; D)a,b,f;
20. Qushlar bosh miyasining qaysi qismida bo‘rtmalar ko‘p bo‘ladi?
A) o‘rta; B)uzunchoq; C) miyacha; D)oraliq;
21. Qaysi organizmlarda qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib, jig‘ildonni hosil qiladi?
1)yomg‘ir chuvalchangi; 2)salamandra; 3)triton; 4)kaptar;
A) 1,2; B)2,3; C)3,4; D)1,4;
22. Berilgan ma’lumotlar orasida rasmdagi hayvonlar uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.





A

b

1)umurtqa pog’onasi va qovurg’alar; 2)jabra orqali nafas oladi; 3)bosh va orqa miya; 4)to’rt kamerali yurak; 5)yopiq qon aylanish doirasi; 6)issiq qonlilik;
A)1,2,3; B)4,5,6; C)1,3,5; D)2,4,6;
23. Qora kalxat uchun to’g’ri ma’lumotni ko’rsating.
1)to’glarda cho’llarning saksovul o’sgan joylarida uchraydi; 2)vohalar to’qaylar, tog’larda uchraydi; 3) tepaliklar jarliklar imoratlar bo’gotiga uya quradi; 4) juda ochko’z, tipratikan, jayra toshbaqa, tovushqonlar bilan oziqlanadi; 5)qushhonalar tashlandiqlari va o’laksalar bilan oziqlanadi; 6)Markaziy Afrika va Janubiy Osiyda qishlaydi; 7)pat qoplamig’ovak va yumshoq;
A)1,3,4; B) 2,6,5; C) 7,3,4; D) 2,7,3;
24. Tuxum yo’nalishidagi tovuqlarni ko’rsating.
1)lekgorn; 2)nyugempshpir; 3)rus oq tovug’i; 4)zagorsk; 5)pervomaysk; 6)kornuel; 7)plimutrok;
A) 3,4; B) 5,6,7; C) 2,4,5; D) 1,3;
25. Sanoat miqyosida ovlanadigan qushlarni toping.
1)o’rdak; 2)bedana; 3)oq laylak; 4)qirg’ovul; 5)kaklik; 6)kaptar; 7)musicha; 8)hakka;
A)barchasi; B)1,2,3,4,5; C)2,4,5,7,8; D)1,2,4,5,6;
26. Hidni yaxshi ajrata olmaydigan hayvonlar?
1)hakka; 2)botqoq toshbaqasi; 3)ko’l baqasi; 4)zarg’aldoq; 5)daryo qisqichbaqasi; 6)kaklik;
A)1,3,4; B)2,6,5; C)4,3,5; D)4,1,6;
27. Yovvoyi o’rdaklar qayerda qishlashadi?
1)Osiyoning janubi; 2)Shimoliy Afrika; 3)Markaziy Amerika; 4)Yevropa; 5)Janubiy-Sharqiy Osiyo; 6)Afrikaning markaziy va janubiy hududlari;
A) 1,2,3; B) 1,3,6; C) 2,4,5; D) 1,2,5;
28. Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi oqimlarida uchraydigan qushni ko’rsating.
A) yovvoyi o’rdak; B) ko’k g’oz; C) suqsun; D)oq laylak;
29. Oldingi oyoqlari uch (a), to’rt (b) va besh (c) barmoqli organizmlar.
1)urchuqsimon kaltakesak; 2)gekkon; 3)gavial; 4)triton; 5)ko’l baqasi; 6)gaaga; 7)emu; 8)qizilto’sh;
A)a-6,7,8 b-4,5 c-2,3; B)a-6,8,3 b-4,5 c-1,2,7;
C)a-7,8 b-4,5 c-1,2,3; D)a-6,7,8 b-3,4,5 c- 1,2;
30. Qaysi organizmlar suvda va quruqlikda yashovchilarning vakillari bilan oziqlanadi?
1)suvilon; 2)kobra; 3)ko’lvor ilon; 4)laylak ; 5)pingvin; 6)tuvaloq; 7)qalqontumshuq;
A)1,3,6; B)1,2,4; C)1,2,3,7; D)4,5,6;
31.Qirg’ovuldan musichaning farqi .
1)murakkab uya quradi; 2)tuxumidan ko’zi ochiq jo’ja chiqadi; 3)yil davomida bir joyda yashaydi; 4)yil fasllariga qarab joyini o’zgartiradi;
5)jig’ildonga ega;
A)1; B)2,3,4; C)2,5; D) 3,4;
32. Qushlarning harakatchan (1) va harakatsiz birikkan (2) suyaklarini ko’rsating.
a)ustki jag’; b)pastki jag’; c)qovurg’alar; d.)ko’krak umurtqalari; e)bo’yin umurtqalari; f)6 ta chanoq suuyagi;
A)1-b,c,e 2-a,d,f; B)1-b,e 2-a,c,d,e;
C)1-b 2-a,c,d,e,f; D)1-e 2-a,b,c,d,f;
33.Qaysi javobda chug’urchuqqa xos bo’lgan xususiyatlar to’g’ri kursatilgan?
1)chittaklar bilan bir turkumga kiradi; 2) voyaga yetganda ham fitofag, ham entomafag hisoblanadi; 3) miyya katta yarimsharlar po’slog’i burmali bo’lgani sababli hatti-harakatlari murakkab; 4) dushmanini sezganda ovozining boricha shovqin solidi; 5)tuvaloqlar turkumiga mansub;
A)4,3,5; B) 2,1,4; C) 3,2,5; D) 4,3,1;
34. Mamlakatimizda yashamaydigan umurtqasiz hayvonlarni toping.
1)dreysena; 2)kalmar; 3)baqachanoq; 4)triton; 5)terili toshbaqa; 6)midiya; 7)dafniya; 8)sakkizoyoq.
A) 1,3,7; B) 2,4,5,6,8; C) 2,6,8; D) 1,2,3,6,7,8;
35. O`txor umurtqali(a) va yirtqich umurtqasiz(b) hayvonlarni aniqlang.
A)a-tuyaqush, tuvoloq; b-xon qizi, tillako’z;
B)a-qaldirg`och, jirafa; b-to`shak qandalasi, ninachi;
C)a-suv ayg`iri, jayron; b-temirchak, chirildoq;
D)a-zebra, qulon ;b-xasva, bronza qo`ng`izi;
36.Pingvin qon aylanish tizimining qaysi qismlarida karbonat angidiridiga to`yingan qon uchraydi?
1)yurakning chap bo`lmachasi; 2)yurak chap qorinchasi; 3)o`pka arteriyasi; 4)yurak o`ng bo`lmasi; 5)o`pka venasi; 6)aorta;
A)5,6; B)3,4; C)2,3,6; D)1,2,3;

Download 122.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling