Biolog 10 indd


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1. Qit’alarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi Alfred Vegener nazariyasiga sizning 
munosabatingiz haqida esse yozing.
2. Agar Avstraliya va uning atrofi dagi orollar Gondvanadan kaynozoyning 
uchlamchi davrida alohidalashmagan bo‘lsa, sizning fi kringizcha, tuxum 
qo‘yib ko‘payuvchi va xaltali hayvonlarning taqdiri qanday bo‘lardi?


211
49-§. EVOLUTSION O‘ZGARISHLARNING TIPLARI
Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) – 
evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan 
eng umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish 
natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi 
muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, 
sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. 
Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi 
divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni 
tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent 
evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z 
navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya 
deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini 
ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar 
sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, 
juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar 
kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, 
etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar 
va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub 
organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular 
o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Galapogoss orollarida morfofi ziologik xususiyatlari jihatdan farq lanadigan 
vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergen siyaga misol 
bo‘ladi (114-rasm).
Divergensiya hodisasini o‘simliklar-
ning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida 
ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning 
gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari
bargning shakl o‘zgarishi natijasidir. 
Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi 
farq kuchaysa ham, biroq ularning ana-
tomik-fi ziologik tu zi lishidagi umu miylik 
saqlana borgan.
Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq 
o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq 
yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora 
114-rasm. Galapagoss orollarida 
yashovchi vyuroklarning turlari 
divergensiya natijasidir.


212
ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari 
hisoblanadi.
Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l-
qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan. 
Divergensiya tur paydo bo‘lish ining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda 
populatsiyalar evolutsiya ning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod 
turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda 
tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling