Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Evolutsion o‘zgarish tiplari O‘ziga xos jihatlari Misollar
- 50-§. ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Tayanch so‘zlar: divergensiya, konvergensiya, parallelizm.
Savol va topshiriqlar: 1. Evolutsiya tiplari haqida nimalarni bilasiz? 2. Divergent evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring. 3. Divergent evolutsiyaga misollar keltiring. 4. Konvergent evolutsiyaning mohiyatini izohlang. 5. Konvergent evolutsiyaning sababini misollar orqali tushuntiring. 6. Parellel evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring. 7. Parellel evolutsiyaga misollar keltiring. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Evolutsion o‘zgarish tiplari O‘ziga xos jihatlari Misollar Divergensiya Parallelizm Konvergensiya 116-rasm. Umurtqalilarning turli sistematik guruhlariga kiruvchi hayvonlarda konvergensiya; A – suvdagi vakillari; 1 – akula: 2 – ixtiozavr; 3 – delfi n; B – quruq- likdagi vakillari: 1 – xaltali krot; 2 – oddiy krot. 214 50-§. ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI Organik olam evolutsiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritganda nima sababdan barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mavjudotlar mavjud, degan savol tug‘ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qildilar. Ma’lumki, Darvin o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi. Atrof- muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarini keltirib chiqargan. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitining o‘zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni orta borsa; 2) ular ishg‘ol qilgan areal ken gaya borsa; 3) tur zaminida yangi populatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo‘lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo‘qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g‘olib kelib, son jihatdan tobora ko‘paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish mumkin. A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘na- lishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar. Biologik progress har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofi ziologik yuksalish (progress) – aromorfoz deb nomlanadi. Ikkinchi usulda organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o‘zgaradi va organizmlar tuzilishi murak- kab lashmaydi, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi usulda organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o‘zgarishi natijasida biologik progressga yo‘liqqan bo‘ladi. 215 Morfofi ziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zga- rishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga imkon beradi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling