Mavzu: ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish va ularning afzalliklar
Download 50.22 Kb.
|
quchqarova sabina to\'lqin qizi
MAVZU:TA’LIM JARAYONIDA ANIMATSIYALARDAN FOYDALANISH VA ULARNING AFZALLIKLARQuchqarova sabina to’lqin qizireja
1. Ikki o’lchovli kompyuter grafikasi (2D – ingliz tilidan. twodimensions— «ikki o’lcham») – ushbu turdagi kompyuter grafikasi grafik axborotlarni tasvirlash jarayonida 2 o’lchovli massiv (matrisa) da berilgan qiymatlarga asoslangan holda tasvirlarni hosil qiladi va tasvirlarga ishlov berish jarayonida ushbu massiv elementlar qiymatlari ustida o’zgartirishlar amalga oshirishga mo’ljallangan algoritmlardan foydalaniladi. 2 o’lchovli massiv elementlari sifatida ekranning tasvir joylashtirilishi rejalashtirilgan har bir nuqtasining gorizontal (abscissa OX) va vertikal (ordinata OY) joylashuv manzillari keltiriladi. Rastrli grafikani tahrirlash jarayonida tasvirni kattalashtirish piksellsr orasidagi masofalarni uzayishiga va tasvir tarkibida turli rangdagi kvadratlar ko’rinishi paydo bo’lishiga olib keladi. Tasvirni juda kichiklashtirish natijasida tasvirdagi ba’zi piksellarning butunlay yo’qolib ketishi xavfi mavjud. Shuningdek rastrli grafika EHM xotirasida boshqa turdagi grafiklarga nisbatan ancha ko’p xotirani band qiladi. Ushbu kamchiliklari mavjudligiga qaramay ushbu turda istalgan grafik axborotni tasvirlash va tasvirning istalgan nuqtasi bilan ishlay olish imkoniyati sababli ko’pgina soha vakillari undan unumli foydalanishadi. . Uch o’lchovli grafika – (3D – ingliz tilidan. threedimensions— «uch o’lcham») – ushbu grafika ob’ektlarni uch o’lchovli fazo (XYZ) da tasvirlashga mo’ljallangan.Uch o’lchovli grafikada tasvirlar tekislikdagi proyeksiyalari to’plami sifatida qaraladi. Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Kompyuter grafikasida rang juda muxim rol o’ynaydi. Ranglar kuzatuv taassurotni kuchaytiradiva tasvirni axborotga boyitadi. Kompyuter grafikasida asosan 2 turdagi rang modellaridan foydalaniladi: RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, asosan monitorlarda tasvirlarni namoyish qilishda foydalaniladi. Ushbu ranglarni turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida turli xil boshqa ranglarini olish mumkin
Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq(Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo’ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. Zamonaviy kompyuter grafikasi va animatsiyasi dasturlari tasvirlarni qayta ishlashda qo’shimcha ravishda HSB modelidan ham foydalanishadi: HSB modeli. Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - to’yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. Download 50.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling