Biolog 10 indd
Neoarktik biogeografi k viloyatiga
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biogeografi k viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olamining o‘xshashligi va farqi.
Neoarktik biogeografi k viloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya,
Bermud va Aleut orollari kiradi. Neoarktik biogeografi k viloyatining o‘ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, badbo‘y kaltadum, yenot, daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko‘p jihatdan paleoarktikanikiga o‘xshash. Har ikki viloyatda ham qunduz, bug‘u, los, tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko‘rish mumkin. Biogeografi k viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olamining o‘xshashligi va farqi. Turli viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olami o‘zaro taqqoslanganda tiplar, sinfl ar o‘rtasida tafovutni deyarli ko‘rmaymiz. Chunki har bir biogeografi k viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o‘simliklar sinfl arini uchratish mumkin. Biogeografi k viloyatlardagi hayvon va o‘simliklar orasidagi tafovut turkum, 209 ayniqsa, oila, avlod vakillarini o‘zaro taqqoslaganda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, Habashiston biogeografi k viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to‘ti- qushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay bio- geografi k viloyatida tarqalgan bo‘lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar oilasi Afrikada tarqalgan bo‘lsa-da, Hindomalay biogeografi k viloyatda bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografi k viloyatdagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo‘r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografi k viloyatida tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografi k viloyatlardagi o‘simliklar va hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o‘xshasalar ham, ular o‘rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yevropa zubri Shimoliy Amerikadagi bizonga, Sibir bug‘usi – maral, Amerika bug‘usi – vapitiga, Yevropa yovvoyi qo‘yi – mufl on Amerika tog‘ qo‘yiga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. O‘simliklari ham Paleoarktik biogeografi k viloyat o‘simliklarini eslatadi. O‘rmonlarda pixta, qoraqarag‘ay, boshqa ignabargli o‘simliklar, yopiq urug‘lilardan eman, buk, zarang va boshqa oilalarga mansub o‘t o‘simliklar tarqalgan. Turli biogeografi k viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi, ikkinchi tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin. Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna sayyoramiz hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener «Materiklar dreyfi » nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik – Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik – Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o‘simliklar olami ham ikki tomonga bo‘lingan (113-rasm). Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling