1. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi


Download 0.58 Mb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1205267
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Prognozlashtirishning ekspert usuli


Prognozlashtirishning ekspert usuli

Reja:



1. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi
2. Prognozlashning ekspert usuli.
3. Prognozlashtirishda ekstropolyatsiya usulli.
4.Prognozlashda Del’fi usuli.

1. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi

Prognostikaning fan sifatida gurkirab rivojlanishi oxirgi o‘n yillikda o‘z axamiyatiga ko‘ra, teng baxoli bo‘lmagan ko‘plab prognozlashtirish usullari, jarayonlari, yo‘llari, tadbirlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ularning aniq bir tizimga solinganligi keyinchalik kam baholangan va qo‘rama usullar bilan prognostika instrumentariyasi kengayishiga sabab bo‘ldi.


Hozirda, olimlarning baholashiga ko‘ra, prognozlashning 150 dan ortiq usullari mavjud. Biroq amaliyotda asosiylari sifatida ularning 15-20 tasidan foydalaniladi (1- chizma).

1-Chizma. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi.

Prognozlash usullari klassifikatsiyasini batafsil ko‘rib chiqishdan oldin, «usul» yoki «iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usullari» tushunchasini aniqlab olish kerak.


Prognozlash usuli deganda retrospektiv ma‘lumotlar, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar, prognozlash ob‘ekti, shuningdek, ko‘rilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchovlarini tahlil qilish asosida ob‘ektning kelgusida rivojlanishini aniq muhokama qilish imkonini beradigan fikrlash yo‘llari va usullari majmuasini tushunish lozim.
Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli xil tasniflash tamoyillari ko‘rsatilgan. Prognozlash usullarining muhim tasniflash belgilaridan biri ularni to‘la qamrab oladigan formallashtirish darajasi hisoblanadi.
Ikkinchi tasniflash belgisi –prognozlash usullarining ta‘sirini umumiy tamoyili deyish mumkin, uchinchisi - ishonchli axborot olish usuli hisoblanadi.
Formalizatsiya darajasiga qarab iqtisodiy prognozlashtirish usullarining intuitiv va formalizatsionga bo‘lish mumkin.
Prognozlashni intuitiv usullari ob‘ektni murakkabligiga ko‘ra, ko‘plab omillarni hisobga olish mumkin bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Bu holda ekspertlar bahosidan foydalaniladi. Bunda individual va jamoaviy ekspert baholari farqlanadi.
Individual ekspert baholar tarkibiga: «intervyu» usuli - bunda ekspertning «savol-javob» mutaxassisi bilan bevosita aloqasi amalga oshiriladi; tahlil qilishusuli - bunda qandaydir prognoz qilinayotgan vaziyatning logistik tahlili amalga oshiriladi, tahliliy yozma hisobotlar tuziladi; ssenariy yozish usuli – u turli sharoitlarda vaqt o‘tishi bilan hodisa yoki jarayonni mantiqani aniqlashga asoslanadi.
Jamoaviy ekspert baholari usullari o‘z ichiga «komissiya», «g‗oyalar jamoaviy generatsiyasi», «delfi», matritsa usullarini oladi. Bu usullar guruxi shunga asoslanganki, jamoaviy fikrlash jarayonida, birinchidan, natijalar to‘griligi yuqoriroq va ikkinchidan, ekspertlarni individual mustaqil baxolarni ishlab chiqishda kam xollarda ashyoviy goyalar kelishi mumkin.
Formalizatsion usullar guruhiga ekstrapolyatsiya va modellashtirish kiradi.
Birinchi guruhga eng kichik kvadratlar usuli, eksponensial tekislash usuli, o‘rtaga sirganmalar usuli kiradi.
Ikkinchisiga esa, tarkibiy, turli, matritsaviy modellashtirish kiradi.
Prognozlashtirish usullari klassifikatsiyasida turli boshqa usullarni birlashtiradigan kombinatsiyalashgan usullar o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Masalan, jamoaviy ekspertlar baholashlari va ekspertlarni so‘roq qilish va hokazo.
Prognozlash usullarini tasniflashda shuni nazarda tutish kerakki, prognozlash usullarini mazmundor tizimiga solish, prognozlash ob‘ekti rivojlanishning iqtisodiy jarayonlari va ularning qonuniyatlari bilan aniqlanishi kerak.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling