Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

109-rasm. Umurtqalilarda embrional rivojlanish bosqichlari. 
Filogenez ontogenezga ta’sir ko‘rsatar ekan, ontogenez fi logenezga ta’sir 
ko‘rsatmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shuni qayd etish lozimki
ontogenezda faqat ajdodlarning ba’zi bosqichlari tushibgina qolmay, ba’zan 
ularda kuzatilmagan o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Buni rus olimi A. N. Seversov 
o‘zining fi loembriogenez nazariyasi bilan isbotlab berdi. Ma’lumki, mutatsion 
o‘zgaruvchanlik individ embrion rivojining har xil bosqichlarida sodir bo‘ladi. 
Foydali mutatsiyaga ega organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda 
g‘olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan naslga berib, oqibatda fi logenez 
borishini o‘zgartiradi. Masalan, sudralib yuruvchilar terisida epitelial va uning 


204
ostidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari rivojlanib, tangachalar hosil qiladi. 
Sutemizuvchilarda esa epitelial va biriktiruvchi to‘qima hosilalari rivojini 
o‘zgartirib, teri orasida soch xaltasini rivojlantiradi.
Tayanch so‘zlar: makromolekulalar, gemoglobin, mioglobin, sitoxrom, moleku-
lar soatlari, fi logenez, ontogenez, raymondiy, klotshianum, A. N. Seversov
fi loem brio genez. 
Savol va topshiriqlar:
1. Makroevolutsiyaning mohiyatini ochib bering.
2. Evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari nimalardan iborat?
3. Genlarning o‘zgarishiga nima sabab bo‘ladi?
4. A. N. Seversovning fi loembriogenez nazariyasini qanday izohlaysiz? 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring. 
Biologik qonunlar
Kim kashf etgan
Qonunning mohiyati 
Biogenetik qonun
Embrionlarning o‘xshashlik qonuni 
Filoembriogenez nazariyasi
I z o h: Embrionlarning o‘xshashlik qonunini 9-sinfda olgan bilimlaringizga asoslanib eslang. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling