Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

105-rasm. Yangi turlar 
paydo bo‘lishining fi letik (1), 
duragaylash (2), divergensiya 
(3) yo‘nalishlari.


196
turlar tabiatda organizmlarda paydo bo‘lgan kichik o‘zgarishlarning bo‘g‘in-
dan bo‘g‘inga irsiylanib, to‘planib borishi hisobiga vujudga keladi. Bir tur 
doirasidagi organizmning har xil sharoitga muvofi qlashuvi natijasida bir 
necha turlar hosil bo‘ladi, 106-rasmda siz A turdan vaqt o‘tishi bilan uchta
В turdan ikkita yangi tur kelib chiqqanligini ko‘rib turibsiz. Bu yangi turlardagi 
o‘zgarishlar o‘z navbatida 14 ta yangi turni hosil qilganligi ifodalangan. 
Ayrim hollarda bir tur asta-sekin o‘zgarib, boshqa turga aylanadi. Turlarning 
son jihatdan ko‘paymay o‘zgarib, E, F turlarning E
10
, F
10
turlariga aylanganligi 
bunga misol bo‘la oladi.
106-rasm. Darvin ta’limoti bo‘yicha yangi turlarning paydo bo‘lishi.
Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika 
va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi
yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi. Bu 
ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, har qanday biologik tur politipik tuzilishga 
ega ekanligi, ya’ni bir-biridan ozmi-ko‘pmi morfologik, fi ziologik, ekologik, 
genetik jihatdan farq qilgan individlardan tashkil topganligi yanada oydinlashdi. 
Yangi turning paydo bo‘lishi ajdod turning yagona, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
genlar, xromosomalar majmuasini buzib, yangi genofondini vujudga keltirish 
orqali amalga oshadi.


197
Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil 
yo‘nalishda kechadi (107-rasm). 
1. Allopatrik yoki geografi k tur paydo 
bo‘lishi.
2. Simpatrik yoki ekologik tur paydo 
bo‘lishi.
Tur paydo bo‘lishining birinchi turi-
da geografi k to‘siqlarning paydo bo‘lishi, 
ikkin chi turida reproduktiv to‘siqlarning 
paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar 
almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling