Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: mikroevolutsiya, genofond, genlar dreyfi , populatsiya to‘lqini, 
alohidalanish.
Savol va topshiriqlar:
1. Genlar dreyfi ni tushuntirib bering.
2. Populatsiya to‘lqinini tushuntirib bering.
3. Alohidalanishni tushuntirib bering.
45-§. TURLARNING PAYDO BO‘LISHI
Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mutatsiyalarga boy bo‘lgan 
populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini 
farq qiladilar. Birinchi usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini 
ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil turga oid organizmlar 
chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul 
belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq (105-rasm). 
Individlar bir tur doirasida har xil populatsiyalarga mansub bo‘lsa va 
erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur hosil 
bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. 
Alohidalashgan populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib 
boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: 
ulardan biri tur paydo bo‘lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada 
o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchisi – tur paydo bo‘lishining har xil 
organizmlarda turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi. 
Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan tabiiy 
tanlanish tufayli bir turga mansub populatsiyalar 
o‘rtasidagi farqlar tobora ortib boradi. Oqibatda 
bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan 
farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo‘ladi. 
Yashash uchun kurash ko‘pgina hollarda oraliq 
formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketishiga, 
o‘zgargan muhitga moslashganlarining esa yashab 
qolishiga sababchi bo‘ladi. 
Buning oqibatida tarixiy jarayonda bitta 
ajdod tur bir necha yangi turlarni vujudga kel ti-
ri shi mumkin. Darvin ta’limotiga binoan yangi 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling