Biolog 10 indd
O‘simliklar olamidagi moslanishlar
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
O‘simliklar olamidagi moslanishlar. Hayvonlar singari o‘simliklarda ham
tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Masalan, nam tanqisligiga o‘simliklar turlicha moslashgan bo‘ladi. Bir xil o‘simliklarning bargi ustki tomondan mum qavat (fi kus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigirquyruq) bilan qoplangan. Saksovulda barglar kichik «tangacha»larga aylangan. Yantoq- ning barglari mayda va qattiq, ko‘pgina shoxchalari tikan shaklida. Kaktus, aloy, agavalar sersuv o‘simliklar hisoblanadi. Ba’zi o‘simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan, ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o‘sib, rivojlanib, urug‘ berishga ulguradi. Yantoq, shuvoq kabi o‘simliklar qurg‘oqchilik paytida barglarini to‘kish orqali o‘z hayotini saqlaydi. O‘simliklarda chetdan va hasharotlar yordamida changlanish bilan aloqador bo‘lgan bir qancha moslanishlar bor. Hasharotlar orqali changlanadigan o‘simliklarning gultojibarglari yirikligi, rangining xilma-xilligi, xushbo‘y hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Aksincha, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklarning gullari mayda, ko‘rimsiz, hidsiz, changlari juda yengil. O‘simliklarda meva va urug‘larning tarqalishiga nisbatan ham bir qancha moslanishlarni ko‘rish mumkin. Shamol yordamida tarqaladigan qayin, qayrag‘och, aylant, zarang meva va urug‘larida qanotsimon o‘simtalar, g‘o‘za chigitida tuklar bo‘ladi. Ittikanak, sariqchoy, qariqiz, qo‘yti kan mevalarida ilgak, tikan, tuklar bo‘lib, ular hayvonlarning juniga, qushlarning patiga, odamlarning kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga tarqaladi (102–103-rasmlar). Etdor, sersuv danakli va danaksiz mevalar qushlar va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat orqali 189 tashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo‘sinda ular boshqa joylarga tarqaladi. Suv orqali tarqaladigan meva va urug‘larda ham ba’zi bir moslanishlar bor. 102-rasrn. Hayvon va odamlar yordamida tarqaluvhchi mevalar. 1 – repishka me va si; 2 – ilashuvchi beda dukkagi; 3 – qa ri qizning «qarmoqli» sa vat- chasi; 4 – qo‘ytikanning tikanli mevasi; 5 – ebalakning sanchuvchi mevasi; 6 – temirtikanning sanchuvchi mevasi. 103-rasm. Shamol yordamida tarqaluvchi qanotchali mevalar. 1 – qayin; 2 – qayrag‘och; 3 – zarang; 4 – sassiqdaraxt–aylant; 5 – shumtol. Bayon etilganlarga xulosa qilib biz moslanish deyilganda tirik organizm- larning ma’lum muhitda yashab, normal nasl qoldirishini tushunish kerakligini qayd qilib o‘tamiz. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling