Geterozis va sitoplazmatik irsiyat
Download 372.83 Kb.
|
portal.guldu.uz-15-ma`ruza
GETEROZIS VA SITOPLAZMATIK IRSIYAT. Inbriding autbriding haqida tushuncha. Inbriding yoki qarindoshli chatishtirish (chorvachilikda ko 'paytirish) deb yaqin qarindoshlar orasidagi chatishtirishga aytiladi. O'simliklarda inbriding o'z-o'ziga changlanganda amalga oshadi. Inbriding populatsiyani gomozigota holdagi liniyalarga ajratish uchun ishlatiladi. Bu jarayon o'z-o'ziga changlanadigan o'simliklarda tezkor va oson kechadi. Chctdan changlanadigan o'simliklarda esa buning uchun qarindoshli chatishtirishlar zarur bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, qarindoshlik darajasi qancha yaqin bo'lsa, gomozigotalanish jarayoni ham shuncha tez ketadi. Qarindoshligi bo'lmagan organizmlarning chatishishiga autbriding dcyiladi. Bunda bir nav yoki zot (nav ichidagi yoki zot ichidagi), har xil nav yoki zot (navlararo yoki zotlararo) va har xil tur, turkum (avlod)larning organizmlari chatishtirilishi mumkin. Qarindosh bo'lmagan individlarning chatishtirilishida gomozigota holatdagi zararli retsessiv mutatsiyalar geterozigota holatiga o'tib, duragay organizmga o'z ta'sirini o'tkazmaydi. Qishloq xo'jaligi amaliyoti tajribasi shuni ko'rsatadiki, bir turning ichidagi qarindosh bo'lmagan organizmlar chatishtirilganda birinchi avlod duragaylari ko'pincha hayotchan va kasalliklarga chidamliroq bo' lib, yaxshi mahsuldorlikka ega bo'lishadi. Keyingi avlodlarda ajralish yuzaga keladi. Bir tur organizmlari orasidagi qarindoshlik yo'qligi shartli tushunchadir. Bu yerda autbriding tushunchasini har xil populatsiyalarga mansub bo'lgan organizmlar chatishishiga ko'proq to'g'ri keladi. Autbriding avloddagi geterozigotalik darajasini va populatsiyaning geterogenligini ko'paytiradi. Yuqorida qayd qilinganidek, tekis inbred liniyalar chatishtirilganda birinchi avlod duragaylari ham odatda tekis bir xil bo'ladi. Bu esa G. Mendelning F1 duragaylarining bir xilligi qonuniga muvofiqdir. Keyingi ajralish esa geterogenlikni yuzaga keltiradi. Autbridingdan foydalanilganda kombinativ o’zgaruvchanlik hisobiga belgilarning yaxshi uyg'unlashishi bilan bir qatorda, salbiy uyg'unlashish holatlari ham vujudga kelishini doim inobatga olish kerak. Shuning uchun, chatishtirishdan so'ng kerakli formalarni tanlash bo'yicha seleksiya ishlari olib borilishi zarur. Download 372.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling