Mavzu: nasilchilik ishida chatishtishish va duragaylashning qo‘lanishi reja
Download 22.78 Kb.
|
10-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
MAVZU: NASILCHILIK ISHIDA CHATISHTISHISH VA DURAGAYLASHNING QO‘LANISHI Reja: Chatishtirishning ahamiyati va biologik xususiyatlari. Qon singdirish, qon qo‘yish, zavod, sanoat va almashlab Chatishtirishning naslchilik ishida qo’llanishi. Turlararo duragaylashning chorvachilikda qo’llanilishi. Tayanch iboralari: Chatishtirish, duragaylash, qon singdirish, qon qo‘yish, zavod, sanoat, almashlab Chatishtirish, geterozis. Chatishtirish deb bir turga kiruvchi har xil zotlarga mansub bo’lgan urg’ochi va erkak hayvonlarni o‘zaro juftlashga aytiladi. Chatishtirish natijasida olingan hayvonlarga duragaylar yoki mitislar deyladi. Chatishtirish hayvonlarning stixiyali kushilishi sifatida juda kadim zamonlardai ma’lum. Chatishtirish hayvonlarni ongli ravishda yaxshilovchi usul sifatida o’rta asrlardan boshlab qo’llaniladi. Ko‘pgina urushlar natijasida va savdo aloqalarning rivojlanishi natijasida Sharqdan G’arbiy Yevropaga yengil salt miniladigan otlar keltirilib, maxaliy otlar bilan chatishtirilgan. Ispaniyada merinos qo‘ylari bilan dag’al junli qo‘ylarni chatishtirib mayin junli qo‘ylar podasi yaratiladi. Shunday qilib chatishtirishning tarixiy sabablari qadimgi xalqlar va qabilalarni ko’chmanchilik hayoti, urushlar va xalqlar o’rtasidagi savdo aloqalari bo’lgan. Ammo feodalizm davrida xo’jaliklar yarim natural va bir – biridan ajratilganligi sababli chatishtirishni qo’llash, unchalik rivojlanmagan. Kapitalizm taraqqiyoti ko‘pgina yangi madaniy zavod zotlarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu chatishtirishdan foydalanish imqoniyatini kengaytirdi. Hozirgi vaqtda qarib hamma zavod zotlari chatishtirish yordamida yaratilgan. Chatishtirishni asoslash va undan amaliy foydalanish, fransuz olimi Byuffon tomonidan XVIII asrda nazariya sifatida ko’tarib chiqilgan. Byuffon, Garbiy Yevropa otlarini Sharq otlari bilan yaxshilash tajribsiga asoslanib, hayvonlardagi qimmatli xususiyatlarni saqlab qolish va kuchaytirish uchun naslli erkak hayvonlarni o‘z vatanidan doimo keltirib turish zarur degan. U mahalliy zotni keltirilgan zot bilan chatishtirishda xar zamonda maxalliy erkak hayvon bilan chatishtirib turish xam zarur degan fikrni aytgan edi. Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling