Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


-rasm. Makkajo’xori o’simligida 1-fertil va 2-steril ro’vagi


Download 372.83 Kb.
bet13/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

-rasm. Makkajo’xori o’simligida 1-fertil va 2-steril ro’vagi

Hozirgi vaqtda haqiqatga eng yaqini uchinchi gipotezadir, chunki uni isbotlovchi dalillar juda ko‘p. Organizmning pushtli (fertil) yoki pushtsiz (steril) holatlarda bo‘lishi hujayra yadrosidagi mutant gen va sitoplazmadagi plazmogenlarning harakat kuchiga bog‘liq. Agar yadrodagi mutant gen dominant holatda bo’lsa, sitoplazmadagi plazmogenlar retsessiv ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday organizmlarda erkak va urg'ochi gametalar normal rivojlanib, ular changlatish va changlanish qobiliyatini yo‘qotmaydilar. Agar yadrodagi mutant gen retsessiv holatda bo’lsa, plazmogenlar dominant ko‘rinishda bo’ladi va bunday organizmlarda sterillik (pushtsizlik) yuzaga keladi. Gulning urug‘chisi rivojlanmay u changlana olmasa - urg'ochi sterillik, changchi rivojlanmasa - erkak sterillik deb ataladi. SES ning eng muhim xususiyati kelgusi bo‘g‘inga ona organizm orqali berilishidir. Uning bu xususiyatidan hozirgi vaqtda makkajo‘xori va boshqa ekinlarning geterozisli duragaylarini yetishtirishda keng foydalanilmoqda, chunki, gulni bichish ishlari o‘tkazilmaydi va changlanish erkin holatda o‘tadi.


Hozirgi vaqtda maxsus to‘yintirish usulida o‘tkazilgan chatishtirishlar orqali olinayotgan ona sifatidagi organizmlarga (liniyalarga) SES, ota sifatidagi organizmlarga (liniyalarga) esa fertillikni mustahkamlovchi va keying avlod organizmining fertilligini tiklovchi qobiliyat kiritiladi. Shunday tartibda yetishtirilgan liniyalardan olingan duragaylar geterozis hodisasi evaziga ota-ona formalarga nisbatan 25-40% ko ‘p va sifatli hosil beradi. Hozirgi vaqtda genetik va seleksioner olimlar sterillik asosida bug'doyning ham geterozisli duragaylarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.
Davomli modifikatsiya
Tashqi omillar ta'sirida sitoplazmada biror o‘zgarish sodir bo’lsa va u bir necha avlodlar mobaynida saqlansa, bunga davomli modifikatsiya deyiladi. Masalan, loviya urug‘iga 0,75 % xloral gidrat eritmasi ta 'sir ettirilsa, birinchi avlodda % qism o‘simliklar bargida oq anomal dog‘lar hosil bo’ladi. Bu dog’lar 7-avlodgacha saqlanib, keyin yo‘qoladi.
Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling