Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


Sitoplazmatik erkak pushtsizligi hodisasi (SES)


Download 372.83 Kb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

Sitoplazmatik erkak pushtsizligi hodisasi (SES).
Keyingi ynllarda makkajo'xori duragaylarini yetishtirishda sitoplazmatik erkak pushtsizlikdan yoki sterillikdan foydalanilmoqda. Uning ikkita Texas (T) va Moldovan (M) tipi bo'lib, birinchi tipda changlar umuman hosil bo'lmaydi, ikkinchisida esa kam hosil bo'lishi kuzatiladi. Makkajo'xorining duragay urug’larini SES asosida yetishtirish uchun quyidagilarga ega bo'lish kerak:
1) o'zidan changlatilgan liniyalarning sterilli analoglariga;
2) sterillikni mustahkamlash qobiliyatiga ega liniyalarga;
3) fertillikni tiklash qobiliyatiga ega liniyalarga.
Bu xususiyat va qobiliyatlar intsuxt liniyalar maxsus to'yintiruvchi chatishtirishlar orqali kiritiladi. Buning uchun kerakli xususiyat va qobiliyatga ega o’simlik tanlab olinib, intsuxt liniya bilan 5-7 yil davomida chatishtiriladi. Masalan, liniyalarning
sterilli analoglarini olish uchun kuyidagicha chatishtirishlar o'tkazildi:
1 yil Ms x L ------------- L Ms
2 yil L Ms x L ----------- L L Ms
3 yil L L Ms x L ---------L L L Ms
4 yil L L L Ms x L -------L L L L Ms
5 yil L L L L Ms x L--------L L L L L Ms
fertil liniyaning sterilli analogi
Bu yerda:
Ms - erkak sterilli o’simlik;
L - fertil liniya
Olingan bu o’simliklar fertillikni tiklovchi liniyalar bilan chatishtiriladi. Bunday duragaylarning dalaga ekilish tartibi har 6-8 qatorga onalik sifatida olingan o’simlik va har 2 qatorga otalik sifatida tanlangan o’simliklar ekiladi.

Geterozis olishda SES dan foydalanish.


Sitoplazmatik erkak pushtsizligi yoki sterilligi (SES)
Sitoplazmatik erkak pushtsizligi yoki sterilligini 1932 yilda M.I.Xadjinov Rossiyada va M.Rods Amerikada bir-biridan bexabar ravishda makkajo'xori o'simligida topganlar. Keyinchalik bu hodisa boshqa gulli o'simliklarda ham keng tarqalganligi aniqlandi.
SES asosan uch xilda namoyon bo'ladi:
1. O'simliklarning erkak generative (jinsiy) organlari umuman rivojlanmaydi (puch bo'ladi). Bunday o'simliklar tamakining ba’zi turlarida kuzatilgan.
2. Gulning changdonida chang donachasi yetiladi, lekin u pushtsiz (steril) bo'ladi. Bu xil sterillik ko'proq, makkajo'xori o'simliklarida kuzatiladi (22-rasm).
3. Gulning changdonida normal chang donachalari hosil bo'ladi, lekin changlatishda changdon ochilmaydi va chang tarqalmaydi. Bu hodisa ba'zan pomidorning ayrim navlarida uchraydi.
Yuqorida ta'riflangan SESning uchala xilida ham sterillik saqlanadi. Hozirgi vaqtda SESning ro‘y berish sabablarini tushuntiruvchi 3 ta gipoteza mavjud:
1. Virusli infeksiyalar gipotezasiga binoan jinsiy ko‘payishda tuxum hujayra sitoplazmasi orqali virusli infeksiyalar nasldan-naslga o‘tadi va sterillikka sabab bo‘ladi.
2. SES uzoq formalarni duragaylashning natijasidir. Bir tur organizm hujayrasining
yadrosiga, ikkinchi tur organizm hujayrasi sitoplazmasining mos kelmasligi sterillikka olib keladi.
3. SES sitoplazmadagi plazmogenlarning spetsifik mutatsiyalanishidir.


Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling