Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


Sitoplazmatik irsiyatning moddiy asoslari


Download 372.83 Kb.
bet11/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

Sitoplazmatik irsiyatning moddiy asoslari
Hozirgi zamon genetika fanining dalillariga binoan hujayra sitoplazmatik irsiyatga oid ikkita muhim funksiyani bajaradi:
• xromosoma genlarining genetik dasturi sitoplazmada uning strukturaviy qismlari ishtirokida ribosomalarda oqsil sintez qilinishi orqali amalga oshiriladi;
• sitoplazma va uning organoid (plastida, mitoxondriya va kinetoxorsentromera) larining o'zida genetik axborotni tashuvchi DNK molekulalari mavjud. Ularni xromosoma DNKsidan farq qilish uchun plazmogen DNKsi deb ataladi. Plazmogen DNK larida joylashgan genlami plazmogen deb, uning yig'indisini esa - plazmon deyiladi. Hujayra sitoplazmasida bulardan tashqari ko'chib yuruvchi genlar ham mavjud ekanligi aniqlangan. Ular sitoplazmada erkin holatda, ba'zan xromosomaga birikkan holda faoliyat ko'rsatadi.
Plazmogen DNKsi o'zining tarkibi, nisbatan kichikligi, ko'pincha halqa shaklida bo'lishi bilan xromosoma DNKsidan kuchli farq qiladi va ko'proq prokariot organizmlar DNKsiga o'xshash bo'ladi. Bundan tashqari plazmogen DNK si xromosomadagi DNKdan farqli o'laroq, nukleoproteidlar hosil qilmasdan sof holda bo' ladi. Plazmogen DNKsi plazmidlar, episomalar va simbiontlar shaklida faoliyat ko'rsatadi.
Plazmidlar - plazmogenlarning bir xili bo'lib, u plastidlar va mitoxondriyalar tarkibidagi plazmogen DNKsining ma'lum bir strukturaviy qismi sifatida ushbu organoidlarning irsiylanadigan belgilarining moddiy asosi bo'lib hisoblanadi.
Episomalar - sitoplazmada erkin holda bo'luvchi plazmogen DNK molekulasidan iborat. Ular haqiqiy plazmogen toifasida faoliyat ko'rsatadilar. Episomalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - ular o'z faoliyatining ma'lum bir davrida xromosomalarga ulanib olgan holda xromosomaviy irsiylanishda ham ishtirok etishligidir. Episomalarning ko'chib yurishi bir necha marta takrorlanishi
mumkinligini hisobga olib, ularni ko'chib yuruvchi genlar deb ham yuritiladi.
Ba'zi bir organizmlar hujayrasiga tashqaridan o'zining tarkibida begona DNK bo'lgan virus kabi genetik birlik kirib, uning plazmidlariga ulanadi. Ular sitoplazmatik axborot tariqasida plazmid bilan birga kelgusi avlodlarga sitoplazmatik irsiylanadi. Ularni simbiotik yoki endosimbiotik plazmogenlar deb yuritiladi. Hujayra sitoplazmatik elementlari tomonidan boshqariladigan irsiylanish va irsiyat qonuniyatlari kam o'rganilgan. Ammo, bor dalillarga asoslangan holda sitoplazmatik irsiylanishning quyidagi qonunlari aniqlandi:
• kelgusi avlodlarga belgilarning ona tomonidan uzatilishi;
• ajralishning qat'iy miqdor qonuniyatlarining yo'qligi.
Sitoplazmatik irsiylanishning qonunlaridan quyidagi sitoplazmatik irsiyat qonunlari kelib chiqadi:
• belgilar nazorat qilinishining diskretligi;
• plazmogenlar sonining nisbatan doimiy emasligi;
• aynan o'xshash plazmogenlarning ko'pligi.
Yadroviy (xromosomaviy) va sitoplazmatik irsiylanishning qonuniyatlarini o'rganish natijasiga asoslanib, organizmlar irsiyatining genetik asoslari tizimini quyidagicha izohlash imkonini beradi.



Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling