Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


Sitoplazmatik va yadroviy (xromosomaviy)


Download 372.83 Kb.
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

Sitoplazmatik va yadroviy (xromosomaviy)
irsiyatning qiyosiy xarakteristikasi
Irsiyatning moddiy asosi funksiyasini bajaradigan hujayraning strukturaviy
qismi uchta asosiy xususiyatlarga ega bo'lishi kerak:
• hujayra metabolizmida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan funksiyani bajarishi;
• ular o'z-o'zidan bo'linib, ko'payish xususiyatiga ega bo'lishi;
• hujayralarning bo'linishidan hosil bo'lgan yangi hujayralarga teng miqdorda taqsimlanish xususiyatiga ega bo'lishi.
Shu uchta talabga yadro, aniqrog'i, uning tarkibidagi xromosomalar javob beradi. Xromosomalarda genetik axborotning asosiy qismi, ya'ni organizm genlarining asosiy qismi joylashgan bo'ladi. Shu genlar orqali organizm belgilarining genetik belgilanishi va irsiylanishi yadroviy yoki xromosomaviy irsiyat deb ataladi.
Genetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida irsiyat birligi bo'lgan genlar yadrodan tashqarida hujayra sitoplazmasi organoidlarida ham qisman joylashganligi aniqlandi. Sitoplazmada joylashgan genlar plazmogenlar va ularning yig'indisi plazmotip deb ataladi. Plazmogenlar orqali belgilarning irsiyati va irsiylanishini sitoplazmatik - xromosomadan tashqari irsiyat deb ataladi.
Sitoplazma organoidlari yuqorida ta'kidlangan uchta xususiyatdan faqat ikkitasigagina (1 va 2) ega. Sitoplazmatik hamda yadroviy (xromosomaviy) irsiyatlarning o'xshashlik va farqlari:
1. Sitoplazmatik va yadroviy irsiyatlarning moddiy asosini DNK molekulasi tashkil etadi. Moddiy asosda quyidagi tafovutlar kuzatiladi:
a) yadroda DNK xromosomalar tarkibidagi murakkab nukleoproteidlar holatida bo'ladi, sitoplazmada esa DNK kichik, erkin holatda ko'proq halqasimon shaklda bo'lib, ular xromosoma tushunchasiga butunlay to'g'ri kelmaydi;
b) yadrodagi xromosomalar soni turg'un, organizm turiga xos bo'ladi.
Sitoplazmada esa o'zida DNK tashuvchi organoid (plastida, mitoxondriya, sentriola) lar har qaysisining soni nisbatan ko'p va doimo o'zgarib turadi.
2. Yadrodagi xromosomalar va sitoplazmadagi organoidlar irsiyat uchun muhim bo'lgan xususiyat o'z-o'zidan bo'linib ko'payish xususiyatiga ega. Ammo bu xususiyatning namoyon bo'lishida ham ular orasida katta tafovut mavjud. Hujayralarning bo'linib ko'payishidan hosil bo'lgan yangi hujayralarga boshlang'ich hujayra yadrosidagi xromosomalar teng va turg'un miqdorda taqsimlanadi. Sitoplazma organoidlari esa yangi hujayralarga aniq bir xil bo'linmaydi. Organoidlar yangi hujayralarda mustaqil bo'linib ko'payib turadi.
3. Xromosomalar qayta tuzilishlari bilan bog'liq ayrim salbiy o'zgarishlarni yadro tuzata olmaydi. Shuning uchun xromosomadagi bu o'zgarishlar kelgusi avlodlarga berilib boradi. Sitoplazmadagi jarohatlangan, ko'payish xususiyatini yo'qotgan organoidlarning o'rni jarohatlanmagan organoidlarning ko'payishi hisobiga to'ldirib boriladi.
4. Aksariyat organizmlarda jinsiy ko'payish jarayonida zigotaga sitoplazma onalik jinsiy hujayrasi orqali o'tadi. Sitoplazma bilan birga uning irsiyatga aloqador organoidlari ham zigotaga onalik gametasi ishtirokida beriladi. Shuning uchun sitoplazmatik irsiylanish ona organizm orqaligina amalga oshadi. Buni isbotlash uchun ota-ona organizmlarini retsiprok (onalik A x otalik B; onalik B x otalik A) chatishtirib olingan duragaylar qiyosiy tahlil qilinadi.
5. Xromosomaviy irsiyat va irsiylanishni ta'min etuvchi poligenlar va ularning o'zaro ta'sir qilgan holda faoliyat ko'rsatish tiplari mukammal o'rganilgan. Organizm hayotida yadroviy irsiyat hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari xromosomalar genotipi ma'lum darajada sitoplazmatik genlarning ham faoliyatini boshqarish vazifasini bajarishligi ko'rsatilgan.



Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling