Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


-rasm. Irsiylanishda yadro va sitoplazmaning ahamiyatini


Download 372.83 Kb.
bet9/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

-rasm. Irsiylanishda yadro va sitoplazmaning ahamiyatini
ko'rsatuvchi tajriba sxemasi. (issiqlik ta'sir ettirish metodi bilan tut ipak qurtida diploidli androgen individlarning olinishi). Ch - lichinkaning qora rangi, ch - sariq rang, pM - kapalaklarning qora rangi, p - oq, Ml - qurtlarning kulrangi, ml - oq.

Natijada rivojlangan barcha individlar erkak (ZZ) jinsli bo'lgan va ota organizmi retsessiv genlar bo'yicha gomozigota bo'lganligi sababli ular ham retsessiv belgilarga ega bo'lganlar. Boshqacha qilib aytganda, androgenetik ipak qurtlari paydo bo'lgan (-rasm). Bu tajribaning natijasi irsiylanishda yadrolarning yetakchi rol o'ynashligining to'g'ridan-to'g'ri isboti hisoblanadi.
Organizm turlari yadrolarini o'zaro almashtirilgandagi irsiyat. Bunga misol qilib G. Gemmerling tomonidan bir hujayrali yashil suv o'tlari Acetabularia turkumiga oid ikkita tur ustida o'tkazgan tajribasini keltirish mumkin. Har ikki turga mansub o'simliklar bir hujayrali bo'lsalar-da, sodda ko'p hujayrali o'simlik tanasini eslatuvchi poyasimon, ildiz (rizoid) simon va gulni eslatuvchi sallasimon
qismlarga ega. Ularning yadrosi tanasidagi rizoidlardan birida joylashgan bo'ladi. Tajriba uchun olingan turlar o'zaro sallalarining shakli bilan farqlanadilar. Masalan, A.mediterranea turining sallali qismi yirik va uning ayvoni keng (-rasm, 1) A. wettsteinii turning esa sallali qismi kichik va ayvoni tor (-rasm, 2) A.mediterranea dan faqat poya qismi (yadrosiz va faqat sitoplazmadan iborat), A. wettsteinii dan esa hujayraning yadrosi joylashgan rizoid qismi bir-biriga ulanib, undan «terma» hujayra o'sib rivojlanadi. Natijada «poya» uchida salla hosil bo'lib, uning shakli to'liq A. wettsteinii turinikiga o'xshash bo'lgan (-rasm, 3).



57-rasm. Bir hujayrali Acetobularia SUY o'tIari sallasi formalarining
shakllanishiga yadroning ta'siri. 1 - A.mediterranea; 2 - A.wettsteinii; 3 - vegetativ duragay, uning A.mediterraneadan olgan poyachasi A.wettsteiniining rizoidiga payvand qilingan. Rizoidlarida bittadan yadrosi ko'rinib turibdi.

Bu tajriba yadroning begona plazmada tana qismining rivojlanishiga ta'sir etishini ko'rsatadi. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan dalillar organizmlar irsiyatini va irsiylanishini ta'min etishda yadroning yetakchi ekanligini isbotlaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, har ikkala tajribada har xiI turlarga mansub organizmlarning yadro va sitoplazmasi o'zaro ta'sirda bo'lsalarda, hujayraga qo'shimcha holda sun'iy ta'sir ham ko'rsatilgan edi. Shu sababli bu xildagi tajribalar yadro va sitoplazmaning irsiylanishdagi rolini to'liq ochib bera olmaydi. Bu muammoni mukammal o'rganish uchun bir tur ichidagi organizmlarning normal jinsiy ko'payishi sharoitida olingan duragaylarda tadqiq ishlarini olib borish lozim.





Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling