Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


Download 372.83 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

Inbriding va geterozis.
O'simlik va hayvonlar seleksiyasida duragay quvvati yoki geterozis hodisasi alohida o'rin tutadi. O'simlik navlari, inbred liniyalari, hayvon zot va irqlari o'zaro chatishtirilganda birinchi avlod (F1) duragaylarida bir qator belgi-xususiyatlar bo'yicha boshlang'ich ota-ona formalaridan yuqori ko'rsatkichlar namoyon bo'ladi. F1 duragaylarini o'zaro chatishtirganda keyingi avlodlarda bu ustunlik yo'qoladi.
Geterozis tirik mavjudotlarning barcha turlariga xos bo'lgan umumbiologik hodisa. Amaliyotda geterozis hodisasidan chorvachilik va parrandachilikda ko'p foydalaniladi. Zotlararo va liniyalararo chatishtirishlar oziqa yetarli bo'lgan hollarda go'sht, sut, tuxum mahsulotlarini ko'paytirish imkonini beradi.
Geterozis hodisasini birinchi bo'lib bundan 200-yil oldin I. Kelreyter tamaki duragayi misolida aniqlagan. Ushbu hodisa mexanizmi va evolutsiyasidagi ahamiyatini tushuntirishga birinchi bo'lib Ch. Darvin urinib ko'rgan. Duragay avlodining yuqori bo'lgan o'sish kuchi va yuqori hayotchanligini Ch. Darvin zigotada har xil sifatli gametalarning birlashganligi bilan tushuntiradi. Ko'plab tajribalar natijasida Ch. Darvin geterozis turlar evolutsiyasidagi chatishishning biologik foydaliligi sabablaridan biri degan xulosaga keladi. Bu borada ko'plab tadqiqotlar o'tkazilganiga qaramay, geterozis mexanizmining aniq nazariyasi hanuzgacha yo'q. Makkajo'xorining liniyalararo duragaylarida XX asr boshlarida
o'tkazilgan tajribalarda G. Shell tomonidan liniyalararo duragaylar prinsipi ishlab chiqilgan. Buning yordamida makkajo'xorining hosildor formalari yaratilgan. Bunday formalar yaratish uchun quyidagi bosqichlarda ishlar olib boriladi.
Birinchi bosqich - bu 5-7 yil davomida inbred liniyalarni yaratish. Bitta liniya o'simliklari deyarli gomozigota holdagi o'xshash genotiplarga ega bo'lib, ularni chatishtirganda genotipi bir xil bo'lgan geterozigota duragaylar olinadi. Ikkinchi bosqichda ko'p sonli inbred liniyalar o'zaro chatishtiriladi. Liniyalararo birinchi avlod duragaylari geterozis samarasi bo'yicha baholanadi. Bunda eng yaxshi kombinatsiyalardagi liniyalarni tanlab, urug'i ko'paytiriladi. Chatishtirganda yuqori geterozis samarasini beradigan bir juft liniyalarni topish uchun bir necha ming duragay kombinatsiyalarini tekshirish kerak bo'ladi.
Hozirgi davrda qishloq xo'jaligi amaliyotida makkajo'xorining oddiy liniyalararo duragaylari ishlatilmaydi. Amaliyotda kengroq juftli liniyalararo duragaylari urug'idan foydalaniladi. Bu metodni D. Djons taklif qilgan va geterozis samarasini namoyon etadigan ikkita oddiy duragaylarni chatishtirishdan iborat. 1-rasmda SEP (sitoplazmatik erkaklik pushtsizligi) dan foydalanib, makkajo'xorida qo'sh liniyalararo duragay olishning sxemasi keltirilgan. SEP ga ega bo'lgan A liniya hosildorlik geniga ega bo'lgan B liniyasi bilan chatishtirilib olingan F1 duragaylar SEP ga ega bo'ladi. SEP ga ega bo'lgan boshqa C liniyasi hujayra yadrosida erkaklik hosildorlikni tiklovchi genga ega bo'lgan D liniyasi bilan chatishtiriladi. Olingan F1 duragaylar bu gen tufayli erkaklik hosildorlikka ega bo'ladilar. Ikkita oddiy duragaylarni (A x B) x (C x D) o'zaro chatishtirib olingan qo'sh liniyalararo duragaylar yaqqol ifodalangan geterozisga ega bo'lgan. Bunda eng yuqori samara har xil navlararo duragaylar chatishtirilishidan olingan urug'larda namoyon bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi uchun geterozisli duragaylar seleksiyasi muhim ahamiyatga ega. Bu duragaylarda hosildorlik oddiy navlarga nisbatan odatda 30 va un dan yuqori foizga ko'p bo'ladi.


Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling