Geterozis va sitoplazmatik irsiyat


Androgenez orqali irsiylanish


Download 372.83 Kb.
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi372.83 Kb.
#1498730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-15-ma`ruza

Androgenez orqali irsiylanish. Yadro va sitoplazmaning irsiyatdagi ro’lini tadqiq qilishning eng samarali usuli sitoplazmasi bir turga, yadrosi ikkinchi turga mansub zigota olish va undan yangi avlod yetishtirishdir. Bu muammoning yechilishi bilan bog'liq B. L. Astaurovning tut ipak qurtining ikkita (Bombyx mori va B. mandarina) turlari ustida amalga oshirgan sitogenetik tahlil tajribasi misolida tanishib o'tamiz ( -rasm). Ma'lumki, tut ipak qurtlari kapalagining urg'ochilari geterogamet (ZW) va erkaklari gomogamet (ZZ) jins bo'ladi. Yana shuni ta'kidlash
kerakki, ipak qurtida polispermiya hodisasi ham kuzatiladi. Bunda zigota hosil bo'lishidagi jinsiy jarayonda onalik gametasi - tuxum hujayrasiga bir necha spermiyalar - otalik gametalari kiritiladi. Tajriba uchun erkak organizm sifatida B. mori turining kapalaklari olingan bo'lib, ular har xil xromosomalarda joylashgan uchta retsessiv gen bilan markerlangan (nishonlangan): ch - tuxumdan chiqqan qurtlarning sariq rangda bo'lishini, ml - katta yoshdagi qurtlarning oppoq bo'lishini,
p - kapalaklarning oq rangda bo'lishini ta'min etadi. Ona organizm B.mandarina turining kapalaklari ushbu uchta genning dominant allellariga ega bo'lgan holda, ularning tuxumdan chiqqan qurtlari qora rangda, katta yoshdagi qurtlari kulrangda va kapalaklari qora rangda bo'lgan.
Onalik B. mandarina x otalik B. mari kombinatsiyasidan olingan duragaylar trigeterozigota - ChchpMpMlml holatidagi genotipga ega bo'lib, uchala belgi bo'yicha to'liq ona organizmiga o'xshash bo'lishi, androgen ipak qurtida esa uchala retsessiv belgi fenotipik namoyon bo'lishi kerak edi. Tajriba boshlanishi oldidan B. mandarina tuxum hujayrasining yadrosi sitoplazmaga zarar yetkazilmagan holda II meyoz bo'linishi davrida +40°C harorat bilan ta'sir qilinib, parchalab yuborilgan. Ona ipak qurti kapalagining qo'ygan tuxumlari teng ikkiga ajratilib, uning bir qismi o'z holicha qoldirildi va u qontrol vazifasini bajargan. Ikkinchi qism tuxumlarga yuqorida qayd etilgan holda ta'sir ko'rsatilgan. Tajriba guruhidagi ona hujayra yadrosi parchalanganligi tufayli, embrion rivojlanishi faqat ikkita erkak spermalarning o'zaro qo'shilishi sharoitidagina rivojlanib, bitta diploid yadro hosil qilishiga bog'liq bo'lgan.




Download 372.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling