Kirish. Elektrotexnika fani va uning


Download 193.5 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1209511
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза электротехника ва электроника асослари


1-ma’ruza. KIRISH. ELEKTROTEXNIKA FANI VA UNING
ASOSIY YO‘NALISHLARI
Reja:.
1.Elektr energiyasi, uning xususiyatlari va qo‘llanilish soxalari
2.O‘zbekistonda elektr energetikasi ishlab chiqarilishi va taraqqiyoti.
3.Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbaalari va iste’molchilari.
4.Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasidan foydalanishning yo‘nalishlari.
1.Elektr energiyasi, uning xususiyatlari va qo‘llanilish soxalari
Xozirgi kunda ilmiy texnikaviy taraqqiyoti tobora keng yoyilmoqda, mamlakat iqtisodiyoti tezkorlik bilan rivojlanmoqda, yirik ko‘lamda kompleks sotsial iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda.
Vaxolangki, mamalakatimiz oldida turgan bunday ulkan iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishni elektr energiyasiz tasavvur qilish qiyin.
Elektrotexnika – elektr va magnit xodisalaridan amalda foydalanish xaqidagi fandir. U elektr energiya xosil kilish, uni uzatish, undan amalda foydalanish bo‘yicha kompleks muammolarni xal qiladi. Bugungi elektrotexnika ko‘p qirrali bo‘lib u juda ko‘p soxalarda qo‘llaniladi.
Elektr energiya mavjud bo‘lgan energiyaning eng universal turi bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:
- kam isrof bilan uzoq masofaga uzatish mumkin;
-boshqa tur energiyalarga (mexanik, kimyoviy, issiqlik, nur, yorug‘lik va tovush) oson o‘zgartiriladi.
-ishlab chiqarishni to‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon beradi.
Elektrotexnika – elektr xaqidagi fan sifatida eramizdan avvalgi V-VI asrlarda yuzaga kelgan.
X1X asrning birinchi yarmiga kelib nazariy va amaliy elektrotexnika bir muncha rivojlana boshladi. Ana shu davrda tokning issiqlik ta’siri, elektr va magnit maydonlari orasidagi bog‘lanish, elektrodinamik xodisalar kashf etildi. X1X asrning 50-60 yillarida esa o‘zgarmas tok dvigatellarini yasash ustida muvoffaqiyatli izlanishlar olib borildi.
Elektrotexnika – elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining xosil bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rgatadigan fan va texnika soxasidir.
Elektr xodisalarini o‘rganish 1785 yilda Kulon tomonidan elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri qonunini yaratildi. Kuchlanishning birinchi elektro ximiyaviy manbaasini o‘rganish 1799 yilda A.Volta tomonidan yaratilgan davrdan boshlandi. 1802 yili fizik olim professor V.Petrov elektr yoyini xosil qildi. 1832 yili rus ixtirochisi P.SHilling telegrafni yaratdi. 1834 yili E.X.Lens elektromagnit induksiya qoidasiga asos soldi. B.YAkobi birinchi bo‘lib doimiy tok elektrodvigatelini yaratdi. 1873 yili rus olimi A.N.Lodigin lampochkani yaratdi. 1877 yili Tomas Edison magnit tasmasiga ovoz yozish mumkinligini isbotladi. XIX asrning oxirlariga kelib 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok xosil qilishni va uning asosiy iste’molchisi bo‘lgan uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi.
Xozirgi vaqtda sanoatni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini, transportni va xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida boshqa energiyalar bilan bir qatorda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalaniladi. Elektr energiyaga talab esa kun sayin ortib bormoqda, buning zamirida elektr energiyasining boshqa tur energiyalariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega ekanligi asos bo‘ladi:
1.Ishlab chikarish oson va arzon.
2.Uzoq masofalardan kam isrof bilan etkazib kelish imkoniyati borligi.
3.Boshka energiyaga aylantirishning osonligi.
4.Ishlab chiqariladigan joy bilan foydalanilgan joyni ta’siri yo‘qligi.
5.Ekalogik tozaligi,
6.Avtomatlashtirishga keng yo‘l ochilishi.

Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling