Biologik ahamiyatga EGA bo’lgan bufer eritmalarni pHini hisoblash Reja: Bufer eritmalar va ularning pHini hisoblash


Download 25.65 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi25.65 Kb.
#1004059
  1   2
Bog'liq
4-mustaqil ish


Biologik ahamiyatga ega bo’lgan bufer eritmalarni pHini hisoblash
Reja:

  1. Bufer eritmalar

  2. Bufer eritmalar va ularning pHini hisoblash

  3. Bufer eritmalarning pH ini o`lchаshni kоlоrimеtrik usuli

  4. Bufer eritmalarning pH ini elеktrоmеtrik аniqlаsh

Dеyarli bаrchа fiziоlоgik jаrаyonlаr bu jаrаyon uchun vоdоrоd iоnlаrini dоimiy kоntsеntrаtsiyasigа egа bo`lgаn muxitdа bоrаdi. pH qiymаtini оshishi yoki kаmаyishi bu jаrаyonni buzilishigа yoki umumаn to`xtаb qоlishigа оlib kеlishi mumkin. Mаsаlаn, qоnni pHi оrgаnizmni nоrmаl hоlаtidа 7,3 gа tеng (kuchsiz ishqоriy rеаktsiya).


Qоngа dоimiy rаvishdа mоddа аlmаshinishni kislоtаli mаxsulоtlаri, mаsаlаn, kаrbоnаt аngidrid, tushib turаdi, lеkin shungа qаrаmаsdаn uning pHi o`zgаrmаs bo`lаdi. Bu qоndа, оrgаnizmning bоshqа to`qimаlаridаgi kаbi, vоdоrоd iоnlаrini kоntsеntrаtsiyasini dоimiy sаqlаb turuvchi rоstlоvchilаr bоrligi bilаn tushuntirilаdi. Bundаy rоstlоvchilаrgа bufеr eritmаlаr kirib, ulаr kuchsiz kislоtа vа uning ishqоriy mеtаlli tuzi yoki kuchsiz аsоs vа uning kuchli kislоtаli tuzi аrаlаshmаsi shаklidа bo`lаdi. Mаsаlаn, sirkа kislоtа vа uning nаtriyli tuzi yoki аmmоniy gidrоksid vа аmmоniy xlоrid eritmаlаri аrаlаshmаlаri.
Bufеr eritmаlаr mа`lum chеgаrаdа ulаrgа оz miqdоrdа kislоtа yoki ishqоr eritmаsi sоlingаndа, yoki suyultirilgаndа vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasini dоimiy sаqlаydilаr.
Bufer eritma o’simlik va hayvon organizmida muxim ahamiyatga ega. Qon, limfa va boshqa suyukliklarning pH qiymatini bufer eritmalar bir xilda saqlab turadi. Bufer eritmalar tayyorlashda xlorid kislota, kaliy xlorid, natriy gidrofosfat, natriy digidrofosfat, o’yuvchi natriy , borat kislota va boshqalar qo’llaniladi. Sifat analizida pH qiymati 3,7 dan 9,3 gacha bo’lgan bufer eritmalar ishlatiladi.
III analitik guruh kationlarini I va II guruh kationlaridan ajratishda kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan ammiakli bufer eritma qo’llaniladi. Bunda pH ning qiymati 8 dan 8,5 gacha bo’ladi. Agar cho’ktirishni pH  6 qiymatida olib borilsa, III guruh kationlarini to’liq cho’ktirib bo’lmaydi.
Bufer eritmalar turli xil eksperimental ilmiy tadqiqotlarda, ayniqsa fermentlarni o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularning aktivlik ta’siri pH ning juda katta qiymatlari oralig’ida o’zgarmaydi.
Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan koncentraciyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Demak, bufer eritma ma`lum miqdorgacha kislota yoki ishqor qo’shilganda ham o’zining pH qiymatini saqlab qoladi.
Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
3. Tarkibida bir hil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.
4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi.
Masalan: 1 l 0,1 n asetatli bufer eritmaga HCI yoki NaOH qo’shilganda рН ning (o’rtacha) o’zgarishi quyidagicha bo’ladi:
0,00 - 0,02 mol HCI yoki NaOH - 0,085 рН birligi
0,02 - 0,05 mоl HCI yoki NaOH - 0,10 рН birligi
0,05 - 0,10 mоl HCI yoki NaOH - 0,28 рН birligi
Kimyoviy analizda ishlatiladigan bufer eritmalarning pH qiymatini nazariy hisoblash mumkin. Kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasidan iborat bufer eritmadagi [H+] - ionlarining konsentrasiyasi
Bufer eritmalar kimyoviy analizda keng ishlatiladi, ayniqsa, reaksiyani aniq bir pH qiymatida olib borishda.
Masalan:
1) ammiakli bufer eritma (NH4OH + NH4Cl, pH = 9,2) II guruh kationlarini guruh reagenti ta`sirida cho’ktirishda;
2) Ba2+, Sr2+, Ca2+ ionlarini Mg2+ ionidan ajratishda;
3) Ba2+ ionini ионини K2Cr2O7 bilan cho’ktirishda ;
4) III guruh kationlarini cho’ktirishda va Al3+, Cr3+ ionlarini gidroksidlar ko’rinishida ajratishda;
5) formiatli bufer eritma (HCOOH + HCOONa pH » 2). Zn2+ ionini Co2+, Ni2+, Mn2+, Fe2+, Fe3+, Al3+, Cr3+ ionlari bilan birgalikda sulfidlar holida cho’ktirib, ajratishda;
6) fosfatli bufer eritma (Na2HPO4 + NaH2PO4 pH »8) oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini bajarishda.

Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling