Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja gormonlar klassifikatsiyasi
Download 26.98 Kb.
|
Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifi-fayllar.org
Fitogormonlar.
Ko‘p hujayrali organizmlarning hayot faoliyati bir qator regulyator (boshqaruvchi) sistemalarning o‘zaro munosabati natijasida boshqarilib turadi. Bu sistemaga hujayra, to‘qima, organ va yaxlit organizmni boshqaruvchi regulyatorlar guruhi kiradi. Bunday murakkab boshqarish sistemasini o‘zaro bir biriga bog‘lashda xuddi hayvonlardagidek, yuksak o‘simliklarda ham, gormonlar xususiyatiga ega bo‘lgan birikmalar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘simliklarning butun hayoti, ya’ni urug‘langan tuxum hujayraning rivojlanishidan to organizm qarishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar fitogormonlar ishtirokida borishi har tomonlama o‘rganilgan. Fitogormonlarga ya’ni o‘stiruvchi moddalarga o‘simliklarning o‘sish jarayoni regulyasiyasida ishtrok etadigan bir qator organik birikmalar kiradi. Bu birikmalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardir. Birinchidan, fitogormonlar o‘simliklarning yosh bargida, poya yoki ildizining o‘suvchi qismlarida hosil bo‘lib, ularning boshqa qismlariga, ya’ni o‘sish jarayonlari faol bo‘lgan joylarga ko‘chiriladi; ikkinchidan, fitogormonlar o‘simliklarda haddan tashqari kam miqdorda hosil bo‘ladi va juda past konsentratsiyada ta’sir ko‘rsatadi; uchinchidan, fitogormonlarning ta’siri biron-bir kimyoviy jarayonni tezlatish bilan chegaralanmay, balki ular bir qator kimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Fitogormonlar o‘simliklarda hujayralarning bo‘linishi, to‘qimalar differensiyasi va embriogenez jarayonlarida faol ishtirok etadi. Ular o‘simliklar hayot faoliyatidagi asosiy jarayon hisoblangan fermentlar hosil bo‘lishi, nafas olish, fotosintez, ildizdan oziqlanish, moddalarning ko‘chirilishi va to‘planishi kabi jarayonlarga ta’sir etadi. O‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi hozirgacha ma’lum bo‘lgan (regulyator) moddalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Tabiiy fitogormonlar: auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar. Tabiiy ingibitorlar: fenol birikmalar, etilen, abssizinlar (dorminlar). Auksinlar. O‘simliklar poyasi va ildizining o‘sayotgan uchki qismida hosil bo‘lib, ularning o‘sishini faollashtiradigan, asosan indol tabiatli bir guruh kimyoviy moddalar auksinlar deb ataladi. Agar o‘sayotgan poyaning uchki qismi kesib tashlansa, uning o‘sishi birdaniga susayib ketishi, shu kesib olingan qismi qaytadan o‘z joyiga ulab qo‘yilsa, o‘sishi, tiklanishi aniqlangan. Bu tajribalarda o‘simliklarning o‘suvchi uchki qismida hujayralarning o‘sishiga ta’sir qiladigan qandaydir moddalar hosil bo‘ladi, degan xulosaga kelingan. Keyinchalik bu moddalar auksin deb atalgan. O‘simliklarda keng tarqalgan auksin β-indolin -3-atsetat kislotadir (IAK). Bu birikma ko‘pincha geteroauksin deb ham ataladi. Geteroauksin o‘simliklarning barcha qismlarida uchraydi. U o‘simliklar poyasi va ildizining o‘suvchi qismida hosil bo‘lib, keyinchalik boshqa joylarga tarqalgan. Geteroauksin boshqa auksinlarga nisbatan yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, ko‘pincha o‘simliklar tarkibida uchraydigan asosiy auksin hisoblanadi. Auksinlar o‘simliklarda bir qator muhim fiziologik jarayonlarga ta’sir qiladi. Ular ildiz metabolizmining faoliyatini tezlashtiradi, yonbosh kurtaklarning o‘sishini to‘xtatishda, boshoqdosh o‘simliklar koleoptilining uzayishi va egilishi jarayonida, mevalarni to‘kilib ketishidan saqlashda va shunga o‘xshash boshqa xilma-xil jarayonlarda ishtirok etadi. Auksinlarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’siri nuklein kislotalar, oqsillar va fermentlar, murakkab uglevodlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Ammo bunday bog‘lanish xarakteri va sintezlanayotgan fermentlarning tabiati aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda geteroauksin qishloq xo‘jaligida har xil o‘simliklar qalamchasi ildiz olishini tezlashtirishda qo‘llanilmoqda. U ayniqsa sitrus o‘simliklarda yaxshi natija bermoqda. Keyingi yillarda geteroauksinga o‘xshash biologik faollikka ega bo‘lgan bir qator sintetik birikmalar topilgan bo‘lib, ular ham o‘simliklarning ilidiz olishini tezlashtiradi. Bulardan eng muhimlari indolilmoy kislota va naftilatsetat kislotadir: Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling