Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja gormonlar klassifikatsiyasi
Download 26.98 Kb.
|
Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifi-fayllar.org
Sitokininlar.
O‘simliklar hujayrasining bo‘linishini jaddalashtiruvchi, qarishiga va urug‘ning tinim davridagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda o‘sishning boshqa tomonlari boshqarilishida ishtirok etadigan bir qator organik birikmalar sitokininlar deb ataladi. Ularni 1955 yilda amerkalik olim Skuch birinchi bo‘lib kashf etgan. Keyinchalik bu birikmalar kristall holda ajratib olingan va 6- furfurolaminopurin ekanligi aniqlangan. Keyinchalik kinetinning bir qator hosilalari sintez qilingan. Bu birikmalar barchasining tarkibida fiziologik faol qism hisoblangan adenilat saqlanib qolgan. Favqulodda faol sitokininlarga 6- benzilaminopurin kiradi. 1964 yilda makkajo‘xori donidan tabiiy sitokinin – zeatin ajratib olingan. Sitokinninlar o‘simliklar hujayrasining bo‘linishi jarayonlarini jadallashtirishi bilan bir qatorda, boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. Ular o‘simliklarning o‘sishdan to‘xtagan organlardagi moddalar almashinuvi jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Ma’lumki, tabiiy sitokinninlar ildizda hosil bo‘lib, o‘simliklar shirasining harakati bilan yuqoriga ko‘tariladi. Shu bilan birga ularning kurtagi va yosh barglarida hosil bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Tabiiy sitokininlar kokos yong‘og‘ining sutida, rivojlanayotgan olma va olxo‘ri mevalari tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Ularning ta’sir qilish xarakteri konsentratsiyasiga bog‘liq. Har bir jarayon uchun optimal konsentratsiya mavjud bo‘lib, bunda sitokininlar eng faol ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘ladi. Etilen. Ma’lumki, etilen o‘simliklar to‘qimasining hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan tabiiy birikma bo‘lib, auksinlar ta’sirida faollashadigan bir qator metabolik va shakl hosil qilish jarayonlarining faoliyatini susaytiradi. Etilen o‘simliklarning barcha vegetativ qismlariga ta’sir ko‘rsatadi. U mevalarning pishishini tezlashtiradi, meva hamda barglarning to‘kilishiga ta’sir etadi. Shu bilan birga etilen ta’sirda poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishi to‘xtydi. U ba’zi o‘simliklarning, masalan, ananasning gullashini tezlashtiradi. Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling