Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja gormonlar klassifikatsiyasi


Download 63.93 Kb.
bet7/9
Sana07.02.2023
Hajmi63.93 Kb.
#1173303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-ma\'ruza

Gibberellinlar.
Gibberellinlar tuzilishiga ko‘ra bir-biriga juda yaqin bo‘lgan, diterpenoid tabiatli tetratsiklik karbon kislotalardan iborat. Bu birikmalar ham xuddi auksinlar kabi, yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishida favqullodda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fitogormonlar hisoblanadi.
Gibberellinlarning kashf etilishi yapon olimlari Kurosava, Yabuta va Sumikilarning sholining “bakanaya” (shum poyalar) kassalligini o‘rganish yuzasidan olib borgan tadqiqotlarii bilan bog‘liq. Bu kassalikka uchragan sholi o‘simliklarining bo‘yi sog‘lom o‘simliklarnikiga qaraganda haddan tashqari uzayib ketadi. Bunday kasallikni sholi o‘simliklarida parazit holda yashaydigan fuzarium zamburug‘ining konidiya stadiyasida hosil bo‘ladigan va gibberella deb ataladigan shakli tug‘diradi.
Kristall holdagi sof gibberellin birinchi marta fuzarium zamburug‘idan ajratib olingan va unga gibberellin A deb nom berilgan. Keyinchalik ajratib olingan gibberillinlarning tegishli tartib nomeri bo‘lib, gibberellin A2, A3, A4, A5 va hakozo belgilar bilan ifodalanadigan bo‘lgan.
1956 yilda yuksak o‘simliklar to‘qimalaridan birinchi marta gibberellin ajratib olingan. Keyinchalik ular o‘simliklarning turli qismlarida- ildizida va gulida ham borligi aniqlangan.
Hozir gibberellinlar, shubhasiz, o‘simliklar hujayrasida hosil bo‘ladigan tabiiy fitogormonlar ekanligi to‘liq isbotlangan.
Gibberellinlar o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish jarayonlarining turli tomoniga ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘simliklar poyasi bo‘yiga o‘sishida katta ahamiyatga ega. Ularning bunday xususiyati ayniqsa bir pallali o‘simliklarga mansub bo‘lgan boshoqdoshlar oilasi vakillarida yaqqol ko‘rinadi. Gibberelin o‘simliklarning past bo‘yli (kallik) shakllarini ham bo‘yiga o‘stirib yuboradi. Shu bilan birga ular o‘simliklarning gullash va meva tugish jarayonlari boshqarilishida ham faol ishtirok etadi.
Gibberellinlarning o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga ta’siri ularning o‘simliklar organizmida boradigan moddalar almashinuvi jarayoniga ta’siri bilan uzviy bog‘liqdir. Gibberellinlar, avvalo, o‘simliklarda boradigan biokimyoviy jarayonlarni o‘zgartiradi. Ular ta’sirida fotosintez jarayoni jadallashadi va nafasi olish intensivligi ortadi. Shu bilan birga ko‘pchilik gidrolitik fermentlarning, ayniqsa, α-amilaza fermentining faoliyati birmuncha kuchayadi. Gibberellin ta’sirida oqsil va uglevodlar almashinuvi ham o‘zgaradi.
Gibberellinlar o‘simlikshunoslikda ko‘p qo‘llanilmoqda. Ular kuchli fiziologik faoliyatga ega bo‘lganligi uchun ko‘pincha eritma holda ishlatiladi, ular kuchsiz.

Download 63.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling