Biologik faol organik birikmalar


Download 271.78 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi271.78 Kb.
#1252318
  1   2
Bog'liq
Biologik faol organik birikmalar

Biologik faol organik birikmalar

Reja:


1. Biologik muvozanat va uni saqlashda inson faoliyatining vazifasi
2. Pestitsidlar, ularning sinflanishi va qishloq xo’jaligida ishlatilinishi

3 Biologik faol organik birikmalarni qishloq xo’jaligida ishlatilishi
1. Biologik muvozanat va uni saqlashda inson faoliyatining vazifasi
O’simlik va hayvonlarning zararkunandalardan saqlash, himoya qilish qadimdan insoniyatni o’ylantirib kelgan va unga qarshi kurash olib borishgan. Hozirda 70000 dan ortiq hashoratlar ma'lumki, ular insoniyatga, hayvonlarga, hamda o’simliklarga zarar keltiradi, ya'ni zararkunanda hisoblanadi.
Ularga qarshi kurash choralarining eng samarali usuli kimyoviy himoya qilishdir. So’nggi yillarda 1000 dan ortiq kimyoviy moddalar (pestitsidlar) o’simlik va hayvon zararkunandalariga qarshi ishlatilinib kelinmoqda. Har yili dunyo bo’yicha 50dan ortiq yangi samarali pestitsidlar olinmoqda. 10 mingta tekshirilgan birikmalardan bittasi amaliy jixatdan ishlatishga yaroqli hisoblanadi.
Pestitsidlarni qo’llashda atrof-muhitni muhofaza qilish yotadi, ya'ni ularni ishlatish dozalarini qattiq nazorat ostiga olish lozim.
Insoniyatning tabiatga ta'siri kundan-kunga kuchayishi, biologik muvozanatni buzilishiga olib kelmoqda. Olimlarning fikricha, hozirda kundan kunga atrof-muhitni ifloslanishi ortmoqda. Bu atrof-muhit, atmosfera, daryo, suv, hamda tuproqlarni ifloslanishi bilan ifodalanadi. Ifloslanish sabablari:

  • dunyo bo’yicha 1 mld. t. o’g’it yerga solinadi, shulardan ko’pchiligi yomg’irda yuvilib daryo va okeanlarga o’tadi va suvni ifloslaydi;

  • kimyoviy zavodlar ko’plab zararli chiqindilarni atmosferaga va suvga oqizadi. Hozirgi kunda ba'zi chet davlatlarda toza ichimlik suvi yetishmaydi;

  • dunyo okeanlariga har yili 2∙106 tonna neft avariya yoki tankerlarni yuvish natijasida oqiziladi;

  • issiqlik elekrostansiyalarni ishlashi uchun atmosferaga 250 mln. tonna kul, 60 mln. tonna SO2, avtomobillardan 200 mln. tonna СO va

20 mln. t. NO chiqariladi, ya'ni atmosferani ifloslaydi;

  • hozirgacha reaktiv moddalarning qoldiqlarini yo’qotish muammolari yechilmagan.

Yuqorida ko’rsatilgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillar, biologik muvozanatni saqlash muammosi insoniyat oldiga qo’yilgan asosiy muammo hisoblanadi. Shu sababli, o’simliklarni kimyoviy himoyasini ishlab chiqilganda, atrof-muhit masalasini ham o’ylash lozim.
2. Pestitsidlar, ularning sinflanishi va qishloq xo’jaligida ishlatilinishi

Pestitsidlar deb o’simlik va hayvonlarni zararkunanda hashorat, kasalliklar va begona o’tlarga qarshi ishlatilinadigan zaharli kimyoviy vositalarga aytiladi.
Qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan pestitsidlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Insektitsidlar-o’simlik zararkunandalariga(hashoratlarga)qarshi vositalar;

  2. Gerbitsidlar – begona o’tlarga qarshi vositalar;

  3. Fungitsidlar - o’simlik kasalliklariga qarshi ishlatilinadigan kimyoviy vositalar;

  4. O’simliklarni o’stiruvchi moddalar - o’simliklarni va ularning urug’ini o’stirish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar. Bu guruh pestitsidlarga defoliantlar-bargni to’kuvchi, desikantlar- ortiqcha o’simlik navdalarini mustahkamligini oshiruvchi moddalar ham kiradi;

  5. Repellentlar - o’simlik, hayvon va insonlarni zararkunanda hashoratlarning xujumidan qo’rqitish uchun ishlatilinadigan moddalardir;

  6. Attraktantlar - hashoratlarni o’ziga jalb qiluvchi moddalar va boshqalar.

Pestitsidlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Aniq zararkunandalar uchun zaharli, lekin inson organizmi uchun zaharsiz;

  2. Tabiiy sharoitda tez parchalanib, o’zining zaharli xususiyatini yo’qotadigan (6 oygacha);

  3. Inson organizmining geniga ta'sir etmasligi kerak.

Albatta pestitsidlarning ishlatishni taqiqlab bo’lmaydi.
Bular hisobiga biz 40% hosilni saqlab qolishimizni amaliyot tasdiqlagan, lekin kelgusida ekologik toza biologik usulni keng joriy qilish kerak.
Insektitsidlar. Insektitsidlar- kontaktli va tizimli insektitsidlarga bo’linadi. Kontaktli insektitsidlarga 4,4-dixlordifeniltrixloretan (DDT) va geksaxloranni (GXSG) misol keltirish mumkin.

DDT GXSG
P. Myuller 1948 yilda DDTni kashf qilganligi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Bu preparatlarni olinishi oson, lekin ular sekin parchalanadi va tabiatda ayniqsa, odam va hayvon organizmida to’planib boradi. Shuning uchun bu ikki preparat hozirda ishlatilmaydi.
Kontaktli insektitsidlar orasida piretrinlar alohida o’rin tutadi. Bu moddalarning boshlangich ta'sir moddasi- piretrum moychechak o’simligidan ajratib olingan. Hozirda ko’plab sintetik piretroidlar hosil qilingan. Misol:

Fenotrin
Tabiiy alkaloidlar ichida nikotin va anabazin yuqori insektitsidlik xususiyatiga ega. Muhim kontaktli insektitsidlar qatoriga fosfat, tiofosfat kislotaning organik hosilalari kiradi. Misol uchun:

metafos karbofos

xlorofos

dixlofos
ToshDAUda o’simliklardan ajratib olingan tabiiy ekologik xavfsiz 5ta seskviterpen lakton asosida yaratilgan vosita termitlarga qarshi qo’llanilganda 6-10 kun ichida termitlar 96-100% gacha nobud bo’lishi aniqlangan va ushbu natijalar bo’yicha patent olingan1,2.
Gerbitsidlar va fungitsidlar.Gerbitsidlar ikki katta guruhga bo’linadi. Tanlab ta'sir qiluvchi, hamda umumiy ta'sir qiluvchi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan gerbitsidlar ko’p bo’lib, quyida 3 ta asosiy tanlab ta'sir ko’rsatuvchi gerbitsidlar bilan tanishib chiqiladi.
Triazin guruhi. Bu guruh gerbitsidlar kam zaharli bo’lib (LD 50 =5000 mg/kg) sabzi, karam, pomidor va bodringlarga ta'sir qilmay begona o’tlarni yaxshi yo’qotadi.

Simazin propazin

Atrazine
Mochevina hosilalari ham gerbitsidlik xususiyatiga ega. Bunga misol qilib glinni (xlorsulfuron) keltirish mumkin:

Glin kuchli biologik faollikka ega bo’lgan gerbitsid bo’lib, 1 gektarga atigi 15 g ishlatilinadi. Bu preparatning LD50=5000 mg/kg bo’lib, kam zaharlidir.
Fungitsidlar. O’simlik kasalliklariga qarshi ishlatilinadigan fungitsidlar tio- va ditiokarbamin kislotalarning hosilalari hisoblanadi.

tiokarbamin kislota ditiokarbamin kislota

TMTD (tetra metal tiuram disulfid)
ToshDAUda ipak qurtini yuqumli kasalliklarga qarshi ekologik bezarar, terpenoidlar asosida tabiiy vosita yaratildi va ishlab chiqarish sinovidan o’tdi.
O’stiruvchi moddalar, defoliant va desikantlar. Organik birikmalarning 3 hil sinfi-indolil-karbon kislotalar, kininlar va gibberellinlar eng samarali o’stiruvchi moddalar hisoblanadi.
Indolilkarbon kislotalar ichida 3-indolil sirka (geteroauksin), β-(3-indolil) propion va β-(3-indolil) moy kislotalarning o’stiruvchilik xususiyatlari nihoyatda yuqori.

3-indolilsirka kislota β -(3-indolil) propion kislota
So’nggi yillarda tabiiy birikmalar kininlar va gibberellinlar keng qo’llanilmoqda. Malein kislota gidrazidini defoliantlik xususiyati bo’lib, paxta bargini to’kishda ishlatilinib kelingan. Hozirda paxta dalalarida Dropp (tidiazuron) keng ishlatilmoqda (LD50 =4000mg/kg).


Download 271.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling