Biologik faol organik birikmalar
Biologik faol organik birikmalarni qishloq xo’jaligida ishlatilishi
Download 225.94 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI
3 Biologik faol organik birikmalarni qishloq xo’jaligida ishlatilishi
Xulosa qilib, hozirda o’simliklarni himoya qilish borasida ko’plab, yangidan-yangi samarali pestitsidlar yaratilmoqda. Bu sohada O’zbekiston olimlari, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo institutlari olimlari, hamda bizning Toshkent davlat agrar universitetining fizika va kimyo kafedrasida yaratilgan preparatlar katta amaliy ahamiyatga molik.Misol tariqasida ayrimlarini keltiramiz: mahalliy homashyodan tabiiy terpenoidlar asosida ekologik bezarar o’stiruvchi va mutagenli xossaga ega bo’lgan preparat yaratildi, ular asosida g’o’zaning yangi mutant namunalari yaratildi va ulardan ikkitasi davlat nav sinovidan o’tdi. Shuningdek, 3 ta individual seskviterpen lakton sholi hosildorligini 12-14 % ga oshirishi aniqlandi. Artemisia absinthium L. (ermon) o’simligini polyar terpenoidlar yig’indisi asosida PSUAETI olimlari bilan xamkorlikda g’o’zaning yangi mutant namunalari yaratildi va ularning ikkitasi yangi nav sifatida davlat sinovidan o’tdi. Sholi xosildorligini oshirish uchun tabiiy ekologik bezarar “Risolid” biostimulyatori yaratildi va Sholichilik ilmiy tadqiqot institutida dala sinovlari o’tkazilganda xosildorlik gektariga o’rtacha 11-13 sentnerga ortgani aniqlandi.3 Ushbu ixtiroga patent olish uchun 2020 yil Intellektual mulk agentligiga talabnoma berildi4. Ko’saklarni yetilishi va ochilishini tezlashtiruvchi kam zaharli defoliant “Sardor” ta’sirida g’o’za barglari 90-95%-ga to’kiladi. Bu preperat noorganik va organik birikmalardan tashkil topgan (natriyxlorat, 2-xloretilfjsfonkislotasi va monoetanolamin). Defoliant “Sadaf” 70%-li natriy trikarbamidoxlorat eritmasi g’o’za bargini 88%-ga to’kadi va hosildorlikni 1-2 sentnerga oshiradi. O’zxitan preparati (xitozan va karboksimetilsellulozani natriyli tuzi eritmasi) chigitni kasallikdan oldini olish va o’stiruvchi ta’sirga ega. Respublikamizning kimyo korxonalarida asosan, Navoiy elektrokimyo zavodida qishloq xo’jaligida yuqori va sifatli hosil olinishi uchun turli hil pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATIFrancis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik) 1 КА - 9 - 012 “Самарали табиий антитермит воситани олинишини янги технологияси” 2 № IAP 05623 17.10.2013 3 МВ-А-ҚХ-2018-486 “Шоли ҳосилдорлигини ошириш учун экологик хавфсиз Рисолид биостимуляторини яратиш” 4 № IAP 20200079 17.02.2020 Download 225.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling