Biologik himoya usuli
Download 24.5 Kb.
|
mustaqil ish o\'sim himoya
Reja: Biologik himoya qilishning ahamiyati Brakon ko’paytirish 1. Biologik himoya usuli — (oʻsimliklarni himoya qilishda)—zararkunanda hasharotlarni yoʻq qilish yoki ularning sonini qishloq xoʻjaligiga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydalanish. Bu usulning mohiyati qishloq xoʻjaligi ekinlari chararkunandalari bilan ularning parazitlari hamda yirtqichlari (ayniqsa, hasharotlar va kanalar bilan), shuningdek bakterial, zamburugʻli, virusli va aralash kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilari oʻrtasI" dagi tabiiy antagonistik qaramaqarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishdan iborat. Buni ishlab chiqish va tatbiq qilish quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: akarifag va mikroorganizmlar tabiiy populyatsiyalarining foydali faoliyatini oʻrganish va undan foydalanish; foydali organizmlarni saklash, ular sonini koʻpaytirish va taʼsir samarasini oshirish sharoitlarini aniqlash; yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalarning yangi turlarini iklimlashtirish; foydali organizmlarni yashash areali ichida koʻchirish; entomofaglar va akarifaglarni koʻp miqdorda sunʼiy koʻpaytirish va tabiatga qoʻyib yuborish (mavsumiy tarqatish); mikrobiologik preparatlarni qoʻllash. Fiziologiya, ekologiya, biokimyo, genetikaza mikrobiologiya sohasidagi tadqiqotlar Biologik himoya usuli u.ning feromonlar va gormonlar, nur bilan hamda kimyoviy sterillash (bepusht qilish), duragaylash, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab berdi. Bir organizmga qarshi kurashda boshqasidan foydalanishga qadimdan urinib kelingan. Masalan, Qad. Xitoyda sitrus oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi yirtqich chumolilarni qoʻllash sohasida muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda Biologik himoya usuli u. rivojiga V. V. Yaxontov, P. P. Bogush, V. P. Nevskiy, A. N. Lujeskiy, M. N. Narziqulov, F. M. Uspenskiy va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Biologik himoya usuli u.da samarali natija beradigan entomofaglardan— afelinus, psevdafikus, rodoliya, kriptolemus qonli bit va cherveslarga, telenomus xasvaga, trixogramma kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi iqlimlashtirildi. Biologik himoya usuli u.ning nazariy va amaliy sohasida erishilgan yutuqlar bu vositalar (mas, afelinus, psevdafikus, trixogramma, gabrobrakon, fitoseyulyus, dendrobatsillin, entobakterin, bitoksibatsillin va boshqalar) turini koʻpaytirish hamda ularni qoʻllash hajmini oshirish imkonini berdi. Entomofaglar sistematikasi, ular tarqalishini oʻrganish hamda Biologik himoya usuli u.ning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2000-yilda Oʻzbekistonda 5,079 mln. ga maydonda (qayta ishlov berish hisobi bilan) zararkunanda hasharotlarga qarshi Biologik himoya usuli u. qoʻllanildi. Respublika qishloq xoʻjaligida Biologik himoya usuli u.ni qoʻllash boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlarni egallaydi. O’simliklarni zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlardan biologik himoya qilishning asosi — tabiatda evolutsion shakllangan turlararo munosabatlardan to‘g‘ri foydalanishdir. 0 £sim liklar biologik himoyasida makro va mikrobiologik alamalardan foydalaniladi. Mikrobiologik usul — mikroorganizmlar va ular hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan mahsulotlardan, makrobiologik usul — makroorganizmlar (hasharotlar, qushlar, baliqlar, umurtqali hayvonlar, ocsimliklar) dan foydalanishdir. Bu iisullar o‘simliklar biologik himoyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ularning mazmuni bir muncha kengdir. M.S. Sokolovning (2000) ta ’rificha, o ‘sim liklar biologik himoyasi — fundamental-amaliy fanlar sohasi bo iib , uning tadqiqot predmeti bioagentlar va bioregulator organizmlar, tabiiy yoki genetik Download 24.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling