Biologik himoya usuli


Download 24.5 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1192860
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish o\'sim himoya

o‘zgarishlar va ularning genetik mahsulotlaridir. Bu soha ekologiya,
entomologiya, fitopatologiya va mikrobiologiya singari ko‘plab
mustaqil fanlar vakillarini birlashtiradi.
Biologik himoyaga quyidagi agentlar tegishli:
hasharotlarga qarshi yirtqichlar, parazitlar va entomopa-
logenlar;
begona o‘tlarga qarshi o‘simlikxo‘r jonivorlar va fitopa-
togenlar;
kasalliklarga qarshi antagonistik mikroorganizmlar, ularning
metobolitlari va o‘simliklar chidamliligi induktorlari.
O 'sim liklar biologik himoyasining bosh maqsadi — biose-
nozlardagi bioxilma-xillikni saqlagan holda yuqori sifatli (ekologik
xavfsiz) mahsulot olishdir.
Biologik himoya — birinchi navbatda zararli turlarni tag-
tubi bilan yo‘q qilish emas, balki ularning miqdorini biologik
kurash vositasida boshqarish bo iib , u to ‘rtta asosiy strategiyaga
asoslanadi:
1) fitofaglar, fitopatogenlar va begona o 'tlar sonini muntazam
boshqarib turish maqsadida, zararli turlar populatsiyasiga uzoqda
joylashgan arealdah biologik agentni introduksiya qilish va bu agent
populatsiyada uzoq muddatga o‘mashishini ta ’minlash. Bu stra-
tegiya ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida Kalifomiyada (AQSH)
Avstraliyadan keltirilgan rodoliya qo‘ng‘izi vositasida Avstraliya
tarnovchasimon qurtini bartaraf qilishda muvaffaqiyat bilan qo ila -
nilgan. Shuning uchun bu strategiyani ko^pincha klassik (mukam-
mal) strategiya deb atashadi*
2) zararli organizmlar miqdorini uzoq muddat davomida (ammo
doimiy emas) boshqarib turish, keyinchafik ko‘payishi va rivojla-
nishini ta ’minlash maqsadida agrosenozga biologik agentni bir marta
tarqatish (yoki kiritish);
3) zararli turlarning kolpayishi va.rivojlanishini tez to ‘xtatish
maqsadida biologik agentni ko‘p marta tarqatish;
4)turli usullar bilan foydali turlarni tabiatda saqlash, ularning
faoliyatini kuchaytirish va hisobga olish.
Bu o ‘simliklami zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlardan
u yoki bu darajada himoya qilishning o‘ziga xos umumiy strate-
giyasidir.
Bioagent introduksiyasi. Bunga misol qilib olmada qonli bitni
yo‘qotish maqsadida 1932-yili Toshkentga chetdan introduksiya
qiligan afelinus (Aphelinus mali) yoki komstak qurtiga qarshi
biologik kurash maqsadida 1945-yili AQSH dan 0 ‘zbekistonga
introduksiya qilingan psevdafikus (Pseudaphycus malinus) parazit-
larini ko‘rsatish mumkin. Bu ikki parazit Olzbekistonda koloni-
zatsiya qilinishi tufayli ular respublika sharoitida iqlimlashtirildi.
Biologik agentni bir marta tarqatish (qoilash)
Entomofaglarga nisbatan bu mavsumiy kolonizatsiya b o iib ,
bunda ular fitofaglar sonini butun o‘suv davrida boshqarib turishi
rejalashtirgan holda, yirtqich yoki parazit agentlarni mavsum
boshida tarqatishdir. Mikroorganizmlarni olsak, entomoftoralarga
mansub bo igan Conidioblus obscurus zam burugini n o ‘xat biti
populatsiyasiga qarshi (Voronina, 1990) yoki yadro poliedrozi
virusini tengsiz ipak qurti populatsiyasiga qarshi bir marta qoilashdir
(Orlovskaya, 1984). Bunga keyinchalik o‘suv davrida kasalliklar
rivojlanishini kamaytirish yoki to'xtatish maqsadida, urug‘ni ekish- .
dan oldin fitopatogen zamburug‘larning antagonist-bakteriyalari
asosida tayyorlangan preparatlar bilan dorilash ham misol bocla
oladi.
Biologik agentlardan ko‘p marta foydalanish
Bu strategiya 0 ‘zbekistonda juda keng va muntazam qo ila -
niladi. Bunda entomofag va akarifaglami, jumladan, g‘o‘za dalalarida
tunlamlar tuxumi va qurtlariga qarshi trixogramma va brakon
yaydoqchi-parazitlarini tarqatishni ko'rsatib o‘tsa bo'ladi. Bu juda
ilmiy asoslangan va keng qoilan ilad igan usul. 0 ‘zbekistonda
trixogramma, brakon, oltinko‘zlarni ommaviy ko‘paytirish maqsa­
dida taxminan 900 ta biolaboratoriya va biofabrikalar tashkil
qilingan bo‘lib, ularda m untazam ravishda tayyorlanayotgan
biomahsulot ishlab chiqarishda keng qoilanib kelinmoqda.
Entom opatogen m ikroorganizm lar asosida (Bt) yaratilgan
dendrobatsillin , lep ido tsid , b itoksib itsillin singari bakterial
preparatlar g‘o‘za va boshqa ekinlar zararkunandalariga qarshi keng
qoilanilgan Marokash chigirtkasi Markaziy Osiyo populatsiyasidan
ajratilgan Beauveria tenella zam burug‘ining VD-85 shtam m i
Turkiston termiti (Anaconthotermes turkestanicus) ga qarshi kurash-
da yuqori samara kolrsatdi. Bu vositani chigirtkalarga qarshi ham
qo ilash mumkin. Bacillus subtil is (baktofit) va Pseudomonas
fluorescens (planriz) asosidagi preparatlar Rossiyada o‘simliklar
kasalliklariga qarshi keng qoilaniladi (Ш терншис и др., 2004).
Foydali turlarni saqlash, ularning foydali
faoliyatini kuchaytirish va hisobga olish
Bu strategiyaning maqsadi tabiatda biologik agentlarni muhofaza
qilish va ularning zararkunanda tu rlar sonini boshqarishdagi
samaradorligini oshirishdan iborat. Bu oldingi strategiyadan, ya’ni
biologik agentni maxsus tarqatishdan farqlanadi. Shuning uchun

bu usul faol strategiya — agentlarni zararli organizmlar popula­
tsiyasiga qarshi maxsus tarqatish strategiyasidan farqlanib, nofaol
biologik himoya deb yuritiladi. Nofaol biologik himoya tushun-
chasiga fitofaglar, o‘simliklar kasallik qo‘zg‘atuvchilari va begona
o‘tlar miqdorlarini boshqaruvchi foydali turlar faoliyatini hisobga
olish kiradi va u entomofaglar, gerbifaglar yoki mikroorganizm-
laming samaradorlik mezoni (darajasi — kriteriysi) bilan ifodalanadi.

2. Brakonni ko‘paytirish.

Dastlabki birlamchi mahsulot hisobiga kech kuzda va erta bahorda makkajo‘xori, g‘o‘za, pamidor ekinlarida kimyoviy preparatlar va brakon qo‘llanilmagan dalalardan tabiiy tekinxo‘r bilan zararlanib qishlovga ketgan qurtlar terib olinadi. Zararlangan qurtlardan bir necha kundan so‘ng dastlabki brakon uchib chiqadi. SHuningdek, ularni qayta ko‘paytirish maqsadida qishlab chiqayotgan makkajo‘xori parvonasi qurtlaridan ham foydalaniladi. Buning uchun keltirilgan qurtlar, brakon kam bo‘lganda, bittadan probirkaga solinadi va bir juft brakon zararlash uchun qo‘yiladi.


Brakonlar ko‘proq bo‘lgan vaqtda qurtlar 2 yoki 3 litrli shisha bankalarga solingan burmali (garmoshka) qog‘ozga 10-12 % gacha pupariyaga aylanguncha ushlab turiladi va kerakli nisbatda (1:2) otalangan urg‘ochi brakonlar joylashtiriladi.
Tekinxo‘r solingan shisha banka 4 soatgacha qora mato bilan yopib qo‘yiladi. Bu vaqtda yaydoqchilar hamma qurtlarni “shol” qila boshlaydi va o‘z navbatida matoga surtilgan asal bilan oziqlantirib boriladi. Qo‘yilgan tuxumdan chiqqan lichinka 4-6 kun davomida qurt tanasidagi ichki borlig‘i bilan oziqlana boshlaydi va u erning o‘zida pilla ichida g‘umbakka ketadi. Pillalardan 4-5 kun ichida etuk brakonlar uchib chiqa boshlaydi.
Erta bahorda yig‘ib kelingan ko‘sak qurti g‘umbaklari 0,5 yoki 1 litrli shisha bankalarda kapalaklar uchib chiqquncha saqlanadi. SHu kapalaklar qo‘ygan tuxumlardan chiqqan qurtlar alohida probirkalarga solinib loviya yoki makka doni bilan oziqlantiriladi. Bundan tashqari erta bahordan kech kuzgacha daladan yig‘ib kelingan qurtlar brakon bilan zararlantiriladi va
onalik mahsulot ko‘paytirilib boriladi. Bu tadbir mavsum davomida bajarib boriladi.

Mum kuyasi qurtlarini zararlash uchun brakonlardan faqat uch marta foydalanish mumkin bo‘ladi. Brakonni ko‘paytirish uchun mavsum davomida ikki xil sharoitda: ya'ni erta bahorda harorat 30-330S nisbiy havo namligi 75-80 %, yozda tegishlicha 25-280S namlik 75-80 % bo‘lish kerak.


Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling