Biologiya – hayot haqidagi fan. Biologik sistemalar. Biologiya fanining ahamiyati. Biologiyaning istiqbolli tarmoqlari (biotexnologiya, bionika, nanobiologiya, genomika). Biologiya fanining muammolari


Download 109.42 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi109.42 Kb.
#1058300
1   2   3
Bog'liq
Biologiya – hayot haqidagi fan 1

Taqqoslash metodi.

  • Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o‘rganiladi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. XVIII asrdan boshlab keng qo‘llanila boshlangan bu metod biologik obyektlar, hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash orqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.

Tarixiy metod

  • Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va ularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin. Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organik olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi.

Eksperimental (tajriba) metodi.

  • Eksperimental (tajriba) metodi. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari mohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlar uchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi bu usuldan keng foydalanish imkonini berdi.

Modellashtirish metodi.

  • Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l lanilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.

Download 109.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling