Biologiya 1


Download 323.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.12.2022
Hajmi323.21 Kb.
#1001005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOLOGIYA KIMYO. 18.07.22

 
63. Turli tilda turlicha aytilgan bir so‘z ba’zan 
o‘zaro nizoga sabab bo‘ladi. 
Ushbu gapda faqat unli va jarangli undoshlardan 
tashkil topgan ot so‘z turkumidagi so‘zning sintaktik 
vazifasini aniqlang. 
A) aniqlovchi 
B) to‘ldiruvchi 
C) ega 
D) hol 
 
64. Qaysi qatordagi yasama otning asosi til oldi 
jarangli undoshlardan iborat? 
A) bolalik 
B) gulli 
C) donolik 
D) guldurak 
 
65. Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilardir. 
Saxovat go‘zallikdan ko‘ra afzalroq.
Ushbu gap tarkibidagi faqat ochiq bo‘g‘inlardan 
iborat so‘z bilan bog‘liq noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu so‘z vazifadosh ko‘makchi bo‘lib kelgan. 
B) Ushbu so‘z sof ko‘makchi sanaladi. 
C) Ushbu so‘zda ikkita ochiq bo‘g‘in bor. 
D) Ushbu so‘zdagi bitta jarangsiz undoshning 
jarangli jufti bor. 
 
66. Tire noo‘rin qo‘llangan qatorni toping. 
A) Go‘zallik – haqiqiy baxt-saodat va rosmana 
qahramonlik, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj emas. 
B) Madaniyat bilan tashqi jilo – butunlay boshqa-
boshqa narsa. 
C) Mening aytadigan gapim – shu.
D) Ko‘rmagan yerning chuquri – ko‘p. 
 
67. Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan 
so‘z birikmalarini aniqlang. 
1) mustahkam ishonch; 
2) sababsiz kulgi; 
3) o‘tkir o‘roq; 
4) aniq fikrlash; 
5) bachkana qiliq. 
A) 1, 2, 3, 5 
B) 2, 4, 5 
C) 1, 5 
D) 1, 3 
 
68. To‘rt o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha 
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar 
ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda 
suzadi. 
B) Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi 
dushmanga qarshi mardonavor jang qildi. 


Registan Mirzo Ulug’bek
+998940032700 
C) Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: 
duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik – 
hammasini eplaydi. 
D) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan 
archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi. 

Download 323.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling