55. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) hasis, musoboqa, maxsulot
B) xasis, mahsulot, tomosha
C) jarrox, jangovor, toifa
D) toyifa, musobaqa, jarrox
56. Ravish holi uyushib kelgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A) U bolakayni sevintirish, uning kayfiyatini ko‘tarish uchun shunday qilgan edi, lekin onasi buni o‘zgacha tushundi.
B) To‘satdan daraxtlarning biri qattiq va vahimali silkindi, yomg‘irdek duv to‘kilgan olmalar uning boshiga, yelkasiga tushdi.
C) Nizomjon yig‘ilib qolgan gaplarini entikib, shoshilib gapirardi, Dildor bo‘lsa beparvogina uning gaplariga quloq solib borardi.
D) Kunbotar tomondan ko‘tarilgan bulutni shamol haydab keldi-da, shatir-shutir qilib jala quya boshladi.
57. Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. . .
misralari orqali sog‘inch iskanjasidagi
tuyg‘ularini ifoda etgan ijodkor kim?
A) Bobur B) Nodira C) Uvaysiy D) Furqat
58. Xalq dostonlaridan birida:
“O‘laman, deb mard qavlidan toyama,
Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama,
Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim,
Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama”, - deya dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep ko‘rmagan qahramon kim?
A) Qorajon B) Mohiboy C) Ravshan D) Kuntug’mish
59. Qaysi javobda Shuhratning dostonlari berilgan?
A) "Nido", "Orzu chashmasi",
B) "Jamila", "Raymonda"
C) "Shinelli yillar", "Mashrab"
D) "Farzand", "So‘lmas chechaklar"
Do'stlaringiz bilan baham: |