Biologiya 1-variant (10. 01. 2020)


Download 48.59 Kb.
Sana26.12.2021
Hajmi48.59 Kb.
#183289
Bog'liq
10.01.2020 1-variant


Biologiya 1-variant (10.01.2020)
31. Noto’g’ri fikrni aniqlang?

A) g’alvirsimon suyaklarni oraliq modda orasida qizil ilik joylashgan

B) narvonsimon muskul hujayralari ko’p yadroli

C) mimika muskullar harakati odam ixtiyoriga bog’liq

D) sonning oldingi tomondagi muskullar son-chanoq bo’g’imini bukishda qatnashadi

32. Quyidagi rasmdan pulpa(a)va dentin(b)tasvirlangan raqamlarni tanlang.





A)a-1,b-2 B)a-2,b-3 C)a-3,b-2 D)a-3,b-4

33. G`ovak tolali biriktiruvchi to`qimalrni belgilang.

A) teriosti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi B) suyak togay

C) chin teri, qon tomirlar devori, paylar D) qon, limfa

34. Quyidagi holatlar qaysi jarayonlarga mos keladi?

1) ikki xromatidli xromosomalarining diploid to’plami; 2) bitta DNKli xromosomalarining gaploid to’plami; 3) ikki xromatidli xromosomalarning gaploid to’plami; 4) xromatidalar tetradasi; 5) bitta DNKli xromosomalarning diploid to’plami

A) 1-mitoz anafasi; 2-telofaza I; 3-telofaza II; 4-profaza II; 5-mitoz telofazasi

B) 1-mitoz profazasi; 2-telofaza II; 3-telofaza I; 4-profaza I; 5-mitoz telofazasi

C) 1-mitoz metafazasi; 2-metafaza II; 3-telofaza II; 4-profaza I; 5-mitoz anafazasi

D) 1-mitoz telofazasi; 2-telofaza II; 3-metafaza I; 4profaza II; 5-telofaza I

35. Tridakna (I) va dengiz ko’p tuklisi (II) ning ektoderma (a), mezoderma (b) va endoderma (c) varaqalaridan ilk paydo bo’lgan organlarni to’g’ri juftlab ko’rsating.

1) mantiya pardasi; 2) paypaslagich; 3) so’lak bezlari; 4) jigar; 5) bosh miya; 6) oshqozon; 7) orqa qon tomiri; 8) teri epiteliysi; 9) qorin qon tomiri; 10) chig’anoq; 11) tasmasimon buyrak; 12) qizilo’ngach

A) I-a-10; b-9; c-4; II-a-2; b-7; c-12 B) I-a-5; b-4; c-3; II-a-8; b-7; c-12

C) I-a-5; b-9; c-3; II-b-12; c-6 D) I-a-1; b-11; c-4; II-b-7; c-6

36. Jinsiy hujayralarning yetilishi dastlab meyoz, keyin mitoz usulida amalga oshuvchi organizmlarni belgilang.

1) olabo’ta; 2) bo’rigul; 3) xongul; 4) korsak; 5) kuchala; 6) jo’ka; 7) kaputsin; 8) kojan; 9) hisor

A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 6, 7, 8 C) 3, 4, 7, 9 D) 2, 3, 4, 5

37. Dengiz tulkisi (a) va gigant manta (b) ning bosh skeleti suyaklarini aniqlang.

1) jag’lar; 2) suyak bilan qoplangan miya qutisi; 3) tog’aydan iborat miya qutisi; 4) jabra ravoqlari; 5) kamar suyaklari; 6) jabra qopqoqlari

A) a – 1, 3, 4; b – 1, 2, 6 B) a – 3, 5; b – 3, 5, 6

C) a – 1, 3; b – 1, 3 D) a – 1, 2, 4, 6; b – 1, 3, 4, 5

38. Tapirning suv ayg’iridan farqli jihatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) oshqozoni bo’lmalarga bo’linmagan; 2) faqat uchinchi barmog’i kuchli rivojlangan; 3) karkidon bilan bir turkumga mansub; 4) bolalari ko’zi ochiq tug’iladi; 5) qoziq tishlari kuchli rivojlangan; 6) ko’richak o’simtalari juda uzun

A) 2, 6 B) 1, 3 C) 4, 5 D) 1, 2

39. Los (a) va losos (b) uchun xos bo’lgan belgilar ko’rsatilgan javobni aniqlang.

1) kamar suyaklari umurtqa pog’onasiga tutashmagan; 2) tana harorati tashqi muhitga bog’liq emas; 3) gastrulyatsiya jarayonida uch qavatli murtak varaqlari hosil qiladi; 4) embrional davrida jabra mavjud bo’ladi; 5) ko’payishi tashqi urug’lanish orqali amalga oshadi; 6) homilasi bachadonga yo’ldosh orqali bog’langan

A) a – 1, 4; b – 2, 5 B) a – 2, 5; b – 1, 6

C) a – 4, 5; b – 3, 6 D) a – 2, 6; b – 1, 5

40. Hayvonlar haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A) Oqchaning yurak qorinchasidan chiqqan qon qorin aortasidan jabraga, undan orqa aortaga chiqadi

B) Ko’l baqasining o’pka va terisiga ketuvchi kapillyarlardagi qon tarkibida karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan yuqori bo’ladi

C) Gulmoyi balig’ining bosh qutisi qisman suyakka aylangan, umurtqaga birikkan suzgich kamari va suzgich yoylaridan tashkil topgan orqa suzgichining ortida yana bitta suzgichi bo’ladi

D) Cho’l toshbaqaning suyak va muguzdan iborat kosasi qovurg’a, ko’krak, bel, dumg’aza umurtqalari va o’mrov suyaklari bilan tutashgan

41. Geterotrof organizmlarda parazitlik qiluvchi prokariot organizmlarni ko’rsating.

1) sil qo’zg’atuvchisi; 2) rishta; 3) zang zamburug’i; 4) nozema; 5) bo’g’ma qo’zg’atuvchisi; 6) vobo qo’zg’atuvchisi

A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4

42. Jinssiz ko’payishga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

1) avlod fenotip va genotip jihatdan aynan ona fo’rmasiga o’xshaydi; 2) avlodda kombinativ o’zgaruvchanlik tufayli farq qiluvchi belgilar paydo bo’ladi; 3) avlod faqat modifikatsion o’zgaruvchanlik va somatik mutatsiyalar tufayli ona organizmidan farq qiladi; 4) yangi nav va zot olish maqsadida foydalaniladi; 5) noyob xususiyatli organizmlarni o’zgartirmasdan saqlab qolish uchun foydalaniladi; 6) organizmdagi generativ mutatsiyalar nasldan naslga o’tadi

A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5

43. Parazit (a), geterotrof (b), avtotrof (c) eukariotlarni aniqlang.

A) a – jigar qurti; b – batsidiya; c – evkalipt

B) a – o’lat qo’zg’atuvchisi; b – yomg’ir chuvalchangi; c – parmeliya

C) a – rishta; b – tovushqon; c – temir bakteriyasi

D) a – tripanasoma; b – oq po’panak; c – matur

45. Qaysi jarayonlar mitoz uchun xos?

1) profaza, metafaza, anafaza, telefaza bosqichlarining bo’lishi; 2) ikkita bir xil irsiy axborotga ega gaploid to’plamli hujayralarning hosil bo’lishi; 3) gomologik xromosomalarning har xil hujayralarga tarqalishi; 4) gaploid to’plamli mikrosporaning bo’linishi; 5) telofazadan so’ng doim sitokinez sodir bo’lishi; 6) diploid to’plamli megasporotsitning bo’linishi

A) 2, 4 B) 1, 5, 6 C) 1, 3 D) 1, 2, 6

46. Tut ipak qurtining xromosomalar soni drozofila diploid xromosoma to’plamidan 7 marta ko’p. Drozofila pashshasi tuxum hujayrasi (a) va tut ipak qurti spermatozoidlaridagi (b) xromosomalar sonini aniqlang.

A) a - 3 ta autosoma va 1 ta jinsiy X yoki Y xromosoma; b - 27 ta autosoma va 1 ta jinsiy X xromosoma

B) a - 3 ta autosoma va 1 ta jinsiy X yoki Y xromosoma; b - 27 ta autosoma va 1 ta jinsiy Y yoki X xromosoma

C) a - 3 ta autosoma va 1 ta jinsiy X xromosoma; b - 27 ta autosoma va 1 ta jinsiy X xromosoma

D) a - 3 ta autosoma va 1 ta jinsiy X xromosoma; b - 27 ta autosoma va 1 ta Y yoki X xromosoma

47. Mineral moddalarni sulfatlar, nitratlar, fosfatlar ko’rinishida qabul qiladigan o’simliklarni ko’rsating.

1) olma; 2) devpechak; 3) shumg’iya; 4) yantoq; 5) rafleziya; 6) qozonyuvgich; 7) zarpechak; 8) qizil lola

A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 6, 7 D) 4, 5, 8

48. Oziqlanishi: hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining organizm tomonidan qabul qilinishidan iborat organizmlarni ko’rsating.

1) vertisillum; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) chirituvchi bakteriyalar; 4) jirafa; 5) qalpoqchali zamburug’lar; 6) jayron; 7) nitrifikator bakteriyasi

A) 1, 5, 7 B) 3, 5 C) 2, 7 D) 4, 6

49. Qalampir mikrosporasi mitoz bo‘linishining anafaza davrida mutatsiya natijasida ikkita nogomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari har xil qutbga tarqalmay, bir qutbga o’tsa va shu qutbdan vegetativ hujayra shakllansa, hosil bo’lgan spermiylar urug’lantirishidan hosil bo‘lgan murtak (I) va endosperm (II) bitta hujayrasida xromosomalar nechtadan bo’ladi?

A) I 50; II 74 B) I 46 yoki 50; II 70 yoki 74

C) I 46; II 70 D) I 48; II 72

50. O’simliklarning rivojlanishi haqidagi noto‘g‘risini aniqlang.


A) Zuhrasochning ildizpoyasi zigotaning, ko’p xivchinli hujayrasi sporaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi
B) Qarag’ay bir uyli bo’lib, tangachalarning ustida 2 tadan urug’kurtak joylashadi
C) Funariya.ning yashil ipi sporaning, Poya- barglari zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi
D) Dala qirqbo’g’imining qo’ng’ir rangli poyasi sporaning, yashil chetlari bo’lingan o’simtasi zigotaning rivojlanishidan hosil bo’ladi

51. Quyida berilganlar orasidan qaysilari tur (sistematik birlik) hisoblanmaydi?

A) Oloy xiyoli, oq jo’xori, qora jusan B) Olga sorbariyasi, qora jusan, gul qandalasi

C) na’matak, shuvoq, gulxayri, sebarga D) azim shirach, qora terak, Buxoro otostegiyasi

52. Barglari oddiy, yonbargsiz bir yillik (a) va barglari murakkab, yonbargchali bir yillik (b) o’simliklarni aniqlang.

A) a-Turkiston ismalig’i, teresken; b-no’xat, mosh

B) a-Turkiston ismalig’i, baliqko’z; b-yeryong’oq, mosh

C) a-keyreuk, teresken; b-beda sebarga

D) a-keyreuk, baliqko’z; b-na’matak, shirinmiya

53. Gultojibarglari erkin, barglari oddiy, bir yillik o’simliklarni aniqlang.

A) kanop, yeryong’oq, sachratqi

B) bodring, achambiti, rediska

C) o’sma, yerbag’ir tugmachagul, barbadoss g’o’zasi

D) yerbag’ir tugmachagul, qovun, jaydari g’o’za

54. Qubba (a), sporangiy (b) va meva (c) kabi organlarga ega bo’lgan o’simliklar mos holatda to’g’ri juftlangan javobni aniqlang.

1) sekvoyadendron; 2) xolmon; 3) riniya; 4) karrak; 5) chinor; 6) qora qarag’ay; 7) oqqayin; 8) sharq sauri; 9) dala qirqbo’g’imi; 10) gingo biloba; 11) suv qirqqulog’i; 12) tangao’t

A) a-6, 8, 10; b-1, 3, 9; c-2, 4, 5, 7, 11, 12

B) a-1, 6, 8, 10; b-3, 9, 11; c-2, 4, 5, 7, 12

C) a-1, 3, 4, 6, 10; b-9, 11; c-2, 5, 7, 8, 12

D) a-1, 6, 8, 12; b-3, 9, 10; c-2, 4, 5, 7, 11

55. Funariya hujayralari qismlarida sodir bo’ladigan jarayonlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

1) ribosomaning shakllanishi; 2) xromosomalarning spirallashuvi; 3) r-RNK sintezi; 4) ATF sintezi; 5) vakuolaning shakllanishi; 6) lizosomaning hosil bo’lishi

a) golji majmuasida; b) yadroda; c) endoplazmatik to’rda; d) sitoplazmada; e) mitoxondriyada

A) 1 – c, 2 – d, 3 – d, 4 – e, 5 – a B) 1 – b, 2 – b, 3 – b, 4 – d, 5 – c

C) 1 – c, 2 – b, 3 – b, 4 – d, 6 – d D) 1 – a, 2 – d, 4 – e, 5 – c

56. (A+T)-(G+C)=20 bo’lgan holatdagi DNK molekulasi fragmentida 720 ta vodorod bog’i mavjud bo’lsa, DNK fragmentidagi fosfodiefir bog’lari sonini aniqlang.

A) 288 B) 576 C) 418 D) 578

57. BamHI restriktazasi GGATCC nukletidlar ketma-ketligini tanib, GG nukleotidlari orasidagi bog’larni uzadi. Maxsus sharoitda 102 nm uzunlikdagi DNK molekulasi BamHI restriktazasi orqali A, B, C, D bo’laklariga bo’lindi. Hosil bo’lgan barcha DNK bo’laklaridagi jami vodorod bog’lar soni dastlabki DNK molekulasidagi vodorod bog’lari sonidan 4 % ga kam. Agar nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ekanligi ma’lum bo’lsa, dastlabki DNK molekulasi tarkibidagi vodorod bog’larning nechtasi A va T nukleotidlari orasida joylashgan?

A) 450 B) 750 C) 600 D) 300

58. Ulotriksni jinsiy ko`payishida 1024 ta gameta hosil bo`lgan bo`lsa, shu gametaning 50 % dan zigota hosil bo`lgan zigotaning 50 % dan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan?

A) 512 B) 256 C) 64 D) 128

59. Kasalliklarni ularni davolash yo’llari bilan birga juftlab yozing.

a) kretinizm, miksedema; b) endemik buqoq; d) Bazedov kasalligi; e) tireotoksikoz

1) osh tuziga yod qo’shib ishlov beriladi; 2) ba’zan bezning bir qismi olib tashlanadi; 3) bez faoliyatini kuchaytiradigan dorilar beriladi; 4) bez faoliyatini pasaytiradigan dorilar beriladi

A) a – 4; b – 1; d – 2; e – 3

B) a – 1; b – 3; d – 2; e – 4

C) a – 3; b – 2; d – 1; e – 4

D) a – 3; b – 1; d – 2; e – 4

60. Terining rangi odamlarda ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlarning terisi qora, aabb genotipli odamlarniki oq bo’ladi. Genotipda uchta dominant gen bo’lsa qoramtir, ikkti bo’lsa oraliq. Bitta bo’lsa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan tug’ilishi mumkin bo’lgan terisi oraliq rangli farzandlarining necha foyizi genotip jixatdan ota –onaga o’xshash bo’ladi?

A) 66,7 B) 6,25 C) 37,5 D) 25




Download 48.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling