Biologiya 1-Variant Pro Academy Dilnoza Davlatova 31


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1124020
  1   2   3
Bog'liq
BIOLOGIYA 1


Biologiya 1-Variant Pro Academy Dilnoza Davlatova



31. Berilgan rasmga xos ma’lumotni belgilang

A)tikani shakli o’zgargan barg
B) tikani shakli o’zgargan yonbarg
C)tikani kaktusning bargi bilan analogik
D) tikani qirqbo’g’imning sporofili bilan gomologik

32.Bo’lajak shifokorlar, bemorga qanday linza tavsiya qilish kerak?





A)Botiq, chunki uzoqni ko’ra olmaydi
B) qabariq, chunki uzoqni ko’ra olmaydi
C)Botiq, chunki yaqinni ko’ra olmaydi
D)qabariq, chunki yaqinni ko’ra olmaydi

33. Giyohvandlikda dastlab qaysi belgilar kuzatiladi?


A) ko‘z qorachig‘ining kengayishi, terlash
B) qo‘l va oyoq terlashi, og‘iz qurishi
C) yurak o‘zgarishlari, limfa tugunlar kattalashishi
D) tajanglik, xotira buzilishi

34.Ko‘krak qafasi rivojlanmagan kloakali organizmlarni aniqlang. 1) triton; 2) ot; 3) sayg‘oq; 4) emu; 5) kvaksha;


6) salamandra
A) 1, 3, 5 B) 1, 5, 6 C) 2, 3, 4 D) 2, 4, 6

35. Rasmda 1 va 6 raqami bilan berilgan qismni toping



A)1-oval xaltacha’ 6-eshitish suyakchasi
B) 1-chig’anoq, 6-muvozanat organi nervi
C)1-chig’anoq, 6-oval xaltacha
D) 1-suyak labirint, 6-eshitish nervi

36.Qaysi javobda harakatlantiruvchi (а), stabillashtiruvchi (b), dizruptiv (c) tanlanishning xarakterli jihatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) sanoatlashgan markazlarda qayin odimchisining qoramtir formalari saqlanib qolishi; 2) yagona ajdod tur doirasida bir necha yangi formalarning kelib chiqishi; 3) o‘zgargan muhitga moslashgan organizmlarning saqlanib qolishi; 4) nisbatan doimiy muhit sharoitida ajdodlarga xos belgilarga ega bo‘lgan


organizmlarning saqlanib qolishi; 5) gatteriyaga xos belgilarning million yillar davomida saqlanib qolishi; 6) reaksiya normasi doirasidan keskin chetga chiqqan formalarning qirilishi.
A) a – 5; b – 1; c – 4 B) а – 6; b – 5; c - 2
C) а – 3; b – 5; с – 2 D) a – 2; b – 4; c – 1

37. Quyida berilganlar tiriklikning qanday tuzilish


darajalariga mos keladi? 1) yadroning bo‘linishi; 2) jag‘-jag‘ sonining ba’zi yillarda ortib, ba’zida kamayishi
A)1 - hujayra; 2 - populyatsiya B)1 - molekula; 2 - biosfera
C)1 - biosfera; 2 - populyatsiya D)1 - populyatsiya; 2 - biosfera

38. Qaysi javobda dengiz suvo‘ti (a), prokariot organizm (b), lishaynik (c) berilgan?


A)a - ulotriks; b - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; c - xara
B)a - yapon laminariyasi; b - sil qo‘zg‘atuvchisi; c - atsidiya
C)a - xara; b - sil qo‘zg‘atuvchisi; c – tamaki mozaikasi qo‘zg‘atuvchisi
D)a - spirogira; b - ichburug‘ qo‘zg‘atuvchisi; c – oq po‘panak

39.Urg‘ochi gibbonning somatik hujayrasi xromosomalar to‘plami to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)46ta autosoma va bir juft X jinsiy xromosoma
B)24 juft autosomalar
C)23 juft autosoma va ikki juft X jinsiy xromosoma
D)46ta autosoma va XY jinsiy xromosomalar

40. Bug’doyrang teri rangiga ega bo’lganlar necha xil genotipga ega?



A) 2 B) 4 C) 3 D) 6

41. Agar oqsil molekulasi 30 soniyada sintez qilinsa, bu oqsil qancha peptid bog‘dan iborat bo‘ladi? (aminokislota zanjirga bog‘lanishi uchun 0,2 soniya kerak bo‘ladi)


A) 100 B) 99 C) 149 C) 150

42. Tish emali oq, sepkilli ayol tish emali qo‘ng‘ir, sepkilsiz erkakka turmushga chiqdi. Tug‘ilgan qizlarning necha foizi genotip jihatdan otasiga o‘xshash bo‘ladi?


A) 25% B) 50% C) 37,5 % D) 12,5 %

43. Qaysi belgilar ikki juft noallel dominant gen


ishtirokida yuzaga chiqadi? 1) bug‘doy donining qizil rangi; 2) xo‘roz tojining yong‘oqsimon bo‘lishi; 3) xoldor to‘tilar patining oq bo‘lishi; 4) odamlarda soch tolasining jingalak bo‘lishi
A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2

44. Fosforlanish reaksiyasida 3200 Kj energiya sarflangan bo‘lsa, necha mol ATF hosil bo‘ladi?


A) 30 B) 40 C) 60 D) 80

45. A va B genlari bitta autosomada joylashgan va


ular orasidagi masofa 6 morganidaga teng.
C geni boshqa nogomologik autosomada
joylashgan. Barcha genlari bo‘yicha
geterozigota organizm (dominant genlar faqat
otasidan o‘tgan) tahliliy chatishtirilganda,
olingan avlodda ikki xil gen bo‘yicha
geterozigotali organizmlar necha foizni tashkil
qiladi? (Bir morganida krossingoverning bir
foiziga teng.)
A) 26,5 B) 23,5 C) 11,75 D) 25

46. 2 va 9 raqamlari bilan ko’rsatilgan qismlarning nomini toping



A)2-megaspora; 9-endosperm
B)2-mikrospora; 9-markaziy hujayra

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling