Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
6-VARIANT
1. Quyida berilgan organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) ossillatoriya; b) achitqi; c) oq po‘panak; 1) sitoplazmasi rangsiz sentroplazma va uni o‘rab olgan rangli xromotoplazmaga ega; 2) mitselliysi bir hujayrali; 3) kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi; 4) gormogoniyalari orqali ko‘payadi. A) a - 2; b - 1; c - 3 B) a - 1; b - 3; c - 2 C) a - 4; b - 1; c - 3 D) a - 4; b - 2; c - 1 2. Bo‘ka qurti (a), suvsar (b), xasva qandalasi (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - parazit organizm; b – konsument organizm; c - zararkunanda organizm B)a - redutsent organizm; b - fototrof organizm c - yirtqich organizm C)a - produsent organizm; b - yirtqich organizm; c - zararkunanda organizm D)a - geterotrof organizm; b - produtsent organizm; c - konsument organizm 3. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi (a) va bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi (b) kurash shakllariga mos keluvchi misollar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) tulkining tovushqon bilan oziqlanishi; 2) kannibalizm; 3) suvda erigan kislorod kamayishi hisobiga baliqlarning halok bo‘lishi; 4) bo‘ri quyonni ovlashi; 5) juftlashish oldidan qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahslashishi A) a - 1; b - 4 B) a - 3; b – 2 C) a - 5; b - 3 D) a - 4; b - 2 4. Berilgan organizmlardan birinchi tartibli konsumentlar(birinchi darajali konsumentlar) sonini aniqlang. 1) manta; 2) mita; 3) muflon; 4) musicha; 5) moviy ninachi; 6) kaptar; 7) jayron; 8) jirafa; 9) qirg‘iy; 10) zubr; 11) boyo‘g‘li; 12) bo‘ka; 13) bug‘u; 14) qutb meduzasi; 15) qum bo‘g‘ma iloni; 16) qora kalxat; 17) qurbaqa. A) 12 B) 13 C) 11 D) 8 5. Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P ) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi. I0I0 - birinchi, IAIA va IAI0 - ikkinchi, IBIB va IBI0 - uchinchi, IAIB - to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi. Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha sepkilga ega farzandlarning necha foizi ikkinchi qon guruhiga ega? A) 6,25% B) 18,75% C) 50% D) 12,5% 6. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamda kichik qon aylanish doirasi venalari...(1), katta qon aylanish doirasi arteriyalari...(2). A)1 - o‘pkalarga qon olib keladi; 2 – yurakdan qon olib ketadi B)1 - yurakdan qon olib ketadi; 2 - yurakka qon olib keladi C)1 - yurakka qon olib keladi; 2 - o‘pkalardan qon olib ketadi D)1 - o‘pkalardan qon olib ketadi; 2 – yurakdan qon olib ketadi 7. Jadvalning qaysi qatorlarida (№) organizmlar, ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda berilgan? A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 3, 5, 6 D) 2, 4, 6 8. Jigar qurtining hayot siklida 1 va 2 raqamlarga muvofiq ravishda mos keladigan bosqichlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? voyaga yetgan jigar qurti → urug‘langan tuxum → 1 → oraliq xo‘jayin tanasidagi lichinka → 2 → sista → 3 A)1 - suv shillig‘i tanasidagi lichinka; 2 – asosiy xo‘jayin tanasidagi finna B)1 - dumli lichinka; 2 - kiprikli lichinka C)1 - kiprikli lichinka; 2 - dumli lichinka D)1 - finna; 2 - kiprikli lichinka 9. Hindomalay biogeografik viloyatida orangutang, Habashiston biogeografik viloyatida shimpanze mavjudligi (a), Avstraliya biogeografik viloyati xashaki tovuqlarning, Hindomalay biogeografik viloyatida yovvoyi bankiv tovuqlarning uchrashi (b) tur paydo bo‘lishining qaysi yo‘nalishiga misol bo‘ladi? A)a - allopatrik; b – simpatrik B)a - simpatrik; b - allopatrik C)a - allopatrik; b - allopatrik D)a - simpatrik; b - simpatrik 10. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Begemot ... hayvon. A)oshqozoni bo‘lmalarga bo‘lingan B)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli C)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli D)toq tuyoqli 11. Zang zamburug‘i uchun mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) spora orqali ko‘payadi; 2) geterotrof organizm; 3) xemotrof organizm; 4) avtotrof organizm; 5) prokariot organizm; 6) o‘simlik ildizida endotrof mikoriza hosil qiladi A) 2, 3 B) 3, 4 C) 5, 6 D) 1, 2 12. Kvaksha baqasining postembrional rivojlanish davrida kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang. 1) jabraning o‘pkaga aylanishi; 2) jigarning hosil bo‘lishi; 3) ikki kamerali yurakning uch kamerali yurakka aylanishi; 4) buyrakning hosil bo‘lishi; 5) xordaning hosil bo‘lishi; 6) nerv nayining hosil bo‘lishi; 7) yurish oyoqlarining hosil bo‘lishi; 8) arteriya qon tomirining mezoderma qavatidan hosil bo‘lishi. A) 2, 8 B) 1, 6 C) 4, 5 D) 3, 7 13. Umurtqasiz hayvonlarning ajdodlari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) trilobitlar halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasidagi oraliq hayvonlar hisoblanadi; 2) hasharotlar o‘rgimchaksimonlardan paydo bo‘lgan; 3) halqali chuvalchanglar erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan; 4) to‘garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan; 5) baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. A) 4, 5 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 3 14. Lososning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A)qorin aorta qon tomiri yurak qorinchasiga qon olib boradi B)qorin aortasidan qon yurak bo‘lmachasiga quyiladi C)qorin aorta qon tomiridagi arterial qon orqa aortaga o‘tadi D)jabra arteriyasi va qorin aortasida venoz qon oqadi 15. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odam organizmidagi biriktiruvchi to‘qima ... . A)so‘lak bezlarini hosil qiladi, hujayralarida miofibril tolachalari bor B)terining gipoderma qavatini hosil qiladi, o‘pkalardan organlarga gazlar transportini ta’minlaydi C)alveolalar devorini hosil qiladi, yurak sistolasini ta’minlaydi D)vorsinkalar devorini hosil qiladi, terining gipoderma qavatini hosil qiladi 16. Tiriklikning hujayra darajasidagi jarayonlarni aniqlang. 1) silliq endoplazmatik to‘rda uglevod sintezining amalga oshishi; 2) uglerodning biogen migratsiyasi; 3) nerv-gumoral boshqarilish; 4) mitoxondriyaning bo‘linib ko‘payishi; 5) murg‘ob kenja turining hosil bo‘lishi. A) 2, 5 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 1, 3 17. Aminokislotalarni aniqlang. A) prolin, oksiprolin B) gistidin, sitozin C) tirozin, mum D) oksiprolin, guanin 18. O‘rdakning spermatozoid hujayrasida n=40 bo‘lsa, urg‘ochi o‘rdakning epidermis hujayrasidagi xromosomalar holatini aniqlang. A)40 juft autosoma va jinsiy XX xromosoma B)40 juft autosoma va faqat jinsiy X yoki Y xromosoma C)78 juft autosoma va faqat jinsiy X xromosoma D)78 ta autosoma va jinsiy XY xromosoma 19. Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang. A)1 - murakkab soyabon, 2 - kuchala, 3 - qalqoncha B)1 - murakkab soyabon, 2 - murakkab boshoq, 3 - oddiy soyabon C)1 - oddiy boshoq, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha D)1 - oddiy shingil, 2 - murakkab boshoq, 3 - oddiy soyabon 20. Rasmda tasvirlangan o‘simliklarning vegetativ ko‘payish usullari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)1 - tugunak orqali; 2 - piyozbosh orqali; 3 - gajaklar orqali B)1 - ildizpoya orqali; 2 - tugunak orqali; 3 - urug‘i orqali C)1 - ildizmeva orqali; 2 - tugunak orqali; 3 - gajaklar orqali D)1 - ildizpoya orqali; 2 - ildizmeva orqali; 3 - gajaklar orqali 21. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) plazmid − zaharli toksin parchalovchi ferment sintezlovchi genetik tuzilma; 2) transpozaza − xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartiradigan irsiy molekula; 3) endonukleaza − DNK molekulasini kesuvchi ferment; 4) EcoRI − DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza; 5) restriktaza − DNK bo‘laklarini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzim. A) 1, 3 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 2, 4 22. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota-onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang. A) 20% B) 60% C) 50% D) 40% 23. Nazariy jihatdan energetik almashinuv bosqichida noma’lum miqdordagi glukozaning to‘liqsiz va to‘liq parchalanishidan 8800 kJ energiya va 118 molekula ATF hosil bo‘lgan. Necha molekula glukoza to‘liq parchalangan? A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 24. Odam organizmida boshqaruv tizimlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) antidiuretik gormon; b) tiroksin; c) simpatik nerv sistemasi; d) parasimpatik nerv sistemasi; 1) reabsorbsiyani susaytiradi; 2) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 3) siydik ajralishini ko‘paytiradi; 4) egri-bugri kanalchalarga ta’sir etadi; 5) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi; 6) reabsorbsiyani kuchaytiradi; 7) siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi; 8) siydik ajralishini kamaytiradi. A)a - 4; b - 1; c - 5; d – 2 B)a - 1; b - 6; c - 5; d - 2 C)a - 6; b - 1; c - 2; d – 5 D)a - 8; b - 3; c - 2; d - 7 25. Gulqo‘rg‘oni oddiy, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang. A) sholi, mosh B) makkajo‘xori, kungaboqar C) turp, g‘o‘za D) chuchmoma, bug‘doy 26. Evolutsiyani isbotlashda xizmat qiladigan molekular biologiya (1), solishtirma anatomiya (2) fanlari dalillari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)1 - har xil turga mansub hayvonlar oqsillaridagi o‘xshashlik; 2 – gomologik organlar, atavizmlar B)1 - biogenetik qonun, analogik organlar; 2 - rudiment organlar va atavizmlar C)1 - konvergensiya hodisasi; 2 – rudiment organlar, analogik organlar D)1 - turli hayvonlar gemoglobini tarkibidagi farq; 2 - yirtqich tishli kaltakesakning qazilma qoldiqlari 27. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi dezoksiriboza qoldiqlarining sonini (a), fragmentdan sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 1050; b - 349 B) a - 2100; b - 349 C) a - 2100; b - 350 D) a - 2100; b - 359 28. Qaysi javobda faqat saksovulga (a), faqat Sharq sauriga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A)a - tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi; b - tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; c - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi B)a - o‘tkazuvchi sistemaga ega; b - chang hujayrasini hosil qiladi; c - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi C)a - urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - tugunchadan meva hosil qiladi D)a - urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi; b - urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi; c - endosperm hujayralari triploid 29. Antropogen omil ta’siri keltirilgan javobni aniqlang. A)hasharotlarning qattiq sovuq natijasida nobud bo‘lishi B)sovuqdan keyin daraxt barglarining to‘kilishi C)bug‘doyzorda zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy dorilarning purkalishi D)zararkunanda hasharotlar bilan qushlarning oziqlanishi 30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi donining burishgan va rangining yashil bo‘lishini ta’minlovchi genlar . . . . A)allel genlar deyiladi B)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi C)noallel genlar deyiladi D)modifikator genlar deyiladi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling