Biologiya 2019 dtm
Download 1.58 Mb.
|
2019 dox
14-VARIANT
1. Sun’iy ekosistemani aniqlang. A) to‘qay B) sahro C) cho‘l D) uzumzor 2. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali qora rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) I-0; II-2 B) I-4; II-4 C) I-2; II-0 D) I-2; II-2 3. Quyida keltirilgan ayirish organlari qaysi organizmlar uchun xos? a) tasmaga o‘xshash yagona buyrak; b) loviyasimon juft buyrak; c) bir juft yashil bezlar va naychalar; 1) bedapoya shillig‘i; 2) krab; 3) gepard; 4) bitiniya; 5) qulon; 6) daryo qisqichbaqasi; 7) tikanbaliq. A) a - 1; b - 3; c - 4, 6 B) a - 1, 7; b - 3, 4; c - 2, 5 C) a - 1, 4; b - 3, 5; c - 2, 6 D) a - 3, 4; b - 5; c - 2, 6 4. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi donining burishgan va poyasining kalta bo‘lishini ta’minlovchi genlar . . . . A)modifikator genlar deyiladi B)allel genlar deyiladi C)noallel genlar deyiladi D)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi 5. Quyidagilarning qaysilari meva hisoblanmaydi? 1) kartoshkaning tugunagi; 2) jag‘-jag‘ning qo‘zoqchasi; 3) loviyaning dukkagi;4) batatning tugunagi; 5) lavlagining ildizmevasi; 6) bosh piyozning ko‘sakchasi. A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 4 D) 2, 5, 6 6. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida 7 molekula glukoza to‘liq parchalanishi natijasida ... . A)10640 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planadi; glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiya miqdoridan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi B)glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiyadan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi C)8960 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planishi glikoliz jarayonida kuzatiladi; tayyorgarlik bosqichida ajralgan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi D)aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; glikoliz bosqichida ajralgan energiyaning 40%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi 7. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shu fragment asosida sintezlangan oqsil molekulasining molekular massasini (a) hamda peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120, i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 42000; b - 349 B) a - 42000; b - 350 C) a - 21000; b - 350 D) a - 21000; b - 349 8. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Qayin odimchisi kapalagining ... . 1) pastki labi va pastki jag‘i qo‘shilib xartumchani hosil qiladi; 2) qishloq joylarida oq rangli formalari mutatsiyaga uchramagan; 3) sanoatlashgan markazlarda qora rangli formalari ko‘p uchraydi; 4) rivojlanishi chala o‘zgarish bilan amalga oshadi; 5) qurti qorin bo‘limida 5 juft haqiqiy oyoqlar bor; 6) sanoatlashgan markazlarda tana rangining o‘zgarishi xromosoma mutatsiyasi bilan aloqador. A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 5, 6 D) 1, 4, 6 9. Kelib chiqish markazi Janubi-G‘arbiy Osiyo hisoblangan o‘simliklar haqida ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bug‘doy; 2) sabzi; 3) karam; 4) beda; 5) arpa; 6) suli A)3 - gulkosachabargi to‘rtta; 4 - gullari qiyshiq B)2 - to‘pguli murakkab boshoq; 5 – hayotiy shakli o‘t C)1 - ildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘indisidan tashkil topgan; 2 - to‘pguli murakkab soyabon; 6 - to‘pguli murakkab shingil D)1 - bir uyli; 4 - gulkosachabargi ikki qavatli; 6 - gullari qiyshiq 10. Harakatlantiruvchi (а), stabillashtiruvchi (b), dizruptiv (c) tanlanish turlariga mos misollarni aniqlang. 1) gingko bilobaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolganligi; 2) shamol ko‘p esadigan orollarda qanotsiz hasharotlarning paydo bo‘lishi; 3) yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar o‘zgarishidan dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqishi; 4) latimeriyaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolishi; 5) bir populatsiya doirasida politipik formalarning hosil bo‘lishi A) а - 5; b - 3; c - 4 B) а - 4; b - 2; c - 3 C) а - 4; b - 3; c - 5 D) а - 3; b - 4; c - 5 11. Sxemalarga tasvirlangan to‘pgullar qaysi o‘simliklarga xos? A)1 - javdar, 2 - oqqayinning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining changchili guli B)1 - sabzi, 2 - tolning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli C)1 - zubturum, 2 - tolning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining changchili guli D)1 - madaniy tok, 2 - yong‘oqning changchili guli, 3 - makkajo‘xorining urug‘chili guli 12. Quyida berilganlardan faqat madaniy tok uchun xos (a), faqat Turkiston ismalog‘i uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) magnoliyasimon; 2) guli oddiy gulqo‘rg‘onli; 3) mevasi rezavor; 4) mevasi yong‘oqcha; 5) gullari ikki jinsli; 6) ikki yillik begona o‘t; 7) barglari yonbargchali. A) a - 2; b - 1; c - 2 B) a - 2, 4; b - 1; c - 6 C) a - 3, 7; b - 2; c – 1 D) a - 1, 4; b - 6; c - 3, 6 13. Asalari qurti (a), tulki (b), oltingugurt bakteriya (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)a - konsument; b - fototrof organizm; c - fototrof organizm B)a - konsument; b - xemotrof organizm; c - yirtqich organizm C)a - yirtqich organizm; b - konsument; c - geterotrof organizm D)a - konsument; b - yirtqich organizm; c - xemotrof organizm 14. RNK molekulasi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)ikkita zanjirdan iborat bo‘lib, lizosomada sintezlanadi B)i-RNK transkripsiyalanganda DNK molekulasidagi timin dezoksiribonukleotidlar ro‘parasida uratsil ribonukleotidi sintezlanadi C)i-RNK, t-RNK, r-RNK turlari mavjud bo‘lib, faqat i-RNK oqsil sintezida qatnashadi D)bir polinukleotid tarkibida 4 xil azot asosi, monosaxarid va fosfat kislota qoldig‘i mavjud 15. Ituzumdoshlar (a), gulxayridoshlar (b), qoqio‘tdoshlar (c) oilasiga mansub turkumlarni aniqlang. 1) baqlajon; 2) karrak; 3) isirg‘ao‘t; 4) bo‘ritaroq; 5) bangidevona; 6) kanop; 7) kartoshka; 8) maxsar; 9) ituzum; 10) g‘o‘za A) a - 5, 9; b - 4, 10; c - 2, 8 B) a - 2, 7; b - 5, 9; c - 2, 6 C) a - 3, 10; b - 5, 9; c - 2, 8 D) a - 2, 10; b - 1, 5; c - 2, 8 16. Ichburug‘ amyobasi va foraminiferalar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. A)dengizda erkin yashaydi, ko‘p hujayrali organizm B)qisqaruvchi vakuolaga ega, embrionda maydalanish bosqichi blastulaning hosil bo‘lishi bilan tugaydi C)chuchuk suvda uchraydi, parazit organizm D)osmotik bosimni saqlovchi organoidga ega emas, geterotrof organizm 17. Xordalilar tipining evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang. 1) miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalar; 2) o‘pka devorining ko‘plab katakchalarga bo‘linganligi; 3) katta va kichik qon aylanish doiralari; 4) nerv nayi; 5) ikki kamerali yurak. A) 4, 3, 5, 1, 2 B) 4, 5, 3, 2, 1 C) 4, 3, 2, 5, 1 D) 5, 4, 2, 3, 1 18. Lolasimonlarga mansub, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang. A) greyg lolasi, chuchmoma B) mingdevona, g‘o‘za C) mosh, loviya D) bangidevona, mingdevona 19. Quyidagi qaysi organizmlarda hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bilan tutashgan bo‘ladi? A) batsidiya, pnevmokokk B) suluv ninachi, funariya C) liftok, kallima D) tuxumak, gledichiya 20. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa B)1 - o‘rgimchak; 2 - lochin; 3 - laylak; 4 - ilon C)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa;4 - los D)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa 21. Vegetetiv nerv markazlari funksiyalaridagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) simpatik; b) parasimpatik; 1) yurakning minutlik sistolik hajmini oshiradi; 2) o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi; 3) qon bosimini pasaytiradi; 4) bronxlarni toraytiradi; 5) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi; 6) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 7) bronxlarni kengaytiradi; 8) ichak peristaltikasini tezlashtiradi. A) a - 1, 2, 6; b - 3, 4, 5 B) a - 2, 4, 7; b - 5, 6, 8 C) a - 2, 7, 8; b - 1, 3, 6 D) a - 2, 5, 7; b - 4, 6, 8 22. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 108 ta jo‘ja olindi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang: a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati; b) avlodda olingan AaBb va AABb genotipli jo‘jalarning soni A)a - 8 ta gulsimon:2 ta yong‘oqsimon:2 ta no‘xatsimon; b - 60 ta B)a - 1 ta gulsimon:1 ta no‘xatsimon:7 ta yong‘oqsimon; b - 48 ta C)a - 7 ta no‘xatsimon:1 ta gulsimon:1 ta yong‘oqsimon; b - 48 ta D)a - 8 ta yong‘oqsimon:2 ta gulsimon:2 ta no‘xatsimon; b - 60 ta 23. Odam va echki gemoglobinidagi α va β zanjiri aminokislotalarida farq paydo bo‘lishi (a), kiprikli chuvalchanglarni parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (b), ikki nuqtali tugmachaqo‘ng‘iz qizg‘ish va qoramtir qanotli populatsiyalarining paydo bo‘lishi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi? A)а - konvergensiya; b - divergensiya; с - makroevolutsiya B)а - divergensiya; b - mikroevolutsiya; с - makroevolutsiya C)а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya; с - divergensiya D)а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - mikroevolutsiya 24. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang. 1) kolorado qo‘ng‘izi; 2) assidiya; 3) zog‘ora baliq; 4) alligator; 5) povituxa qurbaqasi; 6) suqsun; 7) podalariy; 8) kuropatka. A) 1, 5 B) 6, 7 C) 2, 8 D) 3, 4 25. Odam organizmi to‘qimalari va ularga xos xususiyatlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. a) muskul to‘qima; b) biriktiruvchi to‘qima; 1) fassiya pardani hosil qiladi; 2) oziq va kislorodni barcha organlarga yetkazib beradi; 3) mitozning anafaza bosqichida 92 ta xromosomaga ega; 4) tolasi miyelin parda bilan o‘ralgan; 5) duksimon bir yadroli hujayraga ega; 6) miofibrill tolalariga ega. A) a - 2, 4; b - 3, 5 B) a - 5, 6; b - 1, 2 C) a - 3, 4; b - 1, 5 D) a - 1, 3; b - 4, 6 26. Pavlov fikri bo‘yicha, qobiliyatli, zehnli, yuvosh, kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat, har bir ishni nihoyasiga yetkazib bajaradigan bolalar tipini aniqlang. A) flegmatik B) sangvinik C) xolerik D) melanxolik 27. Metamorfoz bilan rivojlanuvchi umurtqali hayvonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) povituxa qurbaqasi, okun B) qunduz, kvaksha baqasi C) qirg‘ovul, qilquyruq D) qorayaloq, ko‘l baqasi 28. Nazariy jihatdan makkajo‘xorining changdonidagi 60ta diploid to‘plamli hujayradan hosil bo‘lgan spermiylarning 30%i tuxum hujayrani urug‘lanishida ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanishda ishtirok etgan tuxum hujayralar sonini aniqlang. A) 288 B) 36 C) 144 D) 72 29. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Echki ... hayvon. A)toq tuyoqli B)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli C)oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan D)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli 30. Hayotning molekula (a) va hujayra (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) ribosoma katta va kichik bo‘lakchalardan tashkil topgan; 2) riboza i-RNK tarkibiga kiradi; 3) uglerodning davriy aylanishi; 4) gemoglobin transport funksiyasini amalga oshiradi; 5) Golji majmuasi sisternalar, vakuol va pufakchalardan iborat. A) a - 1; b - 3 B) a - 4; b – 5 C) a - 3; b - 4 D) a - 5; b – 2 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling