Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet12/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
2019 dox

12-VARIANT

1. Chumolixo‘r mansub turkum (1), olaqo‘zan mansub oila (2), opossum mansub tip (3), maral mansub sinf (4) ni aniqlang.


A)1 - hasharotxo‘rlar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - xordalilar ;
4 - sutemizuvchilar
B)1 - oz tishlilar; 2 - bo‘risimonlar; 3 – bosh skeletsizlar;
4 - sutemizuvchilar
C)1 - hasharotxo‘rlar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - xordalilar;
4 - umurtqalilar
D)1 - oz tishlilar; 2 - suvsarsimonlar; 3 - xordalilar;
4 - sutemizuvchilar

2. Xordalilar tipining evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalar;
2) o‘pka devorining ko‘plab katakchalarga bo‘linganligi;
3) katta va kichik qon aylanish doiralari; 4) nerv nayi;
5) ikki kamerali yurak.
A) 4, 5, 3, 2, 1 B) 4, 3, 5, 1, 2
C) 5, 4, 2, 3, 1 D) 4, 3, 2, 5, 1

3. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shu fragment asosida sintezlangan oqsil molekulasining molekular massasini (a) hamda peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120, i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.)


A) a - 42000; b - 350 B) a - 21000; b - 349
C) a - 42000; b - 349 D) a - 21000; b - 350

4. Tiriklikning populatsiya darajasidagi jarayonlari berilgan javobni aniqlang. 1) manjur kenja turining hosil bo‘lishi; 2) uglerodning davriy aylanishi; 3) pingvinlarning koloniya hosil qilishi; 4) kommensalizm; 5) xemosintez.


A) 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 4 D) 1, 3

5. Evolutsiya natijasida organik olamda ogohlantiruvchi rang (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 2) gornostay yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 3) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 4) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan
ko‘zga yaqqol tashlanadi; 5) dengiz otchasi balig‘i tana shakli suv o‘simliklarini eslatadi.
A) a - 2; b - 4 B) a - 5; b – 2 C) a - 4; b - 1 D) a - 5; b - 3

6. Quyidagi ta’riflarga mos keluvchi moddalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.


1) tarkibi monosaxaridlardan iborat; 2) polipeptid bog‘i orqali birikadi; 3) ayrisimon bez tomonidan ishlab chiqariladi.
A)1 - glikogen; 2 - dezoksiriboza; 3 - guanin
B)1 - kraxmal; 2 - treonin; 3 - timozin
C)1 - xitin; 2 - timin; 3 - tirozin
D)1 - selluloza; 2 - riboza; 3 - uratsil

7. Umurtqasiz hayvonlar evolutsiyasida aromorfozlarning paydo bo‘lish ketma-ketligini aniqlang.


1) germofrodit jinsiy sistemaning paydo bo‘lishi;
2) nerv hujayrasining paydo bo‘lishi;
3) yopiq qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi;
4) bir hujayralilarning paydo bo‘lishi;
5) bo‘g‘imoyoqlilar tipining dastlabki vakillarini paydo bo‘lishi.
A) 2, 5, 1, 4, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 5, 1, 2, 3, 4 D) 4, 2, 1, 3, 5

8. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang.


1) kolorado qo‘ng‘izi; 2) assidiya; 3) zog‘ora baliq;
4) alligator; 5) povituxa qurbaqasi; 6) suqsun; 7) podalariy; 8) kuropatka.
A) 3, 4 B) 6, 7 C) 2, 8 D) 1, 5

9. Geterotrof organizmlarda parazitlik qiluvchi prokariot organizmlarni ko‘rsating.


1) sil qo‘zg‘atuvchisi; 2) bo‘rtma nematoda;
3) leyshmaniya; 4) tripanosoma; 5) ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi; 6) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6

10. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. O‘simliklarning transpiratsiya jarayoni ... .


1) ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so‘rilishini kuchaytiradi; 2) qizib ketishdan saqlaydi; 3) barg og‘izchalari orqali amalga oshadi; 4) ildiz tukchalari orqali amalga oshadi; 5) elaksimon naylar orqali amalga oshiriladi; 6) kislorod sarfini talab etadi.
A) 2, 4, 6, B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 3, 5, 6

11. Ko‘krak qafasida joylashgan suyaklarni


aniqlang.
A)umurtqa va kaftusti suyaklari
B)to‘sh va ko‘krak umurtqalari
C)o‘mrov va qovurg‘alar
D)to‘sh va o‘mrov suyaklari

12. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamda kichik qon aylanish doirasi venalari...(1), katta qon aylanish doirasi arteriyalari...(2).


A)1 - yurakdan arterial qon olib ketadi;
2 - yurakka qon arterial olib keladi
B)1 - o‘pkalardan arterial qon olib ketadi;
2 - buyraklarga arterial qon olib boradi
C)1 - yurakdan venoz qon olib ketadi;
2 - yurakka arterial qon olib keladi
D)1 - o‘pkalarga venoz qon olib keladi;
2 - yurakdan arterial qon olib ketadi

13. Otasi gemofiliya bilan kasal, onasining avlodlarida esa gemofiliya uchramagan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli anafaza bosqichida H (I), h (II) allellari sonini aniqlang.


A) I-0; II-1 B) I-2; II-0 C) I-0; II-2 D) I-1; II-2

14. Lolasimonlarga mansub, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang.


A) mosh, loviya B) mingdevona, g‘o‘za
C) greyg lolasi, chuchmoma D) bangidevona, mingdevona

15. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida 7 molekula glukoza to‘liq parchalanishi natijasida ... .


A)8960 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planishi glikoliz jarayonida kuzatiladi; tayyorgarlik bosqichida ajralgan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
B)glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiyadan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi
C)aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; glikoliz bosqichida ajralgan energiyaning 40%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
D)10640 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planadi; glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiya miqdoridan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi

16. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Echki ... hayvon.


A)kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqli
B)toq tuyoqli
C)kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli
D)oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan

17. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali qora rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A) I-0; II-2 B) I-4; II-4 C) I-2; II-2 D) I-2; II-0

18. Xrokokk uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.


1) mitoxondriyada ATF sintezlanadi; 2) irsiy axborot sitoplazmada joylashgan; 3) yuksak o‘simlik; 4) prokariot organizm; 5) endoplazmatik to‘rga ega; 6) mezosomada
organik modda to‘playdi.
A) 5, 6 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 4

19. Tirik organizmlarning suv tanqisligida suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishlarini aniqlang.


1) yomg‘ir chuvalchangi tana massasining
ancha qismini yo‘qotsa ham suv mavjudligida
uni tez tiklashi; 2) hasharotlarda nafas teshiklarining klapanlar bilan yopilishi; 3) yozgi qurg‘oqchilikda shuvoq barglarining to‘kilishi;
4) suv ko‘p yo‘qotganda lishayniklarning hayot faoliyatini saqlab qolishi.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4

20. Vegetetiv nerv markazlari funksiyalaridagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


a) simpatik; b) parasimpatik;
1) yurakning minutlik sistolik hajmini oshiradi;
2) o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi;
3) qonbosimini pasaytiradi; 4) bronxlarni toraytiradi;
5) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi;
6) siydik qopi muskullarini qisqartiradi;
7) bronxlarni kengaytiradi; 8) ichak peristaltikasini tezlashtiradi.
A) a - 1, 2, 6; b - 3, 4, 5 B) a - 2, 4, 7; b - 5, 6, 8
C) a - 2, 7, 8; b - 1, 3, 6 D) a - 2, 5, 7; b - 4, 6, 8

21. RNK molekulasi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri


berilgan javobni aniqlang.
A)bir polinukleotid tarkibida 4 xil azot asosi, monosaxarid va fosfat kislota qoldig‘i mavjud
B)ikkita zanjirdan iborat bo‘lib, lizosomada sintezlanadi
C)i-RNK transkripsiyalanganda DNK molekulasidagi timin dezoksiribonukleotidlar ro‘parasida uratsil ribonukleotidi sintezlanadi
D)i-RNK, t-RNK, r-RNK turlari mavjud bo‘lib,
faqat i-RNK oqsil sintezida qatnashadi

22. Nafas olishi jabra orqali amalga oshadigan umurtqalilar kenja tipiga mansub organizmlar berilgan javobni aniqlang.


A) beluga, bakra B) apollon, sariq chayon
C) baqachanoq, midiya D) poliksina, sariq falanga

23. Kelib chiqish markazi Janubi-G‘arbiy Osiyo hisoblangan o‘simliklar haqida ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) bug‘doy; 2) sabzi; 3) karam; 4) beda; 5) arpa; 6) suli
A)2 - to‘pguli murakkab boshoq; 5 – hayotiy shakli o‘t
B)1 - ildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘indisidan tashkil topgan; 2 - to‘pguli murakkab soyabon; 6 - to‘pguli murakkab shingil
C)3 - gulkosachabargi to‘rtta; 4 - gullari qiyshiq
D)1 - bir uyli; 4 - gulkosachabargi ikki qavatli; 6 - gullari qiyshiq

24. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los
B)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa
C)1 - o‘rgimchak; 2 - lochin; 3 - laylak; 4 - ilon
D)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - tulki; 4 - baqa

25. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi donining burishgan va poyasining kalta bo‘lishini ta’minlovchi genlar . . . .


A)noallel genlar deyiladi
B)allel genlar deyiladi
C)biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi
D)modifikator genlar deyiladi

26. Harakatlantiruvchi (а), stabillashtiruvchi (b), dizruptiv (c) tanlanish turlariga mos misollarni aniqlang.


1) gingko bilobaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolganligi; 2) shamol ko‘p esadigan orollarda qanotsiz hasharotlarning paydo bo‘lishi; 3) yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar o‘zgarishidan dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqishi;
4) latimeriyaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolishi; 5) bir populatsiya doirasida politipik formalarning hosil bo‘lishi
A) а - 3; b - 4; c - 5 B) а - 4; b - 2; c - 3
C) а - 5; b - 3; c – 4 D) а - 4; b - 3; c - 5

27. Quyida berilganlardan faqat madaniy tok uchun xos (a), faqat Turkiston ismalog‘i uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang.


1) magnoliyasimon; 2) guli oddiy gulqo‘rg‘onli;
3) mevasi rezavor; 4) mevasi yong‘oqcha;
5) gullari ikki jinsli; 6) ikki yillik begona o‘t;
7) barglari yonbargchali.
A) a - 2, 4; b - 1; c - 6 B) a - 2; b - 1; c – 2
C) a - 3, 7; b - 2; c – 1 D) a - 1, 4; b - 6; c - 3, 6

28. Quyidagi qaysi organizmlarda hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bilan tutashgan bo‘ladi?


A) suluv ninachi, funariya B) liftok, kallima
C) tuxumak, gledichiya D) batsidiya, pnevmokokk

29. Abiotik omil ta’sirini aniqlang.


A)tuvaloqni hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanishi
B)sabzavot va poliz ekinlariga shiralarni katta ziyon keltirishi
C)yovvoyi arining kungaboqar o‘simligini changlatishi
D)sovuqda daraxt barglarining to‘kilishi

30. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa, yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil


bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 108ta jo‘ja olindi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati;
b) avlodda olingan aaBB genotipli jo‘jalarning soni
A)a - 7ta no‘xatsimon:1ta gulsimon:1ta yong‘oqsimon;
b - 36 ta
B)a - 8ta gulsimon:2ta yong‘oqsimon:2ta
no‘xatsimon; b - 24 ta
C)a - 1ta gulsimon:1ta no‘xatsimon:7ta
yong‘oqsimon; b - 12 ta
D)a - 8ta yong‘oqsimon:2ta gulsimon:2ta
no‘xatsimon; b - 12 ta



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling