Biologiya 2019 dtm


Download 1.58 Mb.
bet16/28
Sana23.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1387195
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
2019 dox

16-VARIANT

1. Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.


a) parmeliya; b) batsidiya.
A)a - prokariot organizm; b – bargsimon lishaynik
B)a - bargsimon lishaynik; b – eukariot organizm
C)a - eukariot organizm; b - parazit prokariot
D)a - avtotrof organizm; b - prokariot organizm

2. Sog‘lom odamning yelka suyagi haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.


1) murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi;
2) suyakka aylanish davri 15-16 yoshgacha davom etadi;
3) murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi;
4) ustki pardasi epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan;
5) uzun naysimon suyak.
A) 3, 4 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 2

3. Qoziq tishlari bo‘lmaydigan hayvonlarni aniqlang.


A) latcha, nutriya B) bo‘rsiq, yaguar
C) bo‘rsiq, ondatra D) tyin, sichqon

4. Postembrional rivojlanishi metamorfoz yo‘li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang.


1) belyanka; 2) chuchuk suv gidrasi; 3) bukri baliq;
4) sariq suvarak; 5) yomg‘ir chuvalchangi; 6) sariq chayon; 7) assidiya; 8) butli o‘rgimchak.
A) 1, 4 B) 3, 7 C) 2, 6 D) 5, 8

5. Nodirning chap qo‘li venasidan yuborilgan dorining buyraklargacha bosib o‘tgan yo‘lini aniqlang.


1) chap bo‘lmacha; 2) o‘pka arteriyasi; 3) o‘ng bo‘lmacha; 4) yuqorigi kovak vena; 5) chap qorincha; 6) o‘ng qorincha; 7) o‘pka venasi; 8) katta qon aylanish doirasining arteriya qon tomirlari; 9) pastki kovak vena.
A) 4, 3, 6, 7, 2, 5, 1, 8 B) 4, 3, 6, 2, 7, 1, 5, 8
C) 9, 3, 6, 7, 2, 1, 5, 8 D) 9, 1, 6, 7, 2, 3, 5, 8

6. Quyidagi olimlarning biologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.a) Koen − ilk bor genlarni klonlashtirgan;


b) M.S.Navashin − madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini aniqlagan;
c) J.Uotson − eritrotsitlardagi rezus omilni aniqlagan;
d) R.Virxov − hujayrasiz hayot yo‘qligini aniqlagan.
A) a, d B) a, c C) b, c D) a, b

7. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang.


A)tufelka xivchinlilar sinfi vakili hisoblanadi
B)leyshmaniya xivchinlilar sinfi vakili bo‘lib,erkin yashaydi
C)nozema − geterotrof organizm
D)aktiniya − ayrim jinsli organizm

8. 1) Aabb, 2) AAbb genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)1-xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi, sariq doni; 2-xoldor to‘ti patining yashil rangi
B)1-xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi, burishgan doni;
2-xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
C)1-xushbo‘y no‘xatning silliq doni, kalta poyasi; 2-xo‘roz tojining gulsimon shakli
D)1-xoldor to‘ti patining yashil rangi; 2-xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli

9. Bir turkumga mansub baliqlar keltirilgan javobni aniqlang.


A) bukri baliq, xumbosh baliq B) sterlyad, beluga
C) keta baliq, qora baliq D) bakra, mo‘ylov baliq

10. Buyrakda kechadigan jarayonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)kapsulada reabsorbsiya sodir bo‘ladi va ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi
B)kalavasimon kanalchalarda filtratsiya sodir bo‘ladi va birlamchi siydik hosil bo‘ladi
C)kalavasimon kanalchalarda reabsorbsiya sodir bo‘ladi va suyuqlikning ko‘p qismi vena tomirlariga o‘tadi
D)kapsulada ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi va suyuqlik kapillarlardan o‘tadi

11. Mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarni aniqlang.


1) olabo‘taning vegetativ hujayrasi;
2) qorayaloqning tuxum hujayrasi; 3) jigar qurtining tuxum hujayrasi; 4) bo‘tako‘zning tuxum hujayrasi;
5) tuxumakning generativ hujayrasi; 6) gazandaning tuxum hujayrasi; 7) tridaknaning spermatozoidi.
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 3, 6, 7 D) 4, 5, 6

12. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil


bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. Ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 180 ta jo‘ja olindi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang: a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik
guruhlari nisbati;
b) avlodda olingan aabb genotipli jo‘jalarning soni
A)a - 3ta no‘xatsimon; 3ta gulsimon, 9ta
yong‘oqsimon; b - 72 ta
B)a - 2ta gulsimon; 5ta yong‘oqsimon, 1ta
oddiy, 3 no‘xatsimon; b - 80ta
C)a - 3ta no‘xatsimon, 5ta yong‘oqsimon, 1ta
oddiy tojli; b - 20ta
D)a - 3ta gulsimon; 2ta no‘xatsimion, 5ta
yong‘oqsimon; b - 60ta

13.


Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang.
A)1 - qalqoncha, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha
B)1 - oddiy boshoq, 2 - kuchala, 3 - so‘ta
C)1 - kuchala, 2 - murakkab shingil, 3 - savatcha
D)1 - oddiy boshoq, 2 - oddiy shingil, 3 - so‘ta

14. To‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang.


a) Hindomalay biogeografik viloyatida tupay
uchraydi; b) Habashiston biogeografik viloyatida opossum uchraydi; c) Neotropik biogeografik viloyatida yovvoyi gajak dumli ayiq uchraydi; d) Avstraliya biogeografik
viloyatida vixuxol uchraydi. (Tabiiy holda
tarqalgan.)
A) c, d B) a, c C) b, d D) a, b

15. Quyidagilardan urg‘ochisi geterogametali organizmlarni ular mansub turkumlar bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni belgilang.


1) boyo‘g‘li; 2) drozofila pashshasi;
3) podalariy; 4) kaltakesak; 5) maxaon; 6) orangutan;
7) ondatra;
a) tangachaqanotlilar; b) yirtqish qushlar; c) tangachalilar; d) ikkiqanotlilar; e) primatlar; f) kemiruvchilar
A) 7-a; 5-d; 6-c B) 1-b; 2-f; 6-e
C) 1-b; 3-a; 4-c D) 3-a; 4-c; 5-a

16. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishining anafaza bosqichida mutatsiya tufayli ikkinchi va oltinchi xromosomalarning


mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang.
A) 16 yoki 20 B) 22 yoki 14
C) 10 yoki 8 D) 11 yoki 7

17. Rasmda ifodalangan tuzilmaning nomini va 1, 2 raqamlari bilan berilgan qismlarini aniqlang.





A)xemotrof organizm; yoqacha, g‘ilof
B)virus; boshcha, yoqacha
C)ichak tayoqchasi bakteriyasi; boshcha, yoqacha
D)sil kasalligi qo‘zg‘atuvchi; yoqacha, dum qismidagi iplar

18. Chin meva hosil qiladigan o‘simliklarni aniqlang.


A) o‘rik, olma B) gilos, behi
C) shaftoli, o‘rik D) shaftoli, nok

19. Genetik injeneriya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.


1) plazmid − transpozaza fermenti kabi monomeri aminokislotadan tashkil topgan ferment;
2) transpozon − zaharli toksin parchalovchi ferment;
3) EcoRI – DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktaza;
4) restriktazalar − ferment sintez qiluvchi gen saqlovchi tuzilma;5) ligaza − DNK bo‘laklarini bir-biriga
uchma-uch biriktiruvchi enzim
A) 1, 2 B) 3, 5 C) 1, 4 D) 2, 5

20. Biotik omil ta’sirini aniqlang.


A)sovuqdan keyin daraxt barglarining to‘kilishi
B)nok daraxti poyasini uchini chilpish natijasida mo‘l hosilga erishish
C)gekkonning hasharotlar bilan oziqlanishi
D)hovuzda ahamyatli baliq turlarini ko‘paytirish

21. Olaqo‘zan (a), leyshmaniya (b), gekkon (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


A)a - geterotrof organizm; b – eukariot
organizm; c - xemotrof organizm
B)a - yirtqich organizm; b - parazit organizm;
c - konsument
C)a - geterotrof organizm; b - xemotrof
organizm; c - yirtqich organizm
D)a - avtotrof organizm; b - geterotrof
organizm; c - konsument

22. Proterozoy → paleozoy → mezozoy eralari


ketma-ketligida yuz bergan aromorfozlar to‘g‘ri
berilgan javobni aniqlang.
A)ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi, suyakli baliqlar sinfining kelib chiqishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi
B)halqali chuvalchanglar tip vakillarining paydo bo‘lishi, dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → zamburug‘larning paydo bo‘lishi → yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi
C)yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklarning paydo bo‘lishi
D)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik o‘simliklarining paydo bo‘lishi → dastlabki
bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi

23. Nazariy jihatdan o‘simliklardagi energetik almashinuvda 7 molekula glukoza to‘liq va to‘liqsiz parchalanganda 122 molekula ATF hosil bo‘ldi. To‘liqsiz parchalangan glukozani xloroplastda sintezlash uchun necha molekula ATF kerak bo‘ladi?


A) 126 B) 90 C) 54 D) 72

24. Faqat RNK tutuvchi virus tarkibida uchraydigan komponentlarni aniqlang.


A)guanin, ribosoma B)adenin, timin
C)aminokislota, riboza
D)fosfat kislota qoldig‘i, dezoksiriboza

25. 1) sekvoyadendron; 2) pixta; 3) zuhrasoch;


4) qirqbo‘g‘im; 5) zarang; 6) donasho‘r; 7) saur;
8) marmarak; 9) funariya o‘simliklarining gametalari hosil bo‘ladigan tuzilmalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) ◦✒ gametalar anteridiyda yetiladi; b) ◦+ gametalar arxegoniyda yetiladi; c) ◦+ gametalar murtak xaltada yetiladi; d) ◦✒ gametalar chang donasida yetiladi.
A)1, 7 - b, d; 5, 8 - c, d; 2, 9 - a, b
B)3, 9 - a, b; 1, 6 - c, d; 2, 3 - b, d
C)1, 5 - c, d; 2, 7 - b, d; 4, 9 - a, b
D)1, 2 - b, d; 3, 4 - a, b; 5, 8 - c, d

26. DNK fragmentining bir zanjiri 1050ta nukleotidlardan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10%ni tashkil etadi. DNK qo‘sh zanjiridagi jami vodorod


bog‘lar sonini (a) va undan sintezlangan oqsilning molekular massasini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120 ga teng,
i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.)
A) a - 2940; b - 31500 B) a - 1680; b - 63000
C) a - 1680; b – 126000 D) a - 2940; b - 42000

27. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang.



A)1 - sariq chayon; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - ayiq
B)1 - qoraqurt; 2 - chigirtka; 3 - zubr; 4 - baqa
C)1 - o‘simlik; 2 - chigirtka; 3 - tuvaloq; 4 - arslon
D)1 - kolorado qo‘ng‘izi; 2 - chigirtka; 3 - jirafa; 4 - los

28. Dengiz mushugining yuragiga ...(I) keladi, maralning yuragidan ...(II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang.


1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon;
3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon;
4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon;
5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon;
6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon;
8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon.
A) I - 4, 6; II - 2, 7 B) I - 1, 5; II - 4, 7
C) I - 1, 3; II - 4, 7 D) I - 2, 5; II - 3, 8

29. Quyida berilgan umurtqasiz organizmlarning qaysi turkumga mansubligini aniqlang.


a) bo‘ka; b) zorka; c) sariq falanga; d) norka; e) yaydoqchi.
A)a, e - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar;
c - o‘rgimchaksimonlar
B)a - ikki qanotlilar; b - hasharotlar;
c - falangalar; e - termitlar
C)a - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar;
c - falangalar; d - yirtqichlar
D)a - ikki qanotlilar; b - tangachaqanotlilar;
c - falangalar; e - pardaqanotlilar

30. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Zaharli gelekonius kapalagi ... .


1) tanasining rangi bilan oynasimon kapalakka taqlid qiladi; 2) "xonqizi" qo‘ng‘izi bilan bir sinfga mansub;
3) ayirish sistemasining bir uchi berk, ikkinchi uchi ichak bo‘shlig‘iga ochiladi; 4) qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi; 5) qurtining ko‘krak bo‘limida 5 juft soxta oyoqlar bo‘ladi; 6) tanasi yorqin
"ogohlantiruvchi rang"ga ega.
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 6 C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling