Biologiya 6-sinf 1-12-mavzular Botanika bo’limlarini ularning vazifalari bilan moslang
Download 20.23 Kb.
|
Ergashev Jonibek biologiya-6 ,1-12
Biologiya 6-sinf 1-12-mavzular 1. Botanika bo’limlarini ularning vazifalari bilan moslang. 1) O’simliklar fiziologiyasi, 2) O’simliklar morfologiyasi, 3) O’simliklar embriologiyasi, 4) O’simliklar ekologiyasi, 5) O’simliklar sistematikasi, 6)Paleobotanika, a)barglarda tukchaning bo’lishi, b)makkajo’xori, sholi, lolaning bir sinfga kirishi, c)toshga aylangan o’simliklarning urug’larini, d) hujayrada asosiy tirik qism plastidalar ekanligi, e)chang donachasining tuzilishi, f) barglarning suv bug’latishi, g) tuproq muhitining o’simlikga ta’siri. A)1-f, 2-a, 3-c,e, 4-g, 5-b, 6-c B) 1-f,d, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b, 6-c C) 1-f, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b, 6-c D)1-f, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b, 6-d 2.To’g’ri fikrni toping. A) hujayra tushunchasi birinchi bo’lib 1683-yilda N.Gryu ,,O’simliklar anatomyasi” nomli kitobida fanga kiritgan. B)”Kitob as-Saydana fit-tibb” nomli asarida dorivor o’simliklarni ta’riflab ularning shifobaxsh xususiyatini ko’rsatib o’tkan Abu Ali ibn Sino. C)’’Kitob al-Qonun fit-tibb” nomli asarida dorivor o’simliklarni tariflab ularning ularning shifobaxsh xususiyatlari korsatib o'tgan Abu Rayxon Beruniy. D) o’simliklarni qishloq xo’jaligi , tibbiyotdagi amaliy ahamiyati va o’simliklar dunyosi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib bir tizimga keltirgan Teofrast 3. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi? A) barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun B) suvda o’sganligi uchun C) suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun D) hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun 4. To'qima deb nimaga aytiladi. A) tuzilishi bir-biridan farq qilgan, lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi B) tuzilishi bir-biridan farq qilgan, turli xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi C) tuzilishi o'xshash bo'lgan, lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi D) tuzilishi o'xshash bo'lgan, lekin har xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi 5. Makkajo’xorining 3mm2 o’sish qismida nechta ildiz tukchasi bor? A)700 B)2100 C)210 D)0 6. Ildizni qoplovchi hujayralaridan nima hosil bo’ladi? A) yosh ildiz B) ildiz tukchalari C) ildiz qinchasi D) po’st hujayralari 7. Ildizning markaziy slindr qismiga nimalar kiradi? A) ildiz qinchasi B) ksilema , floema C) yog’ochlik, ksilema D) o’zak 8. Qaysi organizmlarda plastidalar bo’lmaydi. A) bakteriya, zamburug’ B) hayvon, bakteriya , yo’sin C) ko’k-yashil suvo’t D) A va C javob to’g’ri 9. Qo’shimcha ildiz hosil qiladigan o’simliklarni aniqlang. A) makkajo’xori, oqjo’xori, begoniya, qulupnay B) begoniya, makkajo’xori, g’ozpanja, bug’doy, sholg’om C) arpa, lola, chuchmoma, yalpiz, terak D) begoniya, zig’ir, mosh, loviya , sigirquyruq 10. . Asosiy to’qima hujayralari qaysi to’qimalar orasida joylashgan ? A) Qoplovchi , mexanik , ajratuvchi B)o’tkazuvchi , qoplovchi , mexanik C)hosil qiluvchi , qoplovchi , mexanik D) o’tkazuvchi , hosil qiluvchi , qoplovchi to’qima 11. Sklerenxima turlarni juftlab ko’rsating? a-uzun ingichka b- yumaloq 1-lup tolalari 2-yog’ochlik tolalari 3-sklereid A)a-1 b-2,3 B)a- 1.2 b-3 C)a-1.3 b-2 D)a-1 b-2 12. Floema qavatida nimalar joylashgan ? 1. o’tkazuvchi naylar 2. Yo’ldosh hujayralar 3. Lub tolalari 4. Yog’ochlik parenximasi 5. Yog’ochlik tolalari 6. elaksimon naylar 7. Xloroplastlar borligi 8. Lovyasimon hujayralarning borligi 9. Tukchalar 10. Og’izchalar 11. Lub parenximasi A)1.2.5 B)3.2.6.11 C)9, 10.11 D)2.5.7 13. Eng uzun poyali o’simlik qaysi? A) sekvoyadendron B) rotang C) evkalipt D) ajdar daraxti 14. Temirtikan o’simligi haqida tog’ri ma’lumotni toping? A) poyasi o’rmalab o’suvchi B) poyasi yoyilib o’suvchi C) qo’shimcha ildiz hosil qiladi D) poyasi shoxlanmaydi 15. Ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan yosh hujayralar qaysi oziq moddaning hisobiga o'sishda davom etadi? A) o'zidagi oziq modda B) ona hujayrada zaxiralangan oziq modda C) yondosh hujayralardagi oziq modda D) hujayralararo modda hisobiga Download 20.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling