Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs 304-guruh talabasi xoshimova dilnavozxonning


Yosh sinflarda biologiya fanini mustaqil ishlash topshiriqlari


Download 0.67 Mb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1446389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DILNAVOZ OPA

Yosh sinflarda biologiya fanini mustaqil ishlash topshiriqlari
Har bir o'quvchining ta'lim - tarbiya jarayonidagi faoliyati o'ziga xos bo'lib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko'rish albatta noo'rin. O'quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O'quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o'qituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo'llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o'rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o'rgatishni o'z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida uyg'un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o'quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.
Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo'lishi kerak? Avvalo, ish turlari o'qituvchi tomonidan puxta o'ylangan, ta'lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo'lishi kerak. Bunda har bir o'quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. O'quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to'la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo'l qo'yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e'tibor beriladi. O'quvchilarning topshiriqlarni tez, to'g'ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib tayanch so'zlar tavsiya etish foydalidir. O'quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo'lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so'z boyligi yetarli emas. Ma'lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasigatasir ko'rsatadi. Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rinni egallaydi. U o'zining qator asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g'oya ekanligini o'rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog'liqdir, shunga ko'ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
Alisher Navoiy o'zining "Olim bo'lish oson, Odam bo'lish qiyin", degan hikmatida ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug'laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo'lishi bola tarbiyasida muhim rol o'ynashini ko'rsatib o'tadi. Masalan,uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: "Yaxshi xotin, deydi Navoiy -oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. G'husnli bo'lsa - ko'ngil ozig'i, xushmuomala bo'lsa jon ozig'idir. Oqila bo'lsa, ro'zg'orda tartib intizom bo'ladi ... U beandisha, shallaqi bo'lsa, ko'ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo'lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo'r bo'lsa, uy obodligi yo'qoladi, aqlsiz bo'lsa, oila rasvo bo'ladi" Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o'zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta'siri va uning buzulishiga sabab bo'luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko'rsatib beradi. Bolada paydo bo'ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi. Alisher
Navoiy ta'kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar "... uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmaing qancha ortiq bo'lsa ham, kam deb bil."Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi" degan gaplarni ham aytib o'tganlar. Alisher Navoiyning ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g'oyalari bosh o'rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o'z asarlarida har bir so'zdan unumli va o'rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo'ladi. Ulug' shoir o'zining ta'lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo'shdi, umuminsoniy fazilatlar to'g'risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o'qituvchi- pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta'lim-tarbiyasining yanada samarali bo'lishi uchun o'z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o'stirishi, o'quvchilar bilan bo'ladigan munosabatlarni puxta o'ylab, ularning ko'ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida belgilanishicha -"Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetkunlaricha boqish va tarbiyalashga majburdirlar". Ushbu qoidaga muvofiq ota-onalarning o'z farzandlari oldidagi majburiyatlari huquqiy kafolatlangan va farzandini voyaga yetkazish, tarbiyalash otaonaning burchi ekanligi uqtirilgan. Farzand dunyoga kelganidan so'ng, uni voyaga yetkazish, moddiy taminlash, o'qitish tarbiya berish ota-ona zimmasidagi yuksak masulyatdir. Ana shunday masulyatli ishlarga befarqlik, bepisandlik bilan munosabatda bo'lish kechirib bo'lmaydigan hollarga olib kelishi hammaga ayon.
Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilikhamkorligi xozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir . Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bolalar o'qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o'rganib qolmasliklari uchun ko'proq ularning o'zlarini mustaqil fikrlashga da'vat etish lozim.
O'quvchilar e'tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo'ldi? Seningcha qanday bo'lishi kerak edi? Kabi savollar berib, uning fikrini ma'qullab, yana o'ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag'batlantiruvchi so'zlarni ishlatish foydalidir. O'quvchilarni mustaqil faoliyatga o'rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
- beriladigan har bir topshiriq o'quvchilarning imkoniyatlariga mos bo'lsin va qiziqish uyg'ota olsin;
- ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo'naltirilsin, o'quvchiga tushunarli bo'lsin;
- ishni bajarishda bolalarda o'ziga ishonch hissi uyg'onsin, ishga kirishishda ular o'zlarida dadillik sezsin;
- mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o'quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchiga e'tibor berish kerak.
- topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;
- topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma'lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo'sh o'zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko'niktirish lozim;
- ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo'lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo'lmasligi) kerak;
- topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
- darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me'yorlash kerak.
Bolalar darsdan keyin (og'ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko'proq ochiq havoda bo'lib, harakatli o'yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o'tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo'lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim.
- Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan'anaviy usullardan keng qo'llash;
- Ko'rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish;
- O'quvchilarga do'stona munosabatda bo'lish;
- O'qish sifati va samaradorligiga e'tibor berish;
- O'quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan foydalanish;
- Nutq o'stirishga alohida e'tibor qaratish;
- Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish;
- Lug'at ustuda ishlashga o'rgatish;
- Xalq og'zaki ijodidan foydalanish;
- "She'riyat gulshani", "Ifodali o'qish" kabi to'garaklar tashkil etish;
- Bo'sh vaqtlarda ulgurmovchi o'quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish;
- Fanlar a'robogjiqlikka ahamiyat berish. O'quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o'zlashtirgan o'quvchiga alohida e'tibor qaratish lozim. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni o'qishning bir necha turlari yani, ongli, tez, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatib boriladi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling