Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs 304-guruh talabasi xoshimova dilnavozxonning


Download 0.67 Mb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1446389
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DILNAVOZ OPA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


TABIIY FANLAR FAKULTETI


BIOLOGIYA KAFEDRASI
5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs
304-guruh talabasi
XOSHIMOVA DILNAVOZXONNING
BIOLOGIYA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASH”
Fanidan


«BIOLOGIK TA’LIMDA O’QUVCHILARNI DARSLIK VA QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR USTIDA MUSTAQIL ISHLASHGA OID TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH »
Mavzusida tayyorlagan


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: O.Turdiyeva
Qo’qon – 2023

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………3
I BOB . DARSLIK VA QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR FOYDALANIB TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH
1.1Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish ………………………………………………..………………………………5
1.2 Biologiya darslarida qo’shimcha adabiyotlarda AKT dasturining o’rni………………………………………………………………………….16
II BOB . BIOLOGIK TA’LIMDA MUSTAQIL ISHLASHGA OID TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH
2.1 Yosh sinflarda biologiya fanini mustaqil ishlash topshiriqlari ………………………………………………………………………………..19
2.2 Mustaqil topshiriqlar orqali o’quvchilarni ijodiy fikrlash salohiyatini oshirish…………………………………………………………………..……24……
XULOSA……………………………………………………………………..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………………………33
ILOVALAR…………………………………………………..………………37
KIRISH
Kurs ishi maqsadi: Bugunga kelib, axborot kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallagan o'quvchi bilimni nafaqat sinfxonada o'qituvchidan, balki istalgan joyda, internetdagi boshqa bilim manbalardan ham olish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Shu bilan birga, hozirda qo'llanilayotgan ta'limning pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalari o'qituvchining ta'lim jarayonidagi rolini o'zgartirmoqda. O'qituvchining roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo'naltiruvchi va bu jarayonni boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Kurs ishi vazifasi: O'quvchilarning fikrlash darajasini faol rivojlantirish, tabiiy tsikl mavzulariga qiziqish uyg'otish va o'quvchilarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishga men dars uslublariga eng yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish orqali erishaman. Hatto Ushinskiy: "Bilimlar to'planmasdan rivojlanish - bu sovun pufagi", degan. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga ko'maklashish uchun darsni o'qitishning shakllari va usullarini o'zgartirish, ularni diversifikatsiya qilish va o'quvchini o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish zarur. O'qituvchi va talabaning darsdagi birgalikdagi ishi bu darsni interaktiv qiladi. Shunday qilib,ta'limning yangi, nostandart (interaktiv) shakllari, o'quvchilarga shaxsiy yondashuv-ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal qilishga, o'quvchilarning kognitiv faolligini oshirishga va har bir o'quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim faoliyatini takomillashtirish usullari.
Mavzuni dolzarbligi: Ijodiy fikrlash - insonning o'z oldida turgan muammoni aniq maqsad va vazifalarni belgilagan holda o'z bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o'z intellektual imkoniyati darajasida turli yo'l, usul, vositalar yordamida, ijodiy ravishda hal qilishdan iborat bo'lgan aqliy faoliyatidir. Ushbu faoliyatning aynan boshlang'ich sinflardan boshlab o'quvchilarda shakllantirish ularda kelajakdagi ta'lim olish va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Kurs ishi predmeti: Elektron darslikdan foydalanish affzalliklari. Elektron darslik o'zlashtirish imkoniyatini kengaytiradi. O'qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o'quvchiga rejalashtirilgan o'quv materiallarini yetkazib berish va uni o'zlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Ta'lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog'liq.
Kurs ishi obyekti: Biologiyadan yaratilgan elektron darslik mazmuni o'quv materiallar matni, multimediali qo'llanmalar, ovozli video animatsiya va qisman matn shaklida ifodalanadi. Videofilm biologiya o'quv kursining biror bo'limi yoki mavzusini televizor orqali ko'rsatishga moslashtirilgan videosiyomka asosida yaratilgan metodik vosita hisoblanadi. Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanilganda quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:
-har bir mavzu yakunida savollar ro'yxati mavjud;
-foydalanish sodda va oson;
-darslik dasturining muloqotli shaklda tuzilganligi;
- video va audio ma'lumotlar bilan boyitilganligi; -matn qismi avtomatik harakat qilib yaratilganligi; -o'quvchilar bilimini nazorat qilish bo'limi mavjudligi;
- elektron darslikdan foydalanish qoidalari ham yoritilganligi.

1.1 Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish


Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish animatsiyalar vositasida ishlash barobarida, mazkur dasturlar o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni ham o'zida mujassamlashtiradi, ya'ni o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilim olishga yo'naltiradi;
Ko'rgazmalilik: boshqa o'qitish vositalaridan farq qilib, axborot texnologiyalari mahsullari bo'lgan animasiyalar biologik jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlaydi, shu sababli, o'qitish jarayonida uning o'rni beqiyos;
Nazorat:biologiya ta'limining barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari darslarda, shuningdek, darsning barcha bosqichlarida o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, nazoratning haqqoniyligi, muntazamliligi, keng qamrovliligi, takrorlanuvchanligini amalga oshiradi;
Rivojlantiruvchi:o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish dasturlaridagi o'quv topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko'ra: reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy xarakterda bo'lishi o'quvchilarning topshiriqlarni bilimi, ehtiyoji va qiziqishiga mos holda keyingi bosqich topshiriqlarini bajarishga bo'lgan intilishini orttiradi, fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishiga zamin yaratib, shaxs sifatida rivojlanish imkoniyatini vujudga keltiradi;
Tarbiyaviy:o'quvchilarning axborot dasturlari bilan ishlashi natijasida o'quv va aqliy mehnat ko'nikmalari rivojlantiriladi;
Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish:tabiat va undagi ob'ektlarni o'rganish ikkita olam (makro va mikroolam)ga ajratilib, biologiya fani o'zining mazmuniga ko'ra, aksar hollarda mikroolam: hujayrada boradigan jarayonlar, masalan, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen muhandisligiga doir o'quv materiallarini animasiyalar orqali o'rgatib, o'quvchilarning abstrakt tafakkuri va ilmiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Biologiya fanini o'qitishda axborot texnologiyalarining yuqorida qayd etilgan vazifalarini e'tiborga olgan holda, ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo'llarini belgilash va amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifa sanaladi. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarning oldidagi muhim vazifalardan biri o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish asnosida ularning barkamolligini ta'minlash sanaladi.
Ushbu muammolarni hal etishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko'rgazmali, interfaol bo'lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o'quvchining o'z tempi bo'yicha bilim olish, o'qituvchida esa, o'quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda o'qitishda natijalarini nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo'llanilishi o'quvchilarning hujayra, to'qima, kimyoviy elementlar, atom, molekulaning tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi kabi jarayonlar haqida tasavvur qilishlari, abstraksiyalash va xotirada saqlash imkonini kengaytiradi;o'quvchilarning motivlari va o'zlashtirish darajasi e'tiborga olingan holda zarur hollarda takroran o'rganish va o'quvchilarning bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish imkonini beradi; biologik jarayonlarni animasiyalar tarzida virtuallashtirish o'quvchilarning ko'rgazmali-obrazli fikr yuritish va o'quv materialini to'liq o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi; biologiya darsida animasiyalardan foydalanish darsning barcha bosqichlarida o'quvchilarning bilish-faoliyatini faollashtirishga olib keladi. Biologiya fanini o'qitishda quyidagilardan foydalanish mumkin: har bir mavzu mazmuniga asosan ko'rgazmalilikni amalga oshirish, ya'ni multimediali taqdimot materiallari; biologik jarayonlarning animasiyasi; virtual laboratoriya va amaliy ishlar; ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya; biologik jarayonlarning modellashtirilgan dasturlari; biologik jarayonlarning ta'limiy dasturlari; o'quvchilarning mavzular bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun nazorat dasturlari; o'quvchilarning mustaqil ta'limi va ishi uchun o'quv-axborot saytlari; didaktik o'yinga asoslangan animasiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha bo'lgan ijodiy topshiriqlar dasturi; XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. "Elektron" hukumat, "elektron" uy, "elektron" tijorat, "elektron" ta'lim kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo'lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot manbai sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo'ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlashni talab qiladi. Bunday "aqlli", inson bilan muloqot qiluvchi va o'rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o'ta dolzarb va mashaqqatli ish bo'lib, uni yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu yo'nalishda qo'yilgan salmoqli qadamlardan biri ta'lim sohasida dunyo bo'yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin.
Smart education (aqlli ta'lim) ochiq axborot resurslari yordamida interfaol virtual muhitda amalga oshiriladigan moslashuvchan va induviduallashtirilgan yangi global ta'lim texnologiyasidir. Uning eng asosiy xususiyati uning butun dunyo miqyosida amalga oshirilishi va hammaga birdek axborot olish va keng ta'lim olish imkoniyatlarining yaratilishidir. Smart education ta'lim muhiti, o'z navbatida, uning qatnashchilaridan butun ta'lim jarayonini, foydalanilayotgan metod va texnologiyalarni yangilash va bir tizimga keltirishni taqozo etadi.
Xuddi shu maqsadda yevropa Ittifoqi davlatlari o'z ta'lim tizimlarini bir xil standartga keltirish yo'lidan borishmoqda va dunyoning boshqa davlatlarini ham bunga da'vat etishmoqda. Kelajak ta'limi muhiti sifatida e'tirof etilayotgan Yagona yevropa universiteti loyihasi bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan salmoqli qadamlardan biridir. Kecha ta'lim olishning yagona manbai o'qituvchi bo'lib, o'quvchi ta'lim olish uchun sinfxonaga kelishi va o'qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi yoki kitob o'qishi hamda tushunmaganlarini o'qituvchidan so'rab o'rganishga majbur edi. Bugunga kelib, axborot kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallagan o'quvchi bilimni nafaqat sinfxonada o'qituvchidan, balki istalgan joyda, internetdagi boshqa bilim manbalardan ham olish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Shu bilan birga, hozirda qo'llanilayotgan ta'limning pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalari o'qituvchining ta'lim jarayonidagi rolini o'zgartirmoqda.
O'qituvchining roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo'naltiruvchi va bu jarayonni boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu o'rinda interfaol texnologiyalarning qo'llanishi o'quvchilarning o'zi ham bilimlarni bir-birlariga uzatish va yangilarini shakllantirish manbai sifatidagi rolini oshirmoqda. Bundan tashqari, so'nggi yillarda o'quvchi yoshlarning Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni ishg'ol qilganliklari va turli qiziqishlar, xususan, ta'lim olish bo'yicha o'z uyushmalarini tuzib, faol muloqot qilayotganliklari, ya'ni o'zaro keng muloqot ta'lim muhitining yaratilganligi mazkur ta'lim tizimiga bo'lgan qiziqishni orttirmoqda. Smart education ta'lim muhiti vositalari ham kun sayin o'zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining yaratilganligi, mobil kommunikasiya vositalari, "aqlli" doska, "aqlli" ekran va ta'limning boshqa "aqlli" texnik vositalarining paydo bo'lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart education ta'lim muhitida faol bilim olish imkoniyatini yanada oshirmoqda. Bu, o'z navbatida, bilim manbai sifatida kitob bilan bir qatorda ancha afzalliklarga ega bo'lgan faol, qulay va mobil ta'lim mazmuniga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Buni birgina kitob va internetda joylashtirilgan ma'lumotlar, ta'lim mazmuni hajmlarini taqqoslash orqali ham anglab yetish mumkin.
Internetda joylashtirilgan va kun sayin, soat sayin karralab oshib borayotgan veb resurslardagi ma'lumotlar, yangi bilimlar xazinasidan oqilona foydalanish, internet qulayliklari va texnik imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan. YUNESKO tashkiloti tomonidan e'lon qilingan XXI asrda "Life Long Learning" -"Butun hayot davomida o'rganish", "Barcha uchun ta'lim" ta'lim tamoyillarini amalga oshirish uchun Smart-ta'lim orqali shart- sharoitlar yaratiladi. SMART-ta'lim "har doim, har joyda va istalgan vaqtda" ta'lim olish imkoniyatlarini oshiradi. Ta'lim jarayonida SMART-texnologiyalari turli xil texnik vositalar: smartfon, planshetlar va boshqa shunga o'xshash qurilmalar yordamida o'quvchilarga bilimlarni yetkazish hamda intellektual virtual o'quv muhitini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Smart education barcha ta'lim jarayonlarini, shuningdek, ushbu jarayonlarda qo'llaniladigan usullarni va texnologiyalarni keng qamrovli modernizasiya qilishni o'z ichiga olgan konsepsiyadir.
Ta'lim sohasidagi aqlli ta'lim konsepsiyasi Smartdoska, Smart-ekran va har qanday joydan Internetga kirish kabi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni rivojlantirish, uni yetkazib berish va uni yangilash jarayonini yaratish uchun yangi usullarni taqozo etadi. O'quv jarayoni nafaqat sinfda, balki uyda, muzeylar, kafelar, jamoat joylari kabi istalgan joyda ham amalga oshirilishi mumkin. O'quv jarayonini bir-biriga bog'laydigan asosiy element faol ta'lim mazmuni bo'lib, uning asosida vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni olib tashlashga imkon beruvchi yagona birlashtiriladigan "omborlar" yaratiladi. Cmartfonlar, mobil telefonlar, planshetlar va boshqa aqlli qurilmalar sizga qanday yordam berishi mumkin? Maktab o'quvchilarining ta'lim amaliyotida mobil texnologiyalar quyidagi yo'nalishlarda qo'llanilishi mumkin: internet ensiklopediyalaridan ma'lumotlarni olish; kerakli ma'lumotlarni izlash; tarjimon orqali so'z yoki iboralarni tarjima qilish; axborotni vizuallashtirish; video ma'ruzalarni tomosha qilish; internetda onlayn rejimida test topshirish yoki anketa savollariga javob berish; turli laboratoriya ishi va tajribalarini o'tkazish. Faqat "aqlli" qo'shimchasi bilan yangi texnologiyalarni qo'llash yangi turdagi ta'limning barcha xususiyatlarini aniqlab bermaydi.
Ta'lim sohasidagi aql-idrokka mos keladigan turli xil texnologik yechimlarni tahlil qiladigan bo'lsak, biz Smart texnologiyalari deganda quyidagilarni inobatga olamiz: aqlli-doskalar, aqlli-o'quv qo'llanmalari, aqlli-proyektorlar, interfaol va kommunikativ xatakterdagi o'quv materiallarini yaratish va tarqatishning dasturiy ta'minotlari. Facebook ijtimoiy xizmatlar, Google xizmatlari va vositalari, Wiki vebsayti, internetda ovozli fayllar yoki videolarni tarqatish uchun podkastlar, bloglar, YouTube video xosting, bulutli texnologiyalar - bularning barchasidan ta'lim olishda foydalanish mumkin. Bloglar o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida qaytar aloqa vositasi sifatida ta'limga qo'shildi. YouTubeda siz video ma'ruzalarni o'rnatishingiz va namoyish qilish, Google xizmatlaridan foydalanib, o'quv jarayonini moslashuvchan va qiziqarli qilish mumkin. Smart-ta'limning keng tarqalishi, birinchi navbatda, internet texnologiyalarini takomillashtirish, ikkinchidan, Wi-Fi, 3G, 4G kabi simsiz texnologiyalarning rivojlanishi va uchinchidan, internetda onlayn ta'lim resurslarining keng tarqalganligi bilan bog'liq. Interfaol jihoz, masalan, Smart boards interfaol doskasi yordamida axborotlarni uzatish ma'ruzachiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: maxsus rangli markerlar bilan yozish, o'quv materialini namoyish qilish, ekrandagi tasvir ustiga yozma sharh berish va h.k.
Shu bilan birga, Smart boards interfaol doskasida yozilgan hamma narsa o'quvchilarga berilishi, ma'lumotlarni saqlashning turli vositalarida saqlanishi, chop etilishi, darsda qatnashmagan o'quvchilarning elektron pochtasiga yuborilishi mumkin. Smart boards interfaol doskasida ma'ruza davomida yaratilgan o'quv materiallari doska ichida o'rnatilgan video yozuvchi moslama yordamida yozib olinishi, saqlanishi va qayta-qayta namoyish etilishi mumkin. Smart Classroom Suite interfaol o'quv dasturi kompyuterlashtirilgan sinflarda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun mo'ljallangan maxsus dasturiy paket hisoblanadi. Ushbu paket quyidagilarni o'z ichiga oladi: Smart Notebook™ - hamkorlikda ta'lim olish dasturiy ta'minoti; Smart Notebook™ CE o'quvchilar uchun dasturiy ta'minoti; Smart Sync™ sinfni boshqarish dasturiy ta'minoti; Smart Response™ -interfaol so'rovlarni amalga oshirish dasturiy ta'minoti. Smart Classroom Suite dasturi bilan o'qituvchilar sinfda o'rganish jarayonini samarali boshqarishlari va darslarni o'tkazishlari mumkin. Foydalanish oson bo'lgan vositalar o'qituvchilarga qiziqarli multimedia darslarini tayyorlashga yordam beradi. Asboblar panelini ishlatish orqali o'qituvchilar bir tegish bilan Smart Exchange™ veb-saytiga boshqa o'qituvchilar tomonidan yaratilgan darslarni topishlari yoki o'z tajribalarini boshqalar bilan baham ko'rishlari mumkin.
Elektron darsliklarni ishlab chiqishga quyilgan talablar. XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. Elektron hukumat, elektron uy, elektron tijorat, elektron ta'lim kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo'lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot manbasi sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo'ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma'noda odam o'rnida o'ylashga majbur qilishni talab qiladi. Bunday aqlli, inson bilan muloqot qiluvchi va o'rgatuvchi elektron resurslarni ishlab chiqish o'ta dolzarb va mashaqqatli ish bo'lib, virtual o'quv laboratoriya, elektron darslik asosida darslarni tashkil etish darslar samaradorligini ta'minlash omili hisoblanadi.
Agar o'qituvchi doimiy ravishda Internetdan foydalanib boradigan bo'lsa, u bugungi kundagi eng yangi ma'lumotlarni tarmoqdan olib, shu asosida ma'ruzani tayyorlab, dars o'tishi mumkin. Elektron darslik o'qitish va nazoratga asoslangan, DTS talablari asosida tayyorlangan qo'llanmadir. Chunki o'quvchiga tushunarli bo'ladigan axborot berishdan tashqari, test savollari, o'zini-o'zi tekshirish uchun barcha topshiriqlar kiritiladi. Elektron darslik quyidagi talablar asosida ishlab chiqiladi. Ta'limiy maqsadlar uchun ishlanmaning amaliy muhimligi. Resursning davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi, taqdim etilayotgan materialning ilmiy asoslanganligi, zamonaviy qarashlarga mosligi, nazariy xatolikka yo'l qo'yilmaganligi va mukammal shakllantirilganligi. Matnning to'liqligi, Grammatik va orfografik xatolardan xoliligi. Resursning uslubiy ishlab chiqilganlik darajasi (uslubiy maqsadlarni amalga oshirishga imkon berishi). Ilg'or pedagogik texnologiyalarning qo'llanilganligi. Milliy g'oya va qadriyatlarga mosligi. Bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlarning mavjudligi. Nazorat materiallarining to'liqligi (topshiriqlar, mashqlar, test savollari, jumboq va o'yinlar). Statik va dinamik tasvirlar, illyustrativ (foto, video, animatsiya va boshqa) materiallarning yetarliligi. O'quvchilar yoshining psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olinganligi. Rang, shrift, monitor ekrani va shu kabilarga qo'yilgan talablarga mosligi.
Elektron darslikni kompyuterga o'rnatishning qulayligi. Elektron darslikni boshqarishning qulayligi. Misol uchun quyida 8-sinf odam va uning salomatligi darsligidan ba'zi ko'rinishlarini keltiramiz: Ko'rib turganingizdek quyidagi rasmda 8-sinf odam va uning salomatligi darsligining mundarijasi berilayapti. Darslikning boblariga kirish uchun sichqoncha kursorini kerakli bob nomi ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosish etarli. Elektron darslikdan foydalanish affzalliklari. Elektron darslik o'zlashtirish imkoniyatini kengaytiradi. O'qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o'quvchiga rejalashtirilgan o'quv materiallarini yetkazib berish va uni o'zlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Ta'lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog'liq. Biologiya darslarini loyihalashda zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish, unga muvofiq ta'lim vositalarini qo'llashni taqazo etadi. Biologiya darslarida mavzu mazmuniga muvofiq, og'zaki (audiovizual, dasturli multimediali, gipermediali) ta'lim vositalaridan foydalaniladi. Ma'lumki, ta'limning zamonaviy vositalari deganda, o'quv matni, axborot tashuvchilar, qog'oz, slayd, disk apparat va ta'limni amalga oshiruvchi vositalar (proyektor, magnitofon, EHM) va hakazolar tushuniladi. Demak, matn tashuvchi apparat ayni vaktda har qanday darajadagi o'quvchi uchun ta'lim vositasi hisoblanadi. Biologiya ta'limi jarayonida intellektual ta'lim tizimining imkoniyatlari chegaralanmagan. O'quvchilar bilan suhbat, ular bilimlarini taqqoslash, o'quvchilar faoliyatining tahlili, to'plangan ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazish (ommaviy ta'lim), gipermatnli ko'rinishdagi darslarni tashkil etish, ma'lumotlar ta'minoti manbaini belgilash va boshqalarning ahamiyati shundaki, ular intellektual ta'lim vositalari muammosini hal etadi. Biologiya ta'limi vositalari sifatida o'quv matnlari asosiy o'rinni egallaydi. O'quv matnlari ayni vaqtda ta'limning yangi vositalari (elektron darsliklar, videofilmlar, audio darslar, audio va videokassetalar, videodisk va boshqa axborot texnologiyalari) da ifodalanadi. Biologiyadan yaratilgan elektron darslik biologiya fani yoki uning biror bulimini kompyuter yordamida mustaqil yoki o'qituvchi hamkorligida uzlashtirish imkoniyatini ta'minlaydigan majmuadir. Biologiyadan yaratilgan elektron darslik mazmuni o'quv materiallar matni, multimediali qo'llanmalar, ovozli video animatsiya va qisman matn shaklida ifodalanadi. Videofilm biologiya o'quv kursining biror bo'limi yoki mavzusini televizor orqali ko'rsatishga moslashtirilgan videosiyomka asosida yaratilgan metodik vosita hisoblanadi. Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanilganda quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:
-har bir mavzu yakunida savollar ro'yxati mavjud;
-foydalanish sodda va oson;
-darslik dasturining muloqotli shaklda tuzilganligi;
- video va audio ma'lumotlar bilan boyitilganligi; -matn qismi avtomatik harakat qilib yaratilganligi; -o'quvchilar bilimini nazorat qilish bo'limi mavjudligi;
- elektron darslikdan foydalanish qoidalari ham yoritilganligi.
O'quvchilar elektron darslikdan internet orqali yoki CD lar orqali foydalanishlari mumkin. Biologiya darslari uchun ishlab chiqilgan elektron darsliklar asosida ishlash hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Bugungi kun o'qituvchisi nafaqat, elektron darslikdan foydalanish, balki tahlil qilishni bilishi uni o'z metodikasiga mos ishlab chiqish, o'z darslarida qo'llash malakalariga ham ega bo'lishini davr taqozo qilmoqda.
Bu mavzuni o'rganish davomida o'zimiz tayyorlagan elektron darslik, undan foydalanish metodikasi elektron ta'lim resurslarini ishlab chiqishning o'quvchilar kompetentligini shakllantirishdagi ahamiyati bilan tanishtirib o'tamiz. Biologiya bo'yicha ishlab chiqilayotgan elektron darsliklarga qo'yiladigan metodik talablarning asosiy mohiyati, mazmuni va mundarijasini quyidagicha belgilashni lozim topamiz, "...metodik talablarga ilmiylik, o'zlashtirishning yengilligi, muammoni qo'yish va asosli tarzda bilim olishlik, o'qish jarayonida o'quvchining faol va ongli ishtiroki bilim olishning tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirilishini ta'minlanishi, ta'lim tizimida bilimni o'zlashtiruvchi, rivojlantiruvchi o'qituvchi va o'quvchilar vazifalarining yaxlitligi, o'quvchi uchun o'qish mustaqil holda bo'lishning ta'minlanishi, o'qitishning interfaolligi, uning uyg'unligini ta'minlash, o'quv materialini taqdim etishda tizimli yondashish kabilar kiradi"
Ma'lumotlarni qabul qilishda uning faqat mazmuni emas, balki o'lchami, harflarning ko'rinishlari, rangi va tasvirning harakati kabi omillar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun elektron darsliklarning matni o'zining xususiyatlariga ega bo'lishi kerak. O'quvchilarning ma'lumotlarni qabul qilishi uchun elektron darslikdagi o'ziga xos xususiyatlar, ya'ni o'chib-yonishi, rangini ajratib ko'rsatish, tagiga chizib qo'yish, ovoz kabi holatlar ta'sir etishi mumkin.
Darslikning elektron versiyasini ishlab chiqishda yana bir muhim muammo -bu o'quvchilarga qancha miqdorda ma'lumot berish mumkinligi bilan bog'liqdir. Darslikning elektron versiyasi bilan ishlashda mashq qilish rejimida yoki ko'proq mustaqil ishlar soatlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Biologiya bo'yicha elektron darsliklardagi o'quv materiallarini taqdim etish, anglash (kognitiv) jarayonning verbal -mantiqiy, sensor-pertseptiv (his qilish, sezish) va ifodalanish darajasiga mos kelish kerakligi kognitivkontseptual modellar asosida logik-falsafiy modelini mazkur darslikka nisbatan ishlab chiqish xususiyatiga ega bo'lindi. Shuningdek, anglash bilan bog'liq psixologik jarayonlarga axborotlarni qabul qilish (asosan, ko'rish hamda eshitish, his qilish), e'tibor qilish (uning turg'unligi, jamlanishi, bir narsadan ikkinchisiga o'tishi, taqsimlash) fikrlash (nazariy tushuncha, amaliy ko'rgazmali va amaliy harakatli), tasavvur qilish xotira (bir soniyalik qisqa va uzoq muddatli, qisqa muddatli xotirada ma'lumotlarni joylashtirish hodisasi) va boshqalar kabi jarayonlarning ta'lim jarayonidagi xususiyatlari ham e'tiborga olinib umumlashtirib borildi; - mazkur elektron darslikdan foydalanuvchilar uchun qulay, fanni o'zlashtirishga ijodiy yondashish va salomatlikni saqlash nuqtai nazaridan maqbul o'quv sharoitlarini ishlab chiqish kabi asosiy talablar kiradi. Biologiya fani bo'yicha elektron darsliklar tuzilishiga nisbatan tavsiya etilayotgan elementlar quyidagilardan tashkil topdi:
-darslikning muqovasi;
-darslikning mundarij asi;
-elektron darslik materiallarining to'liq bayoni;
-elektron darslikning qisqacha bayoni (ular chizma va sxema ko'rinishida); -darslikda beriladigan asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati; -o'quvchilar bilimini nazorat qiladigan mexanizmi 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling