Biologiya fakulteti
O‘z-o‘zidan urug‘lanuvchi organizmlar populatsiyasining genetik strukturasi
Download 173.92 Kb.
|
genitika Ruhiddinova M
2.O‘z-o‘zidan urug‘lanuvchi organizmlar populatsiyasining genetik strukturasi. Populatsiyalarni genetik tomondan o‘rganishga XX asrning boshlarida daniyalik olim V. Iogansen asos soldi. U 1903- yilda nashr qilingan «Populatsiyalar va toza liniyalardagi irsiylanish to‘g‘risida» degan asarida geterozigota genotipli organizmlarda tanlash ta’sirini o‘rgandi. Iogansen tadqiqot obyekti sifatida o‘z-o‘zidan changlanuvchi organizm populatsiyalarini oldi, chunki ularni o‘z~ o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar avlodlari guruhlariga, ya’ni sof (toza) liniyalarga ajratishning oson bo‘lishligi edi. Poligen belgilanadigan va tashqi muhit omillariga kuchli darajada ta’sirchan bo‘lgan loviya (Phaseolus vulgaris) urug‘larining og‘irligi (katta-kichikligi) tahlil qilindi. Tahlilning matematik metodlarini qo‘llagan V. Iogansen loviyaning ma’lum bir navining urug‘larini tortib, olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha variatsion qatorlar tuzgan. Urug‘laming vazni 150 mg dan 750 mg gacha tebrangan. Keyinchalik 250-350 mg va 550-650 mg vaznli urug'lar alohida ekilgan. Har bir o‘sib chiqqan o‘simliklarning urug‘lari yana tortilgan, Populatsiya sifatida ajratilgan navning og‘ir (550-650 mg) va engil (250-350 mg) vaznli guruhlarining o‘simliklari don vazni bo‘yicha o‘zaro farq qilganlar. Og‘ir vaznli o‘simliklar guruhida bitta urug‘ning og‘irligi o‘rtacha 518,7 mg bo‘lgan bo‘lsa, bu ko'rsatkich yengil vaznli o‘simliklar guruhida - 443,4 mg bo‘lgan. Bu tajriba loviyaning nav-populatsiyasi genetik tomondan har xil bo‘lgan o‘simliklardan tashkil topganligini va shu bilan birga har bir o‘simlik sof liniya asoschisi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. 0‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar populatsiyasining alohida sof liniyalarga ajralish tartibi 103-rasmda (ilovada) ko‘rsatilgan. Keyinchalik 6-7 avlod davomida V. Iogansen har bir o'simlikdan og‘ir va engil vaznli urug‘larni ajratib olib, ularni ekib o‘stirgan. Hech qaysi liniyada o‘rtacha urug‘ vazni ko‘rsatkichi o‘zgarmagan. Sof liniya doirasidagi urug‘lar og'irligiga doir o‘zgaruvchanlik irsiy bo‘lmagan modifikatsion o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega bo'lgan. Shunday qilib, o‘rganilgan loviya navi (o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik) populatsiyasi genetik har xil bo'lgan liniyalardan tashkil topgan bo‘lib, bunday populatsiya o‘simliklari o‘zaro chatishmaydilar. Bunday hollarda populatsiyaning yashovchanligi ma’lum gcnotipli liniyalarning tabiiy tanlanishiga, tashqi muhitning bir xil tipli sharoitlariga
bo‘lgan moslashuv mexanizmlarining umumiyligiga asoslanadi. 0‘z-o‘zini urug‘lantiruvchi alohida olingan organizm yangi irq, kenja tur va tur hamda nav yoki zot yaratilishining asoschisi bo'lishi mumkin. Masalan, bug‘doyning yangi navi populatsiyadan tanlab olingan bitta dondan paydo bo‘lishi mumkin. Vegetativ ko‘payishda (ayrim sodda hayvonlar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va boshqalar) tanlash obyekti bo‘lib populatsiyaning alohida klonlari xizmat qiladi. Download 173.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling