Biologiya fanidan akademik litsey talabalari uchun tayyorlangan testlar to’plami


Hujayrada 1080 g glyukozaning anaerob sharoitda parchalanishidan hosil bo`lgan energiyaning qancha miqdori (kJ) issiqlik ko`rinishida ajraladi?


Download 95.29 Kb.
bet3/6
Sana27.10.2023
Hajmi95.29 Kb.
#1726292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atestatsiya savollari 2020 va repitisiya testlari

4. Hujayrada 1080 g glyukozaning anaerob sharoitda parchalanishidan hosil bo`lgan energiyaning qancha miqdori (kJ) issiqlik ko`rinishida ajraladi?

480

720

1200

1160

5. Qoni tarkibida agglyutinogen B uchramaydigan (a) va agglyutinogen A uchraydigan (b) odamlarning qon guruhlarini to`g`ri juftlab ko`rsating.

a -IV va II; b-I va III

a-II va I; b- II va IV

a- II va III; b - I va IV

a- IV va III; b - III va I

6. Agar nukleotidlar bir zanjirda o`zaro fosfodiefir bog`lari orqali, DNK qo`sh zanjirida purin va pirimidinlar o`zaro vodorod bog`lari orqali biriksa, qaysi fermentlar fosfodiefir bog`larini ham, vodorod bog`larini ham uzadi?

EcoRI; Hae III

Hae III; BamHI

EcoRI; Bam HI

RSS 101; transpozaza

7. Qaysi hodisalar stabillashtiruvchi tabiiy tanlanishga misol bo`la oladi? 1) Hind okeanining Afrika sohillarida hozirgi kungacha latimeriyaning uchrashi; 2) homilada X xromosoma yetishmasa, tabiiy abortning sodir bo`lishi; 3) okean orollarida rudiment qanotli pashshalarning yashab qolishi; 4) sporali o`simliklardan urug`li o`simliklarning kelib chiqishi; 5) ginkgo bilobaning mavjudligi; 6) qor bo`ronlarida normal qanotli chumchuqlarning yashab qolishi

1, 3, 5

2, 5, 6

2, 4, 6

1, 3, 4

8. Polimeriya hodisasiga mos keluvchi ma'lumotlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta'siri; 2) allel bo`lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta'siri; 3) allel genlarning faoliyatida namoyon bo`ladi; 4) ba'zan organizmning nobud bo`lishiga ham sabab bo`ladi; 5) tovuq pati jingalak bo`lishi hayotchanlikka salbiy ta'sir ko`rsatadi; 6) gul, poya va shoxlarning to`q qizil bo`lishiga olib keladi; 7) noallel genlarning bitta belgining rivojlanishiga o`xshash ta'sir etishi; 8) kumulyativ va nokumulyativ turlari mavjud

2, 7, 8

1, 3, 5, 7

1, 3, 6, 8

2, 4, 5

9. Pleyotropiya hodisasiga mos keluvchi ma'lumotlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta'siri; 2) allel bo`lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta'siri; 3) allel genlarning faoliyatida namoyon bo`ladi; 4) ba'zan organizmning nobud bo`lishiga ham sabab bo`ladi; 5) tovuq pati jingalak bo`lishi hayotchanlikka salbiy ta'sir ko`rsatadi; 6) o`simliklarda gul, poya va shoxlarning to`q qizil bo`lishiga olib keladi; 7) noallel genlarning bitta belgining rivojlanishiga o`xshash ta'sir etishi; 8) kumulyativ va nokumulyativ turlari mavjud

1, 4, 5, 7

1, 3, 6

5, 7, 8

2, 4, 6, 8


Download 95.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling